2- amaliy mashg‘ulot Kimyo o‘qitish vositalari. Kimyo kabinetlarining jihozlanishiga qo‘yilgan talablar



Yüklə 18,63 Kb.
səhifə2/3
tarix21.05.2023
ölçüsü18,63 Kb.
#118509
1   2   3
2-маш (1)

1.O‘qituvchi uchun vositalar:- o‘quv predmetini o‘qitish metodikasi bo‘yicha qo‘llanmalar, shaxsiy metodika, murakkab masalalar bo‘yicha metodik tavsiyalar, o‘qituvchilar tomonidan tayyorlangan metodik ishlanmalar,mantiqiy struktura.
2.O‘quvchi uchun vositalar - darslik, o‘quv qo‘llanma yoki o‘qituvchining ma’ruza matnlari, xaritalar,topshiriq kartochkalar va hokazolar.
3.Dars o‘tkazish uchun - plakatlar, diagrammalar, modellar, maketlar,mulyajlar,namoyish qilish jihozlari, laboratoriya, amaliy ishlarni o‘tkazish uchun jihozlar, audiovizual vositalar, diafilm, videoyozuvlar, diopoztivlar.
Tanlab olingan metod - shakl va vositalar bir - birini to‘ldirishi ya’ni uyg‘unlashuvi kerak.
Chop etilgan o‘quv materialar - ta’lim oluvchilarga mustaqil ishlashga va ularning faollashuviga ko‘maklashadi. Ularga: tarqatma materiallar, ishchi varaqalari, nazorat (test) varaqalari, matnlar, o‘quv qo‘llanmalari va shu kabilar kiradi.
Sinf doskasi — o‘quv materialini vizual namoyish qilishning an’anaviy va qulay vositasidir. Undan o‘quv materialining asosiy tayanch nuqtalarini belgilashda yoki biror narsani tez yozish lozim bo‘lganda foydalanish juda qulaydir. Bundan tashqari sinf doskasi ta’lim muassasasining har bir o‘quv xonasida mavjuddir.
Kamchiligi: yangi materialni tushuntirish uchun doskada yozilganlarni o‘chirishga to‘g‘ri keladi va avval yozilganlarni qayta ko‘rsatish imkoni bo‘lmaydi. Bundan tashqari o‘qituvchi doskaga yozayotganda tahsil oluvchilarga nisbatan teskari holatda bo‘ladi va uni eshitish qiyin bo‘ladi.
Doska—stend — mashg‘ulotlarda o‘quv munozaralari, aqliy hujum, guruh ishlari va boshqa muhokamalar natijalarini hujjatlashtirishda foydalaniladigan o‘qitishning texnika vositasidir. Bunda stendga o‘sha kattalikdagi qog‘oz qo‘yiladn va unga turli rangdagi hamda shakldagi kartochkalar yopishtiriladi. Dars vaqtida stendda mazkur kartochkalar yordamida sxemalar, tuzilmalar, sharhlar va shu kabilarni tuzish mumkin.
Doska —stendning afzalligi shundaki, unda kartochkalar (sxemalar, tuzilmalar, sharhlar va h.k.) joylashuvini xohlagan vaqtda o‘zgartirish imkoniyati mavjud. Shuningdek doska — stend bilan ishlaganda qiska vaqt ichida barcha tinglovchilarning fikr — mulohazalari va g‘oyalarini qamrab olish va qayd etish imkoniga ega bo‘ladi.
Doska—bloknot — bu varaqlanadigan qog‘ozli doska bo‘lib, unga marker (ruchka, qalam, flomaster) bilan yoziladi. U turli muhokamalar yakunlari va natijalarni yaqqol namoyish etishda hamda eng muhim axborotlarni qayd etishda qo‘llaniladi. Uning afzalligi shundaki, xohlagan vaqtda oldingi yozilgan materiallarga qaytish mumkin va hatto o‘quv xonasiga osib qo‘yish ham mumkin.
Ta’lim vositalaridan samarali foydalanish uchun o‘qituvchi qaysi vositani qachon qo‘llashini mashg‘ulot maqsadi va mazmunidan kelib chiqqan holda belgilab olishi muhimdir.
Tarqatma materiallar - ta’lim oluvchilar uchun o‘rganilayotgan mavzuga oid asosiy ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan hajmi uncha katta bo‘lmagan (1—2 varaq) yozma o‘quv materiali hisoblanadi. Mazkur materiallar darsni qiziqarli qilish imkonini berib, ko‘p hollarda ta’lim oluvchilar uchun mustaqil ravishda o‘qib chiqib muhokama qilish uchun mo‘ljallangan bo‘ladi.
Ishchi varaqalar — guruhlarda, juft bo‘lib va individual mashqlar bajarishda qo‘llaniladi. Ular turli jadvallar shaklida bo‘lib, ta’lim oluvchilar tomonidan to‘ldirish talab qilinadi.
Nazorat varaqalari - mashg‘ulot yakunida ta’lim oluvchilarning o‘zlashtirgan bilimlarini tekshirishda qo‘llanilib, ular test savollari, masalalar va shu kabi shakllarda bo‘lishi mumkin.
Matnlar - darsning mavzusi bo‘yicha mashg‘ulotga tayyorgarlik ko‘rishda, mashg‘ulot davomida, shuningdek bilimlarni mustahkamlashda foydalanish uchun ta’lim oluvchilarga taqdim etiladi.
Multimedia - bu informatikaning dasturiy va texnikaviy vositalari asosida audio, video, matn, grafika va animatsiya (obyektlarning fazodagi harakati) effektlari asosida o‘quv materiallarini o‘quvchilarga yetkazib berishning mujassamlangan holdagi ko‘rinishidir.
Mashg‘ulotlarda qo‘llaniladigan tasviriy ko‘rgazmali qurollarning hajmli (mulyaj va modellar) va sathli (jadvallar) xillari mavjud.

Yüklə 18,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin