2- mavzu. Axborotning jamiyatdagi o‘rni va ahamiyati reja: Axborotlashgan jamiyat tushunchasi, mazmun-mohiyati



Yüklə 272,33 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix25.12.2023
ölçüsü272,33 Kb.
#196092
1   2   3   4   5
2- mavzu. Axborotning jamiyatdagi o‘rni va ahamiyati reja Axbor

“Axborotlashtirish 
to’g’risida”gi Qonuni 
15-moddasida Milliy axborot tizimiga davlat organlarining 
axborot tizimlari, tarmoq va hududiy axborot tizimlari, shuningdek yuridik hamda 
jismoniy shaxslarning axborot tizimlari kiradi. 
Milliy axborot tizimi uning tarkibiga kiruvchi axborot tizimlarining xalqaro 
axborot tizimlari bilan bir-biriga mosligini hisobga olgan holda yaratiladi. 
Hozirgi davrda fan va texnikada ko’p qullaniladigan tushunchalardan 
biritizimdir. Axborot tizimini ishlab chiqarishdan maqsad – tashkiliy loyihalashtirish, 
texnologik va hakozo jihatlarini hisobga olgan holda tizim faoliyatining 
samaradorligini oshirishdir. 


O’zbekiston Respublikasining axborotlashtirish sohasidagi davlat siyosati 
axborot resurslari, axborot texnologiyalari va axborot tizimlarini rivojlantirish hamda 
takomillashtirishning zamonaviy jahon tamoyillarini hisobga olgan holda, milliy 
axborot tizimini yaratishga qaratilgan. Ta’kidlash joizki, milliy axborot tizimiga 
davlat organlari, shuningdek, yuridik hamda jismoniy shaxslar, tarmoq va hududiy 
axborot tizimlari kiradi. Axborot tizimi esa axborotni to’plash, saqlash, izlash, unga 
ishlov berish hamda undan foydalanish imkonini beradigan, tashkiliy jihatdan 
tartibga solingan jami axborot resurslari, axborot texnologiyalari va aloqa 
vositalaridir. Axborot tizimi tarkibidagi elektron shakldagi axborot, ma’lumotlar 
banki, ma’lumotlar bazasi axborot resurslarini tashkil etadi. 
Yangi axborot texnologiyalarining yaratilishi va ularning jamiyat turli 
jabhalariga kirib borishi informatikaning yangi sohasi - ijtimoiy informatika fanining 
ajralib chiqishiga sabab bo’ldi. Ijtimoiy informatika quyidagi masalalarni o’rganadi: 
Axborotlashgan jamiyat taraqqiyotining qonuniyatlari va muammolari; 
Axborot resurslari jamiyat rivojining ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy 
faktorlari sifatida; 
Axborotlashgan jamiyatda shaxs; 
Axborot madaniyati; 
Axborot xavfsizligi; 
Axborotlashgan jamiyat termini Yaponiyada paydo bo’ldi . Mutaxassislar ushbu 
termin yuqori sifatli axborot mo’l-ko’l bo’lgan va uni saqlash, taqsimlash va 
foydalanish uchun barcha vositalarga ega bo’lgan jamiyatni ifodalaydi, deb e’tirof 
etadilar. Axborotlar manfaatdor kishilarga tez va oson hamda qulay shaklda etkazib 
beriladi.Axborot xizmatlari uchun narxlar shu darajada past bo’lishi kerakki, 
jamiyatning har bir a’zosi undan ehtiyojiga qarab foydalansin. Akademik 
V.A. Izvozchikov axborotlashgan jamiyat xususiyatlarini ifoda etuvchi quyidagi 
ta’rifni taklif etgan: “Axborotlashgan jamiyat deb, jamiyatning barcha sohalari 
hamda a’zolari hayoti va faoliyatida kompyuter, telematika va boshqa vositalar aqliy 
mehnat qurollari sifatida ishlatiluvchi , kutubxonalardan foydalanish, katta tezlik va 
aniqlikda axborotlarni qayta ishlash, real va prognozlashtirilgan hodisalarni 
modellashtirish, , ishlab chiqarishni boshqarish, ta’limni avtomatlashtirish va boshqa 
vazifalarni bajarish imkoniyatiga ega bo’lgan jamiyatga_aytiladi. 
Bunday jamiyatda: 
Хohlagan kishi , gurux yoki ixtiyoriy korxona-tashkilot o’z faoliyati uchun zarur 
bo’ladigan axborot resurslaridan foydalana jlishi; 
Zamonaviy axborot texnologiyalari va aloqa vositalarining 
taqdim 
etilishi; 
Ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy rivojlanish masalalarini echish uchun 
zarur bo’lgan axborot resurslarini doimiy yangilash va to’ldirish imkoniyatini beruvchi 
rivojlangan axborot infrastrukturasiga ega bo’lish. 


Axborotlashgan jamiyat darajasiga eng yaqin kelgan davlatlarga AQSh
Yaponiya, G’arbiy Yevropa davlatlari kiradi. 
Axborot katta oqimlarining vujudga kelishi vujudga kelishiga: 
Bilimlarning turli sohalari bo’yicha davriy nashrlarning ko’payib borishi; 
masalan, XX asr boshlarida ilmiy xodim uchun fizika sohasida chop etiladigan 10 
tagacha oylik jurnal bilan tanishib borish etarli hisoblangan bo’lsa, asr oxiriga kelib, 
bu ro’rsatkich 100 ga etdi. 
Ilmiy va amaliy faoliyat natijalari e’lon qilinadigan kitob, xujjatlar, 
hisobotlar, dissertatsiyalar va boshqalar miqdorining katta tezlik bilan ko’payib 
borishi sabab bo’ldi. 
Yuqorida ta’kidlab o’tilgan XX asr o’rtalaridagi ushbu holatni “Informatsion 
portlash” deb ham atashadi. Mutaxassislar fikriga ko’ra, 1900 – yilgasha bilimlarning 
to’planishi va rivojlanishi juda sekinlik bilan brogan bo’lsa, 1900 yildan keyin har 50 
yilda 2 baravarga, 1950 yildan keyin har 10 yilda 2 baravarga, 1970 yildan boshlab, 
har 5 yilda , XX asr oxiridan boshlab har yili 2 baravarga ortib bormoqda. Axborot 
inqirozi bir qancha salbiy holatlarni keltirib chiqardi. Ular orasida insonning 
chegaralangan qabul qilish va qayta ishlash imkoniyatlari bilan doimiy ko’payib 
boruvchi axborot oqimlari o’rtasidagi qarama- qarshilik; foydali axborotlarni 
o’zlashtirishga halal beruvchi ulkan ortiqcha axborot massasining mavjudligi; axborot 
tarqalishiga xalaqit beruvchi iqtisodiy, siyosiy va boshqa to’siqlarning 
mustahkamlanishi muammolarini ajratish mumkin. Axborotlashgan jamiyat 
vazifalaridan biri – inqiroz oqibatlarini yumshatishdan iborat. 
O’zbekiston Respublikasining 

Yüklə 272,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin