2- ma’ruza
Mavzu: Quduqlarda qum tiqinlarining hosil bo‘lishi
Qum tiqinlariga qarshi kurash-neft sanoatidagi qadimiy muammolardan biri
hisoblanadi. Qumning quduq tanasi odatda bo‘shliq bo‘sh sementlangan jinslarning
buzilishi
natijasida, ma’lum bir sizilish tezligi yoki bosim gradiyentida sizilish
bosimi ta’siri ostida chiqishi kuzatiladi.
Qatlamdan qumning chiqishi quduq tubi zonasi jinslarining mustahkamligini
buzilishi, qatlam jinslarini yemirilishi va buning oqibatida ishlatish quvurlar
birikmasining deformatsiyalanishiga sabab bo‘ladi, ba’zan quduqni ishdan chiqish
holatlariga olib keladi. Qatlamdan
quduq ichiga kelayotgan qum, quduq tubiga
cho‘kib tiqin hosil qiladi, bu esa odatda quduqni
joriy mahsulot miqdorini
kamaytiradi. Quduq tubidagi tiqinni bartaraflash uchun sermexnat ta’mirlov ishlari
talab etiladi va bu neft qazib olishda cheklab bo‘lmas yo‘qotishlar bilan bog‘liq.
Qatlamdan chiqariladigan qum, ishlatish uskunasining qattiq yemirilishiga olib
keladi.
Quduqqa qum kelishini oldini olish
Mahsulot miqdorini ma’lum bir ruxsat etilgan darajagacha pasaytirish bilan
jinslarning buzilishini cheklash mumkin. Biroq tog‘ jinslari kuchsiz sementlangan
sharoitdagi quduqlarni bunday rejimlarda ishlatish ko‘p hollarida iqtisodiy jihatdan
samarasiz bo‘ladi. Shuning uchun har xil quduq tubi sizgichlari qo‘llaniladi yoki
quduq tubi zonasida jinslarni qotirish amalga oshiriladi.
Tayyorlanish konstruksiyasi va texnologiyasiga ko‘ra quvurli va shag‘alli
sizgichlar mavjud. Quvurli sizgichlarni quduqqa mustahkamlovchi quvurda yoki
nasos-kompressor quvurlari yordamida mustahkamlovchi quvurlar birikmasi ichiga
tushiriladi. Ularni oddiy (quvurda teshiklar 1,5-20 mm yoki tarqishlar 0,4-0,5 mm li
o‘lchamda), murakkab (simni o‘rashdan hosil qilingan), metallokeramik
presslangan kukunni vodorodli muhitda 1200˚ S da qizdirib
biriktirishdan hosil
qilingan turlarga ajratish mumkin.
Shag‘alli sizgichlar yer yuzasida (shag‘al fraksiyasining diametri 4-6 mm,
ikkita perforatsiyalangan quvurlar orasidagi oraliq 20-25 mm) va quduq ichida
(perforatsiyalangan quvur devori ortidagi zarralar qavati yuvilmasa) tayyorlanishi
mumkin. Quduq tubi zonasining jinslarini mustahkamlash zarralarini o‘zaro har xil
jismlar bilan bog‘lashdan iborat.
Bunda sementli eritma, sement – qumli
aralashmalarning eritmasi, fenolformaldegidli mum va hokazolar ishlatiladi.
Usulning mazmuni, vazifasi jismlarni nasos-kompressor quvurlari orqali quduq tubi
zonasiga haydashdan iborat. Qatlam qalinligi va quduqning
yutilish qobiliyatidan
iborat. Qatlam qalinligi va quduqning yutilish qobiliyatiga bog‘liq holda, haydash
jarayoni bir yoki bir necha marta o‘tkaziladi. Eritma tog‘ jinsidagi bo‘shliqlarni
to‘ldiradi va qotishib qum zarralarini mustahkam holda bog‘laydi biroq bunda
o‘tkazuvchanlik kamayadi. Mumning qotiruvchi sifatida 15-20% xlorid kislota
eritmasi qo‘llaniladi.