2  Amaliy mashg‘ulot Metallarga bosim bilan ishlov berish jarayonlari



Yüklə 32,41 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix25.12.2023
ölçüsü32,41 Kb.
#195134
1   2   3   4
2Amaliy mashg‘ulot

To‘g‘ri presslash. 
To‘g‘ri presslashda puanson
 
A strelkasi tomon 
yurgizilganda, u press shaybasi 7 bilan zagotovka 6 ning toretsini ezib, 
uni konteyner bo‘ylab matritsa 3 ga surib, uni ko‘zidan o‘tkazadi. 
Chunki konteyner 2 ning ikkinchi tomoni tirak shayba 5 bilan zich 
berkitilgan. Bunda zagotovka ezilib surilishida u konteyner devoriga
matritsaning ichki yuziga ishqalanib matritsa ko‘zidan bir tekisda 
o‘tmasligiga olib keladi (2.4

rasm, a).
 
2.4

rasm. Presslash sxemasi va presslash usulida olinadigan 
buyumlar profili: a-to‘g‘ri presslash; b-teskari presslash; 1-puanson;
2-konteyner; 3-matritsa; 4- buyum; 5-shayba; 6- zagotovka; 7- press-
shayba; d-presslash yo‘li bilan tayyorlanadigan buyumlar profillariga 
misol; e-olingan mahsulot
Teskari presslash. 
Teskari presslashda xavol puanson 1 uchiga 
matritsa 3 o‘rnatilgan bo‘lib, uni A strelkasi tomon yurgizilganda u 
konteynerdagi zagotovkani ezib matritsa ko‘zidan o‘tkazadi; chunki 
konteynerni xar ikkala tomoni berk. Bu usulda zagotovka konteynerda 
(matritsa ko‘zi yaqinidagi surilishi xisobiga olinmasa) surilmaydi. Shu 
boisdan presslash kuchi to‘g‘ri presslashga qaraganda 1,5-2 marta kichik 
bo‘ladi (2.4-rasm, b). 
Kiryalash

Bu usulda zagotovka uning ko‘ndalang kesimidan kichik 
bo‘lgan kirya-asbob teshigi (ko‘zi)dan tortib o‘tkazib ishlanadi. Bu 
usulda turli diametrli simlar, chiviqlar, quvurlar va turli profilli boshqa 
mahsulotlar olinadi (2.5-rasm).


 
 
2.5

rasm. Kiryalash usuli bilan provolok olish tehnologik jarayoni 
Hajmiy shtamplash.
Bu usulda ko‘pincha zarur haroratgacha 
qizdirilgan zagotovka shtamp deb ataluvchi asbobni pastki palla 
bo‘shlig‘iga qo‘yilib, bolg‘aning qo‘zg‘aluvchi pallasiga o‘rnatilgan 
shtampning ustki pallasi bilan bir necha bor zarblab shtamplanadi. 
Bunda zagotovka plastik deformatsiyalanib, shtamp bo‘shlig‘ini 
to‘ldiradi.

Yüklə 32,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin