2- mаvzu avtomatik sistemalar elementlarining tavsifi



Yüklə 131,29 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix11.05.2023
ölçüsü131,29 Kb.
#111585
  1   2
2-Mаvzu AVTOMATIK SISTEMALAR ELEMENTLARINING TAVSIFI (1)



2- Mаvzu AVTOMATIK SISTEMALAR ELEMENTLARINING 
TAVSIFI.
 
Reja: 1. Avtomatik boshqarish sistemalarining elementlari. 
2. Avtomatika elementlarining asosiy xarakteriskalari 
Avtomatika elementi deb o’lchanayotgan fizik kattalikni birlamchi 
o’zgartiruvchi moslamaga aytiladi. Avtomatika elementlari to’rt xil strukturaviy 
belgilanish sxemalaridan iborat bo’ladi (1.1- jadval): 
a) oddiy bir martali (birlamchi) to’g’ridan-to’g’ri o’zgartirish; 
b) ketma-ketli to’g’ridan-to’g’ri o’zgartirish; 
v) differensial sxemali;
g) kompensatsion sxemali. 
Oddiy o’lchash o’zgartirgichlari (a) bir dona elementdan tashkil topgan 
bo’ladi. Ketma-ketli o’zgartgichlarda esa (b) oldindagi o’zgartirgichning kirish 
ko’rsatgichi keyindagi o’zgartgichning chiqishi hisoblanadi. Odatda birlamchi 
o’zgartirgich sezgirlik elementi (SE), ohirgi (keyingi) o’zgartirgich esa chiqish 
elementi deb yuritiladi. O’zgartirgichlarning ketma-ketligi ulanish usuli bir martali 
o’zgartirishda chiqish signalidan foydalanish qulay bo’lgan sharoitda qo’llaniladi. 
Differensial sxemali o’lchash o’zgartirgichlari nazorat qilinayotgan 
kattalikni uning etalon qiymatlari bilan solishtirish zarurati bo’lganda qo’llaniladi.
Kompensatsion sxemali o’zgartirgichlar usuli esa yuqori aniqlik bilan 
ishlashi, universalligi hamda o’zgartirish koeffitsiyentining tashqi ta’sirlarga deyarli 
bog’lik emasligi bilan ajralib turadi. 
Avtomatika elementlari tizimning eng asosiy qismi bo’lib, quyidagi 
funksiyalardan birini bajaradi: 
- nazorat qilinayotgan yoki rostlanayotgan kattalikni qulay ko’rinishdagi signalga 
o’zgartirish (birlamchi o’zgartgich - datchiklar); 


- bir energiya ko’rinishidagi signalni boshqa energiya ko’rinishdagi signalga 
o’zgartirish (elektromexanik, termoelektrik, pnevmoelektrik, fotoelektrik va xakozo 
o’zgartgichlari);
- signal tabiatini o’zgartirmasdan uning kattaliklarini o’zgartirish 
(kuchaytirgichlar); 
- signalning ko’rinishini o’zgartirish (analog-raqam, raqam analog 
o’zgartkichlari). 
- signalning formasini o’zgartirish (taqqoslash vositalari), 
- mantiqiy operatsiyalarni bajarish (mantiqiy elementlar), 
- signallarni taqsimlash (taqsimlagich va kommutatorlar), 
- signallarni saqlash (xotira va saqlash elementlari), 
- programmali signallarni hosil qilish (programmali elementlar), 
- bevosita jarayonga ta’sir qiluvchi vositalar (ijrochi elementlar). 
Avtomatika elementlarining funksiyalari xar hil bo’lganiga qaramay,
ularning parametrlari umumiy hisoblanadi va ularga quyidagilar kiradi: 
- statik va dinamik rejimlardagi tavsifnomalari; 
- uzatish koeffitsiyenti (sezgirlik, kuchaytirish va stabilizatsiya 
koeffitsiyentlari); 
- xatolik (nostabillik); 
- sezgirlik chegarasi. 
Хar bir avtomatika elementi uchun turg’unlashgan rejimda kirish Х va
chiqish signallari U orasida u=f(x) bog’liqlik mavjud. Ushbu bog’liqlik elementning 
statik tavsifnomasi deyiladi. 
Ko’rinish bo’yicha (1.2.-rasm) avtomatika elementlarining statik
tavsifnomalari uch guruxga ajratiladi: a) chiziqli, b) uzluksiz nochiziqli, v)
nochiziq uzlukli.


Avtomatika elementining ishlash sharoitlari turg’unlashmagan, ya’ni Х va U 
qiymatlari vaqt davomida o’zgarilayotgan payti dinamik rejim deyiladi. Chiqish 
qiymatining vaqt davomida o’zgarishi esa dinamik tavsifnomasi deyiladi. 
1.1-jadval 
Avtomatika elementlarining strukturaviy belgilanish sxemalari 
№ 
Strukturaviy belgilanish sxemalari 
O’zgartirish 
koeffitsiyenti 
Chetga chiqish 
1.
Х У Х Z У 
К = К1 
δ=δ
і 
2. 
Х У Yn-1 Уn 

К=П K

i=1 

δ=∑δ

i=1 
3. 
То
δ
1

δ
2
K=K
1
+K

δ=δ
1
k
1
/(k
1
+k
2
)

2
/(k
1
+k
2

4. 
То 
х Yпр Y
δ
1
δ
2
К=К
1
/(1+К
1

2

δ=δ
1
/(1+К
1

1К2)-
δ
2
/[1+1(К
1

1
)

Izox: x - o’lchanayotgan (kirish) ko’rsatkichi; u - o’lchash 
o’zgartirgichining chiqish signali. z- qo’shimcha energiya manbaisi. 
К

К

К

Кi
К

К

К
1
К



Avtomatika elementlari ma’lum inersionlikka ega, ya’ni chiqish signali kirish 
signaliga nisbatan kechikishi bilan o’zgariladi. Elementlarning bu xususiyatlari 
avtomatik tizimining dinamik rejimidagi ishini aniqlaydi. 
Хar bir elementning umumiy va asosiy xarakteristikasi uning o’zgartirish 
koeffitsiyenti, ya’ni element chiqish kattaligining kirish kattaligiga bo’lgan nisbatiga 
teng. Avtomatik tizimlarning elementlari miqdor va sifat o’zgartirishlarni bajaradi. 
Miqdor o’zgartirishlar kuchaytirish, stabillash va boshqa koeffitsiyentlarni nazarda 
tutadi. Sifat o’zgartirishda bir fizikaviy kattalik ikkinchisiga o’tadi. Bu holda 
o’zgartirish koeffitsiyenti element sezgirligi deyiladi. 
U
U U 
Х
Х1 
Х 
Х

Yüklə 131,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin