a)
b)
v)
1.2.- rasm. Avtomatika elementlarining statik tavsifnomalari.
a) - chiziqli Ks= Kg= const; b) - uzluksiz nochiziqli; KsKg const. v)- nochiziq
uzlukli KsKq const F
Avtomatika elementining yana bir muhim tavsifnomasi – element (kirish
kattaligi o’zgarishiga bog’lik bo’lmagan) chiqish kattaligining o’zgarishidan hosil
bo’lgan o’zgartirish xatosidir. Bu xatoga
sabab atrof-muhit xaroratining, ta’minlash
kuchlanishining
o’zgarishi
va
kabilar
bo’lishi
mumkin.
Element
xarakteristikalarining o’zgarishi natijasida paydo bo’ladigan hato
nostabillik deb
ataladi.
Ba’zi elementlarning chiqish va kirish kattaliklari o’rtasida ko’p
qiymatli
bog’lanish mavjud. Bunga
quruq ishqalanish, gisterezis va boshqalar sabab bo’lishi
mumkin. Bunda kattalikning xar bir kirish qiymatiga
uning bir necha chiqish
qiymatlari mos keladi. Sezgirlik chegarasining mavjudligi shu hodisa bilan bog’liq.
Kirish kattaligining element chiqishidagi signalini
sezilarli darajada
o’zgartirish qobiliyatiga ega bo’lgan
qiymati sezgirlik chegarasi deyiladi.
Avtomatika elementlari mustahkamlik bilan xam xarakterlanadi.
Elementlarning
sanoat ekspluatatsiyasida o’z parametrlarini yo’l qo’yiladigan
chegarada saqlash
qobiliyatiga
mustahkamlik deb ataladi. Mustahkamlik elementni loyihalash vaqtida
hisoblanadi va uni ishlab chiqarilgandan so’ng ekspluatatsiya jarayonida sinaladi.