2- amaliy mashg‘ulot Kimyo o‘qitish vositalari. Kimyo kabinetlarining jihozlanishiga qo‘yilgan talablar



Yüklə 18,63 Kb.
səhifə1/3
tarix21.05.2023
ölçüsü18,63 Kb.
#118509
  1   2   3
2-маш (1)


2- Amaliy mashg‘ulot
Kimyo o‘qitish vositalari.
Kimyo kabinetlarining jihozlanishiga qo‘yilgan talablar
O‘qitishning texnika vositalari deganda, o‘quvchilarning bilim, o‘quv hamda malakalarni uzlashtirishini osonlashtirish va uning samaradorligini oshirish hamda o‘qituvchining o‘quvchilarga bilim, o‘quv va malakalar berish, ularni mustahkamlash hamda tekshirib kurish borasidagi mehnatni yengillashtirish uchun foydalaniladigan texnikaviy kurilmalar jamlammasi tushuniladi.
O‘qitishning texnika vositalari jumlasiga uziga xos axborot eltuvchilarning uzi (kinofilmlar, diafilmlar, diapozitivlar, dasturlashtirilgan topshiriqlar tushirilgan teshik-teshik kartalar tuplami va shu kabilar) ham kiradi.
O‘qitishning texnika vositalarining imkoniyatlari, metodlari va ishlatilishi usullari sinchiklab urganilgandagina o‘quv jarayonida ulardan samarali foydalanish mumkin bo‘ladi. Xar bir o‘qituvchi bu vositalardan foydalanishni bilishi, bu sohada tegishli bilim, o‘quv va malakalarga ega bulishi kerak. Bilim yurtida o‘qitishning texnika vositalaridan pedagogika jixatidan to‘g‘ri foydalanish uchun tegishli sharoit yaratilishi zarur.
Ba’zi chet el pedagoglari o‘quv jarayonida o‘qitishning texnika vositalaridan keng ko’lamda foydalanish o‘qituvchining mashina va uni boshqaruvchi muhandis bilan almashtirilishiga olib boradi, deb hisoblaydilar. Bunda o‘qituvchi tashkilotchi rolini bajaradi, o‘qitish vazifasi esa texnika vositalariga yuklanadi. Ammo o‘qitish jarayonida faqat bilim berilibgina kolmay, o‘qituvchi shaxsining murakkab ta’siri amalga oshiriladi xamki, buning natijasida o‘quvchining dunyoqarashi, xulk – atvor normalari shakllanadi, shaxsning kamol topishi sodir bo‘ladi. Bunga esa o‘qituvchining ishtirokisiz erishib bulmaydi: uning axlokiy prinsiplari chuqur bilimlar hamda keng saviya bilan birgalikda xar gal takrorlanmaydigan intelektual alokaning shunday sharoitini yaratadiki, bunday sharoitsiz okibat natijada o‘qitish va tarbiyalashda muvaffakiyat kozonish mumkin bulmaydi.
Darslarda yangi materialni bayon etishda o‘qituvchi guyo eshittirib fikrlaydi, bunda u o‘quvchilarga bilim beribgina kolmasdan, ularga mantikan fikrlash, fan muammolarini hal qilishga ijodiy yondoshish o‘quvlarini singdiradi. O‘qituvchi o‘quvchilar uchun bilimlar manbai va o‘quv jarayonini raxbarigina emas, balki taklid qilish uchun namuna xamdir. O‘qituvchini o‘qitishning texnika vositalari bilan almashtirish o‘quv jarayonida juda muhim narsani – o‘quvchiga pedagog shaxsning ta’sirini chikarib tashlaydi, bu esa o‘quv jarayonini juda kambagallashtirib yuboradi. Barcha texnika vositalarining, shu jumladan, o‘qitish mashinalarining xam imkoniyatlari cheklangan – ular faqat o‘qituvchining o‘quvchilarga kursatadigan ta’sirini oshiradigan quroldir.
Xonalarni o‘qitishning texnika vositalari bilan jixozlash ishida quyidagi asosiy texnikaviy-pedagogik talablarga amal qilish kerak:
1. O‘quv kabinetlarini o‘qitishning texnika vositalari bilan jixozlashda o‘quv jarayonida ulardan kompleks tarzda foydalanishini hisobga olishi zarur.
2. O‘quv xonasining istagan joyida ko’rish va eshitish uchun yaxshi sharoit ta’minlash lozim.
3. O‘quv xonalarida o‘qitishning texnika vositalari ishlatilganda shovqin manbalarini yo’qotish kerak.
4. Barcha texnikaviy qurilmalar puxta va buzilmay ishlashi darkor.
5. Texnika vositalarining tuzilishi va ishlatilishi oddiy bulishi kerak.
6. O‘qitishning barcha universal va maxsus texnika vositalaridan birgalikda oqilona foydalanish lozim.
7. Ishlatilishi iktisodiy jixatdan maqsadga muvofiq bulishi zarur.


Texnik vositalariga -— proyektor, kino apparat, o‘quv televideniyesi, videomagnitafon, kompyuter, videofilmlar, multimedia va hokazolar kiradi. Bundan tashqari sinf doskasi, doska — stend, doska — bloknot, kodoskoplar ham texnik vositalarga kiradi.
Chop etilgan o‘quv materiallarga — chop etilgan o‘tkazilgan barcha o‘quv va ko‘rgazmali materiallar kiradi.
Yuqoridagi ta’lim vositalari o‘qituvchi uchun, o‘quvchi uchun, hamda dars o‘tkazish uchun alohida variantlarini to‘g‘ri tanlash muhim ahamiyatga ega

Yüklə 18,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin