2- ma’ruza. Taqdimot yaratishning zamonaviy vositalari va ta’lim jarayonida qoʻllanilishi reja



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/6
tarix12.11.2022
ölçüsü0,7 Mb.
#68739
  1   2   3   4   5   6
2 ma’ruza. Taqdimot yaratishning zamonaviy vositalari va ta’lim




2- MA’RUZA. TAQDIMOT YARATISHNING ZAMONAVIY VOSITALARI VA TA’LIM 
JARAYONIDA QOʻLLANILISHI 
Reja: 
1. Taqdimot mohiyati va turlari. 
2. 
Taqdimot yaratishning zamonaviy vositalari va ularning imkoniyatlari. 
3. 
Interfaol multimedia taqdimoti. 
4. Prezi dasturi imkoniyatlari. Prezi.com da ro‘yxatdan o‘tish. Prezi dasturida yangi 
taqdimot yaratish. Taqdimotga ob’yektlarni joylashtirish 
5. 
Taqdimot shablonini tanlash muloqot oynasi 
6. 
Prezi taqdimoti muharriri oynasi 
7. 
Taqdimotni saqlash muloqot oynasi 
Kalit so’zlar: Taqdimot, Prezi dasturi, ZUI, taqdimot, Prezi public, Prezi pro, Prezi enjoy, 
canvas, maydon, New Prezi, shablon, elementlarni, sarlavha, matn, rasm, menyu, Frames and Arrows, 
Insert, Theme, hujjatni saqlash. 
 
Taqdimot (inglizcha presentation so’zidan olingan) – audiovizual vositalardan foydalanib 
ko’rgazmali shaklda ma’lumot taqdim etish shakli. Taqdimot yagona manbaga umumlashgan 
kompyuter animatsiyasi, grafika, video, musiqa va ovozni o’zida mujassam etadi. Odatda taqdimot 
ma’lumotni qulay qabul qilish uchun syujet, ssenariy va strukturaga ega bo’ladi. 
Taqdimotlar so’z bilan ifoda qilish qiyin bo’lgan jarayonlarni tez, aniq va tushunarli bo’lishi, 
axborotni qabul qilishda turli xil ko’rinishlarda aks etirilishi o’qituvchiga darsni tashkillashtirish va 
faol bo’lishida ko’makchi vositasini o’taydi. 
Multimediali taqdimot – bugungi kunda axborot taqdim etishning yagona va eng zamonaviy 
shakli hisoblanadi. Bu matnli ma’lumotlar, rasmlar, slayd-shou, diktor jo’rligidagi ovoz bilan 
boyitilgan, videoparcha va animatsiya, uch o’lchamli grafika tarzidagi dasturiy ta’minot bo’lishi 
mumkin. Taqdimotning ma’lumot taqdim etishning boshqa shakllaridan asosiy farqi ularning 
mazmunan boyitilganligi va interfaolligidir, ya’ni belgilangan shaklda o’zgarishga moyilligi va 
foydalanuvchi faoliyatiga munosabatini bildirishidir. 
Ma’lumki, inson ma’lumotning ko’p qismini ko’rish (~80%) va eshitish (~15%) organlari 
orqali qabul qiladi (bu avvaldan aniqlangan va kino hamda televidenieda undan samarali 
foydalaniladi). Multimediali texnologiyalar ushbu muhim sezgi organlarining bir vaqtda ishlashiga 
yordam beradi. Dinamik vizual ketma-ketlik (slayd-shou, animatsiya, video)ni ovozli tarzda namoyish 
etish orqali insonlarning e’tiborini ko’proq jalb qilamiz. Shundan kelib chiqib, multimediali 
texnologiyalar axborotni maksimal samarali tarzda taqdim etishga imkon beradi. 
Multimediali taqdimot 
ma’lumotni to’g’ridan to’g’ri qabul qilishni ta’minlaydi. 
Foydalanuvchi taqdim etilayotgan barcha ma’lumotlarni ko’radi va o’zini qiziqtirgan qismlaridan 
foydalana oladi. Ma’lumotni qabul qilish katta mehnat va vaqt talab qilmaydi. Ma’lumot taqdim 
etishning boshqa shakllaridan farqli ravishda multimediali taqdimot bir necha o’n minglab sahifa matn, 
minglab rasm va tasvirlar, bir necha soatga cho’ziladigan audio va video yozuvlar, animatsiya va uch 
o’lchamli grafikalarni o’z ichiga olgan bo’lishiga qaramay, ko’paytirish xarajatlarining kamligini va 
saqlash muddatining uzoqligini ta’minlaydi. 

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin