1.«Umumiy psixologiya» Fani nimadan baxs qiladi. Psixik hodisalar va ularning mohiyati «Umumiy psixologiya» fanining maqsadi



Yüklə 43,21 Kb.
tarix27.12.2023
ölçüsü43,21 Kb.
#200417
Umumiy psixologiya ahamiyati


Umumiy psixologiya ahamiyati

Reja:



1.«Umumiy psixologiya » Fani nimadan baxs qiladi.
2. Psixik hodisalar va ularning mohiyati
3. «Umumiy psixologiya » fanining maqsadi.
4. «Umumiy psixologiya » fanining vazifalari.
5. Psixologiyaning ilmiy tekshirish metodlari.

Jahon fanlarining muayyan qonuniyatlarga asoslanib turkumlarga kiritilishiga ko’ra, psixologiya fani bu tizimda nufuzli o’rin egal-lashiga barcha ob’ektiv shart va sharoitlar etarlidir. Qatiy ishonch bilan aytilgan fikrning zamirida bir qator muhim ham tabiiy, ham ijtimoiy omillar yotishi shak-shubhasizdir. Chunki psixologiya fani insoniyattomonidan kashf qilingan fanlarning ichida eng murakka-bi bo’lib, biosferikta’limotdan kelib chiqqan holda psixika yuksak darajada tashkil topgan materiyaning xususiyatini aks ettiruvchi ka-tegoriya sifatida o’rganilib kelingan. Lekin bugungi kunda neosfe-rik ta’limotga binoan fazoviy munosabatlar, sayyoralararo aloqa-lar, o’zaro ta’sirlar, moddalar, zarrachalar, nurlar harakati, almashi-nishi, qo’shilishi to’g’risida mulohazalar, faraziy asosda bo’lsa ham, yuritilmoqda. Ayniqsa, biosferaga kirib kelayotgan moddalarning o’zaro birikuvi, muayyan fazoviy maydonning hosil qilishi, to’plani-shi inson tana a’zolariga ijobiy ta’sir ko’rsatishi, natijada fav-quloddagi holatlar sodir bo’lishi, kashfiyotlar yuz berishi, intuitiv (lotincha tShep — sinchkovlik, diqqat bilan qaramoq yoki ichki sez-girlik demakdir) shakldagi ruhiy holatlarning kuchayishi namoyon bo’lishi mumkin. Bular qatoriga telepatik (yunoncha — te1e uzoqni, ratio sezaman degan ma’no anglatadi) samaralar, o’ta sezgirlik, ekstra-senzitivlik (lotincha extga — o’ta, senzitiv — sezgirlik degani), ekstrasenslik (lotincha extga — o’ta, zeshsh — his qilaman ma’nosini bildi-radi) kabi psixologik holatlarning kechishi sabablarini kiritsa bo’ladi. Shuningdek, omadsizlik, ichikishlik, kasalning intizor ku-tishi, nasib etmaslik, ishqiy kechinmalar, tushda ayon bo’lish kabi ru-hiy holatlar, hodisalar hanuzgacha ishonchli dalillar bilan tushunti-rib berilgani yo’q. Ammo bu borada bilish ob’ekti (lotincha ouest


jism demakdir) bilan sub’ektining (lotincha siuest — tashqi olamni biluvchi inson) birikuvida psixologiyaning qulay imkoniyat-ga ega ekanligini ta’kidlab o’tish o’rinlidir.
Ushbu fikrni yaqqollashtirish maqsadida ayrim misollar va talqinlarni qaytadan taxlil qilib o’tamiz. Jumladan, chaqaloq dunyo yuzini ko’rishdan e’tiboran idrokida tevarak-atrofni va unga meh-rigiyosi bilan termilayotgan kishilar muhitini aks ettira boshlay-di, dastavval ob’ektiv (tashqi) va sub’ektiv (ichki, odamlar o’rtasidagi) muhitga moslashish sodda instinktlar (lotincha shzIpsShz — tabiiy qo’zgatuvchi, tug’ma xususiyat demakdir), shartsiz reflekslar (lotincha gePexiz — aks ettirish) yordamida oddiy ta’sirlanish va taassurot tarzida namoyon bo’ladi. Taraqqiyotning mazkur davrida u o’zligini tushuna va anglay olmaydi, hatto buning yuzaga kelishi haqida mulohaza yuritishi ham aslo mumkin emas. Bola bir yoshgacha davrda tez sur’atlar bilan rivojlanadi, yil davomida uning jismoniy a’zolari 50 foizgacha takomillashishi mumkin. Jismoniy o’sish psi-xik (ruhiy) taraqqiyotni tezlashtirishga puxta zamin hozirlaydi, na-tijada ko’rish, ushlash, yurish, talpinish, g’azablanish va quvonish, samimiylik ham beg’uborlik singari insoniy tuyg’ulari vujudga ke-ladi, nutqfaoliyati paydo bo’lishi uningtushunish darajasini yangi bir sifat bosqichiga ko’taradi. Psixikaning muayyan xususiyatlari, holatlari, hodisalari, xossalari, sifatlari, fazilatlari, qonuni-yatlari orqali moddiy dunyoni tushuna boradi va unda o’z faoliyati-ning mazmunida barcha ob’ektlarni amalga oshira boshlaydi. Bola-lik dunyosining ichki murakkab qatlamlaridan asta-sekin «o’zlik»-ni, shaxsiy «men»likni tushunish tuyg’usi, sezish, his qilish jara-yonlari shakllana boshlaydi hamda u yoki bu har xil xususiyatli to’siq-larni engish imkoniyati royobga chiqadi. Mazkur taraqqiyot bosqichi psixologiya fanida «men» davri yoki «o’zlik»ni anglash davri deb yuritiladi, u bolada nutq paydo bo’lganidan boshlanib, bir necha ri-vojlanish bosqichlarini o’z ichiga qamrab oladi. «Men» davrining anglashilgan shakllari va ko’rinishlarining namoyon bo’lishi o’smir-lik davriga to’g’ri keladi. O’smirlik davrida o’g’il va qizlarning ru-hiyatida o’zlikni anglashga bog’liq bir talay muammoli savollar va ularning turmushda qaror toptirish tuyg’ulari, istaklari, orzulari paydo bo’lib, ko’pincha bu narsalar yakka shaxsning «kimligi», «qan-dayligi», «kimga va nima uchun kerakligi»ga yo’naltiriladi. Bola-ning psixik xususiyatlari, funkstiyalari (lotincha GipsIo — ijro etish, bajarish degan ma’no anglatadi) uni qurshab turgan jonli va jonsiz tabiat ajoyibotlarini jismoniy va ijtimoiy vositalar orqali egallash uchun xizmat qiladi.
Xuddi shunga o’xshash o’zligini anglash jarayoni insoniyatning barcha tarixiy va evolyustion (lotincha euo1iPo — tabiiy ravishda o’zga-rish) taraqqiyoti davrlariga xos xususiyat sanaladi. Ibtidoiy jami-yatda kishilarning kuch-quvvati yashash uchun kurashga va tashqi dunyoni egallashga sarflangan, ana shu tariqa tabiat haqidagi dastlabki bi-limlar tajriba saboqlari orqali o’zlashtirilgan. Yarim yirtqich holatdagi ajdodlarimiz olovni kashf qilganlar, yovvoyi hayvonlar ni ovlaganlar, tabiat ne’matlaridan bahramand bo’lganlar va xuddi shu qabilda tabiat bilan tanisha boshlaganlar, moddiy dunyoning sa-xiyligi, tabiatning ehsonlari va ofatlari, hayvonot olamini ma-daniylashtirish (xonakilashtirish), er ilmini o’rganish boyicha bi-limlarning to’planishi natijasida inson tabiatning qulligidan qutila borgan soniyadan e’tiboran o’zligini (kimligini) anglash imkoniyati tug’ila boshlagan. Lekin u davrning odamlari bolaga o’xshab o’zligini oqilona, odilona, omilkorlik bilan tasavvur eta olma-ganlar. Insoniyat taraqqiyotining tarixiy davrlarida kishilarda ichki ruhiy imkoniyatlar yuzaga chiqa boshlagan, tug’ma mayl va layoqat-lar alomatlari asta-sekin iste’dodga, qobiliyatga aylana borgan. Ammo bu jarayon birining o’rniga ikkinchisini mexanik (yunoncha tesashke — qurol yoki sodda tarzda demakdir) ravishda yuzaga kel-ganligini bildirmaydi, balki, aksincha, murakkab sifat o’zgarish-lari, organlarning takomillashuvi, tajribalarda to’plangan tatbi-qiy bilimlar tartibga solinayotganligini ifodalaydi. Insonning jismoniy (biologik), ruhiy (psixik), ijtimoiy (sostial) rivojla-nishi natijasida er kurrasida moddiy dunyo, ma’naviyat, yozuv, san’-at, adabiyot, fan, texnika yaratilgan. Bularning zamirida inson tafakkuri, ongi, akd-zakovati, kuchli irodasi, mustahkam xarakteri (yunoncha spagakgeg — qiyofa, xislat degani), ijodiyoti, xayoloti yotadi. Insoniyat taraqqiyotining muayyan bosqichida odam o’zini hayajonlan-tirgan, taajjubga solgan savollariga javob izlash imkoniyati vu-judga kelgan. Buning natijasida «Inson qanday fikrlaydi?», «Odam qanday yangilik yaratishi mumkin?», «Ijod qilish qay yo’sinda pay-do bo’ladi?», «Moddiy dunyoni qay tariqa boysundirish mumkin?», «Akd-zakovatning o’zi nima?», «Insonga uning ichki ruhiy dunyosi qaysi qonunlar asosida boysunadi?», «Inson o’ziga o’zi ta’sir o’tkaza oladimi?», «O’zgalarga-chi?» kabi turli-tuman muammolar echimini qidirishga harakat qiladi. Mana buning barchasi psixologik bilim-lar tug’ilish nuqtasini vujudga keltiradi va ana shu daqiqadan bosh-lab inson o’zini o’zi anglaydi. Binobarin, psixologik bilimlar namoyon bo’lishi o’zini o’zi anglashning omiliga aylanadi, ular bor-gan sari tobora uyg’unlashib, mutanosiblashib borib, izchil, uzluk-siz aloqaga o’sib o’tadi.
Bebaho ahamiyatga ega bo’lgan insoniyatning buyuk yutug’i — bu tafakkurning kashf qilinishiga olib keldi. Av-vallari uning fikri, xayoli tashqi dunyoni egallashga qaratilgan bo’lsa, tafakkur kashf qilingan davrdan boshlab sub’ekt-ob’ekt (inson fikrlashi tashqi olamga qaratilgan) munosabati o’rnini sub’ekt (insonning fikri o’zini o’zi anglashga yo’naltirilgan) munosabati egallay boradi. Demak, inson ob’ektiv dunyoni sub’ektiv tarzda aks et-tirish orqali o’zini o’zi tadqiq qilishdek murakkab, qaltis ishni amalga oshirishga qaror qiladi. Ana shu boisdan psixologiya fani-ning vazifalari ko’lami kengaydi, murakkablashdi, ichki tarkibida keskin burilish yasab, o’z predmetiga insonni ilmiy jihatdan o’rga-nishdan tashqari o’zini o’zi anglashni ham kiritdi.
Psixologiya faninig boshqa fan sohalaridan farqli tomoni shun-dan iboratki, uning amaliy, tatbiqiy jihatlari mavjud bo’lib, ij-timoiy turmushning barcha jabhalarida bevosita qatnashadi, muayyan darajada ta’sir o’tkazadi. Psixologiya boshqa fanlardan farqli o’laroq o’ztatbiqiy ma’lumotlari, natijalarining ko’pqirra, ko’pyoklama ekanligi bilan tubdan ajralib turadi va mutlaqo boshqa sifat ko’rsatki-chiga ega. Ayniqsa, bu borada o’zini o’zi boshqarish alohida ahamiyat kasb etadi, shuning uchun u tabiatni o’rganish ilmidan tafovutlanib, o’zining psixik jarayonlari, funkstiyalari, holatlari, hissiyoti, iro-dasi, xarakteri, temperamenti kabilarni boshqarishda o’z aksini to-padi. Inson o’zini anglay borib, o’z insoniy xislati, xususiyati, si-fati, xulqini o’zgartirish imkoniyatiga ega bo’ladi.
Hozirgi kunda jahon psixologiyasi fani o’zini o’zi boshqarish va takomillashtirish, o’zini o’zi qo’lga olish, o’ziga o’zi buyruq berish, o’zini o’zi tarbiyalash boyicha boy materiallar to’plagan, bu esa o’z navbatida inson munosabati, maqsadi, holati, kechinmalari o’zgari-shi va yangidan yaralishi haqida ilmiy-tatbiqiy ma’lumotlar bera-di, kundalik turmush psixologiyasi rang-barangligini ta’minlab turadi. Psixologiya inson psixikasini aniklash, shakllantirish, yangi sharoitga ko’chirish, takomillashtirish, rivojlanish dinami-kasini ta’minlash, yangi sifat bosqichiga o’tishini qayd qilish im-koniyati borligi bilan o’ta amaliy, tatbiqiy fanga aylangandir. Psixologiya fanining sohalari uning amaliyot uchun muhim ahamiyat kasb etishidan dalolat beradi (huquqshunoslik psixologiyasi, kli-nik psixologiya, mehnat psixologiyasi, savdo psixologiyasi, sostial psixologiya, pedagogik psixologiya, maxsus psixologiya, sport psixo-logiyasi va hokazo). Psixologiya amaliy, tatbiqiy jihatdan o’z pred-metiga ega bo’lib, amaliy sostial psixolog, injener (muhandis) psi-xolog, oilaviy psixoterapevt, tibbiyot psixologi, maktab psixologi kabi sohalarni o’z ichiga qamrab olgandir.
Yuqorida bildirilgan fikrlarga yakun yasab, shu narsani alohida ta’kidlab o’tish kerakki, psixologiya fani ko’hna tarixga ega bo’li-shiga qaramay, u juda navqiron fandir, chunki ilmiy psixologiya nemis psixologi V. Vundt tomonidan 1879 yilda Leypstig (Germaniya) universitetida asos solingan birinchi eksperimental labora-toriya ochilishidan boshlanadi. Shuning uchun endigina refleksiyani (lotincha gepexiz o’zining ruhiy holatini tahlil qilish degani) il-miy jihatdan o’rganishni psixologiya fani predmeti tarkibiga ki-ritish davri (mavridi) keldi.
Psixologiya fani tabiatshunoslik fanlari va falsafa negizida paydo bo’lgan bo’lib, to hanuzgacha uning na gumanitar, na tabiiy fanlar qatoriga kiritilishi anikdangani yo’q, lekin shunga qaramasdan, uni har ikkala yo’nalishdagi sohalar boyicha to’plangan ma’lumotlar, qonuniyatlar birlashuvining mahsuli deb atash mumkin. Ammo psi-xologiyaning tarkibida ham gumanitar, ham ijtimoiy bilimlar mav-jud bo’lishidan qat’i nazar, u alohida xususiyatga ega bo’lgan musta-qil fandir. Bizningcha, (E.G’), uning mohiyatini yoritish uchun boshqa manbaga murojaat qilish haqiqatga yaqinroq ma’lumot berishi ehti-mol. Chunki psixologiya fani yaqqol inson fazilati, muayyan taraq-qiyot xususiyatlari, mexanizmlari, qonuniyatlari, o’ziga xoslik, alo-hidalik, yakkahollik tabiati yuzasidan bahs yuritadi. Psixologiya fanini taxdil qilishda uning qay fan sohasi bilan aloqasini aniq-lashdan ko’ra ilmiy va kundalik turmush psixologiyasi o’rtasidagi munosabat to’g’risida mulohaza yuritish maqsadga muvofiqdir. Ma’-lumki, har qanday fan negizida odamlarning turmush va amaliy taj-ribasi muayyan darajada o’z aksini topgan bo’ladi. Masalan, kimyo predmeti moddalarning xususiyatlari, ularning zichligi, og’irligi, o’zaro birikuvi to’g’risidagi kundalik turmush bilimlariga suyanadi, matematika fani sonlar, miqstoriy munosabatlar, geometrik shakl-larning xossalari, trigonometrik funkstiyalar haqidagi inson tasavvurlari asosiga quriladi. Lekin psixologiya yuzasidan ana shun-day mulohazalar yuritish yoki bildirish mumkin emas, chunki, uning zamirida tubdan boshqacha o’ziga xoslik yotadi. Har qaysi shaxs kunda-lik turmushning o’ziga xos psixologik bilimlarini egallagan bo’lib, o’z saviyasi, salohiyati bilan turlicha kamolot ko’rsatkichiga egadir, hatto turmush tajribasida to’plangan bilimlar ilmiy psixologik bilimlardan ustunroq turishi ham mumkin (Qari bilganni — pari bilmas). Chunki yirik yozuvchilar (shaxslararo munosabat va muomala, muloqot xususiyatlari yuzasidan kuzatuvchanlikka egadirlar), vrach-lar, o’qituvchilar, ruhoniylar, savdogarlar uzluksiz ravishda kishi-lar bilan muomalaga kirishishlari natijasida ularning ichki dunyo-si va xulq-atvoriga oid bilimlar bilan yuksak darajada qurollan-gandirlar. Lekin har qanday insonda ham ozmi yoki ko’pmi psixolo-gik bilimlar mavjuddir, buning dalili sifatida odamlarning bir -birlarini tushunishlari, ta’sir o’tkazishlari, xulq-atvor oqibati-ni oldindan bashorat qilish, kishining yakkahol xususiyatlarini hisobga olgan holda unga yordam ko’rsatishni ta’kidlab o’tishning o’zi kifoY.
Endi kundalik turmushning psixologik bilimlari bilan ilmiy psixologik bilimlar o’rtasidagi tafovutlar yuzasidan mulohaza yuri-tish ayni muddaodir. Kundalik turmushga oid psixologik bilimlar, dastavval, yaqqol va alohida olingan holat, vaziyatni o’z ichiga qamrab oladi. Masalan, sinchkov bola o’z muddaosiga etish uchun otasiga, ona-siga, buvasiga, opasi hamda akasiga har xil uslub bilan ta’sir o’tka-zadi, turlicha vositalardan foydalanadi. U ko’zlangan maqsadiga eri-shish uchun katta yoshdagi odamlarning individual-tipologik xususi-yatlarini hisobga olgan holda ish tutadi. Kundalik turmushga oid psixologik bilimlar aniq vaziyatga qaratilganligi, biror shaxsga yo’naltirilganligi bilan ilmiy psixologik bilimlardan farq qiladi.
Ilmiy psixologiya esa muayyan metodlar, vositalar, uslublar, usul-lar, operastiyalar erdamida ma’lumotlar to’plash va ularni umumlash-tirishga intiladi, izlanayotgan ob’ektning xususiyati, holati, muno-sabati, bog’lanishi kabilarni aks ettiruvchi ilmiy tushunchalar, ta’-riflar, qonuniyatlar, xossalar yordamida psixologik mexanizmlar kashf qilishga harakat qiladi.
Odatda, shaxsning xususiyatlari, sifatlari, fazilatlari, xislat-lari, xulq-atvorlari, xatti-harakatlari boyicha turmush sharoitida-gi bilan fan olamidagilar (hatto ilmiy tushunchalar, atamalar) o’zaro o’xshab ketsa-da, lekin ilmiy psixologik mazmun, mohiyat, majmua o’zining tuzilishi, tarkibi, anikligi, mantiqan izchilligi, ma’no-ning yig’iqligi bilan keskin ajralib turadi.
Yuqorida yuritilgan mulohazalar kundalik turmush tajribasida to’planadigan psixologik bilimlar bilan ilmiy bilimlar orasida-gi dastlabki (birinchi) farqni sharxdashga yo’naltirilganligi bois alohida ahamiyat kasb etadi. Lekin shu narsani yoddan chiqarmaslik kerakki, turmushga oid amaliy psixologik bilimlarga asoslanmas-dan turib, ilmiy psixologik nazariyalarni yaratish mumkin emas. Holbuki shunday ekan, amaliy bilimlar genetik kelib chiqishi nuqtai nazaridan birlamchi hisoblanadi.
Shu narsani alohida ta’kidlab o’tish zarurki, kundalik turmush psixologik bilimlari aksariyat hollarda farosatlilik, sezgirlik, topqirlik xususiyati asosida intuitiv tarzda namoyon bo’lishi kuza-tiladi. Buning asosiy sababi shuki, ko’pincha egallanayotgan bilimlar hayotiy tajribada uchragan voqelikka nisbatan munosabat, amaliy sinovlar negizida vujudga keladi, keyinchalik undagi ayrim dag’allik va nuqsonlar silliqlanadi. Shuning uchun unday psixolo-gik bilimlar maxsus uslublar yordamida qabul qilinadi, ammo man-tiqiy tahlil qilinmasdan turib to’g’ridan-to’g’ri muomala tizimiga uzatiladi.
Turmushda uchraydigan go’daklarning har xil shakldagi xarxas’hala-ri va ularning maqsadga erishish istaklari kundalik hayotiy tajri-balarning sinovlarida toblanadi, sezgir bolalar katta yoshdagi odam-larning zaif va mustahkam tomonlarini puxta o’rganadilar, bu bora-da muayyan qarorga kelganlaridan so’ng har qaysi shaxsga yakkahol yonda-shishini amaliyotga tatbiq qilib ko’radilar. Ana shu tariqa amaliy psixologik bilimlar ma’lum tizimga kiritiladi, ularning barqa-ror xususiyat kasb etganlari esa turmushda qo’llanila boshlanadi.
Ijtimoiy hayotda (muhitda) juda ko’p uchraydigan, ayniqsa, o’qituv-chilar, murabbiylar, trenerlar, rahbarlar, vrachlar faoliyatida na-moyon bo’luvchi ta’limiy, tarbiyaviy, tibbiy uslub arzimas ijobiy siljishni payqash imkoniyatini yaratadi. Amaliy faoliyatda eri-shilgan ushbu samara psixologik tahlilga muhtojdir, chunki uni kel-tirib chiqaruvchi ob’ektiv yoki sub’ektiv omillarni dalillash ancha mushkuldir. Buning uchun o’zgalarga ta’sir o’tkazish usuli, ularda ichki imkoniyatga ishonch tuyg’usini uyg’otish qo’zg’ovchisi, ta’sirga beri-luvchanlikni kuchaytiruvchi motivlar (franstuzcha topTqo’zg’atuvchi sabab ma’nosini bildiradi) tabiatini chuqur tahlil qilish kerak. Faqat mana shu yo’l bilangina siljishning psixologik ma’no kasb etishi-ni dalillash mumkin, xolos.
Hayotiy psixologik bilimlarning ilmiy psixologik bilimlar-dan farqi shundan iboratki, ilmiy jihatdan asoslangan bilimlar anglashilgan, mantiqiy puxta, oqilonalik xususiyatiga ega bo’ladi. Ilmiy psixologik bilimlar faraz va g’oyalarni ilgari surish daqi-qasidan boshlaboq shakllana boradi, ulardan kelib chiqadigan oqibat-larni mantiqan tekshirish bilan yakunlanadi. Bunda ham olg’a suril-gan g’oyalar tekshirish jarayonida biron-bir tasdiqyoki inkor ma’no-siga erishsagina ilmiy psixologik bilimlar tizimiga kiritiladi.
Hayotiy psixologik bilimlarning ilmiy psixologik bilimlar bilan qieslanishini davom ettirsak, unda ular o’rtasidagi tafovut-lar yanada yaqqolroq ko’zga tashlana boshlaydi. O’zidan o’zi ma’lumki, hayot psixologiyasida to’plangan bilimlarni meros sifatida bevosi-ta qoldirish yoki ularni yosh avlod ongiga qaysidir yo’l bilan uzatish imkoniyati o’ta cheklangandir. Chunki keksa (katta) avlod tomonidan yaratilgan turmush psixologiyasini yosh avlod to’g’ridan-to’g’ri qabul qila olmaydi. Har bir yosh yakkahol ravishda hayotiy psixologik bi-limlarni shaxsiy tajribasidan o’tkazganidan keyingina ularning to’g’riligiga ishonch hosil qiladi. Ana shu boisdan keksa yoki katta avlod bilan yosh avlod o’rtasida yuz beradigan nizolar, tushunmovchi-liklar uzluksiz, to’xtovsiz ravishda davom etayotganligi sababli aba-diyat qonuniyatlariga aylanib ketgandir. Avlodlar o’rtasidagi qara-ma-qarshiliklar, anglashilmovchilik to’sig’i, hayot dialektikasini vujudga keltirib, mangulik muammosiga aylanib qolgan insof, iy-mon, nafosat, adolat, erk tushunchalari atrofidagi bahslarni davom ettirishga puxta zamin hozirlaydi. Ilmiy psixologik bilimlar bundan farqli o’laroq tajribalarda, ilmiy tushunchalar va qonuni-yatlarda yanada oydinlashadi, so’z va alomatlar orqali, nutq yordamida muayyan yozma nutq manbalarida qoldiriladi. Shuning uchun ularning yoyilish ko’lami keng, tarqalish sur’ati tezdir.
Kundalik turmushda to’planadigan psixologik bilimlar kuzatish-lar, mulohazalar u yoki bu yaqqol holatga nisbatan qarorga kelishlar zamiriga quriladi. Ilmiy psixologik bilimlar tashxis qilish, si-nash, tajriba (eksperiment) o’tkazish orqali bir voqelikni bir necha marta takroran tekshirishlar yordamida umumlashtiriladi. Agarda kundalik turmush psixologiyasining materiallari tabiiy ravishda roy bergan vaziyat, holat, voqelik kabilarni tahlil qilish natija-sida yuzaga kelsa, ilmiy psixologik bilimlar keng qamrovli tajri-ba ma’lumotlariga tayanadi. Tajribalar esa bir necha bosqichlardan, qismlardan tashkil topgan holda vaziyatlar tabiiy ko’rinishini ku-tib o’tirmasdan, balki zarur sharoit yaratiladi.
Shu faktni (omilni) yana bir marotaba ta’kidlash o’rinliki, il-miy psixologiyada katta hajmdagi materiallar, shu jumladan, qonu-niyatlar, xususiyatlar umumlashtiriladi, insonning ichki imkoniya-ti, iste’dodi, ishchanligi, qobiliyati yuzasidan umuminsoniy tav-sifga ega bo’lgan teran xulosalar chiqariladi. Buning natijasida odam psixikasini aniklash, bashorat qilish, ayrim ruhiy nuqson-larni tuzatish, noxush kechinmalarning oldini olish imkoniyati tu-g’iladi, bu esa ijtimoiy, ijtimoiy-psixologik bog’lanishlar mohi-yatini oqilona tavsiflash uchun xizmat qiladi. Ijtimoiy va yakka-hol turmush og’irliklari va tashvishlarini kamaytirish, akdiy hamda jismoniy zo’riqishlarni pasaytirish, shaxslararo nizolarni barta-raf etish singari say-harakatlarni faqat ilmiy psixologik mate-riallarga asoslangan holda amalga oshirish mumkin.
Shuning uchun psixologiyaning turli sohalari (yosh psixologiyasi. pedagogik psixologiya, tibbiyot psixologiyasi, sostial psixologiya va boshqalar)da o’tkazilgan tadqiqot ishlari ilmiy asosda psixika, psixik holat, psixik hodisa, psixik jarayon, psixik funkstiya, psi-xik xususiyat, ijodiyot, faoliyat, ong, xulq, muomala singari tushun-chalar boyicha materiallar to’plab beradi, shuningdek, psixik aks et-tirishning (fizik, fiziologik, psixik, ong, o’zini o’zi anglash) moddiy asoslari, mexanizmlari yuzasidan qonuniyat ochishga imkon yaratadi, hatto insonning o’zligini anglash va boshqarish sari etak-laydi.
Endi psixologiya fanining predmeti to’g’risidagi savolga javob berishga harakat qilaylik. Ma’lumki, psixologiya tarixida bu mu-ammoni taxlil qilishga bag’ishlangan son-sanoqsiztadqiqotlar mav-juddir. Lekin ular haqida batafsil fikr yuritmoqchi emasmiz, chun-ki bu narsa navbatdagi paragrafda berilishi rejalashtirilgan.
«Psixologiya» (yunoncha r5usNe1o§o$) so’zini o’zbek tiliga tarjima qilsak, u «jon», «ruh» haqidagi «fan, ta’limot» degan ma’no angla-tadi. Biroq hozirgi davrda «jon» tushunchasi o’rniga «psixika»ni qo’llashda davom etmoqdamiz. Lingvistik nuqtai nazardan «jon», «psixika» tushunchalari aynan bir xil ma’noni bildiradi. Lekin «psixika» tushunchasi bugungi kunda «jon»dan kengroq ko’lamga ega bo’lib, ham ko’zga ko’rinuvchi, ham ko’zga ko’rinmovchi tomonlarini o’zida aks ettiradi. Psixikaning tarkibiy qismlari faoliyat, xulq, muo-mala yaqqol namoyon bo’lish xususiyatiga ega bo’lsa, bilish jarayonlari, psixik holatlar, ichki kechimalar, ijodiy rejalar, ilmiy farazlar miyada mujassamlashgani uchun ular ko’zga ko’rinmaydi. Psixologiya fanining keyingi davrdagi taraqqiyoti ular o’rtasida bir talay ta-fovutlarni keltirib chiqardi.
Psixika to’g’risida dastlabki tasavvurga ega bo’lish uchun dastavval psixik hodisalar mohiyati bilan tanishamiz. Odatda, psixik hodi-salar deganda ichki, sub’ektiv tajriba faktlarning (voqelikning) namoyon bo’lishi tushuniladi, boshqacha so’z bilan aytganda, psixika hayotning sezgi, idrok, xotira, tafakkur, xayol kabi har biri alohida olingan yaqqol shakllaridan iboratdir. Ichki, sub’ektiv tajriba-ning o’zi nimani anglatadi? Insondagi quvonch yoki zerikish tuyg’u-lari, uning nimalarnidir esga tushirishi, biron-bir xohish yoki intilish kechinmalari, xotirjamlik yoki hayajonlanish, hadiksirash hislarining barchasi shaxsning ichki dunyosini tarkibiy qismlari-dir, ya’ni bularning hammasi sub’ektiv psixik hodisalar sanaladi.
Sub’ektiv hodisalarning asosiy xususiyati — ularning bevosita sub’ektga taalluqliligidir. Agar inson idrok qilsa, sezsa, fikrlasa, eslasa, xohish bildirsa, albatta ana shu hodisalarni bir davr-ning o’zida tushunib (kuzatib) ham turadi. Inson intilsa, ikkilan-sa, bir qarorga kelsa, biz ularning barchasini sodir bo’layotganligi-ni anglab turamiz ham. Shuning uchun psixik hodisalar bizning ru-hiyatimizda sodir bo’lishidan tashqari, ular bevosita ko’z o’ngimizda namoyon bo’lib turadi. Obrazli qilib aytganda, odamning ichki dunyo-sida turli hodisalar vujudga keladi, kechadi, odatda, shaxs bunday hodisalarni harakatlantiruvchi kuchi hamda ularning tomoshabini hisoblanadi.
Yuqorida ta’kidlab o’tilgan sub’ektiv hodisalar xususiyatidan kelib chiqqan holda ayrim psixologlar psixologiya fani sub’ektiv kechinmalarning paydo bo’lishi va ularning kechishi bilan shug’ulla-nishi zarur, uning asosiy metodi o’zini o’zi kuzatish (shaxsning o’z fikrlari, his-tuyg’ulari va xatti-harakatlarini o’zi kuzatishi) bo’lmog’i kerak, degan xulosaga keladilar. Lekin psixologiya fani-ning keyingi davrdagi taraqqiyoti bunday cheklanganlik fanni mut-laqo ta’minlay olmasligini tasdiqladi.
Psixikaning turli shakllarda ko’rinishi, jumladan, psixik ja-rayonlar, anglashilmagan holatlar, xulq-atvor, psixosomatik (yunon-cha psyche — «jon», somoto — «tana» ma’nosini anglatadi) hodisalar, inson akl-zakovati va qo’lining mo’’jizakorligi moddiy va ma’na-viy madaniyat mahsulini yaratdi. Har qanday faktlarda (voqelikda), hodisalarda psixika namoyon bo’ladi, o’zining xususiyatlarini ajra-tadi, faqat ular orqaligina psixikani o’rganish mumkin.
Psixologik voqelik-fakt deganda sub’ektning ichki kechinmala-rining tarkibiy qismlari bilan bir qatorda ularning ob’ektiv shakllari (xulq-atvor, tana harakati, jarayoni, faoliyat mahsuli, ijtimoiy-madaniy hodisalar) orqali psixikaning xususiyatlari, holatlari, qonuniyatlarini o’rganish tushuniladi. Boshqacha so’z bilan aytganda, inson ongidan tashqari, unga bog’liq bo’lmagan holda hukm suruvchi ob’ektiv borliq, ya’ni atrofimizdagi narsa va hodisa-lar, muhit, sharoit va boshqalarning psixikada aks etishi psixolo-gik voqelik deb ataladi.
Shunday qilib, yuqorida biz psixologiya to’g’risidagi tasavvurlar, uning predmeti hamda unga kiruvchi ilmiy tushunchalar, psixologik holatlar, voqelik yuzasidan fikr almashdik, ilmiy psixologik materiallar o’rtasidagi bog’liqlik va tafovut boyicha mulohaza yurit-dik.
Adabiyotlar ro’yxati:


1..Karimov I.A “Yuksak ma’naviyat engilmas kuch.” Toshkent ,2008 yil.
2..Karimov I.A XXI asr bo’sag’asida. Toshkent 1997 yil.
3..Karimov I.A. Barkamol avlod orzusi. Toshkent 1999 yil.
4. Karimov I.A. Barkamol avlod O’zbekiston kelajagining poydevori.Toshkent
5.Rubnshteyn S.L «Osnovi obshaya psixologiya» 1998 god.
Yüklə 43,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin