2- mavzu. Axborotning jamiyatdagi o‘rni va ahamiyati reja: Axborotlashgan jamiyat tushunchasi, mazmun-mohiyati. Axborot inson hayotining ajralmas qismi



Yüklə 272,33 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/5
tarix15.06.2023
ölçüsü272,33 Kb.
#131068
1   2   3   4   5
2-мавзу матни

Jamiyatni axborotlashtirish – yuridik va jismoniy shaxslarning axborotga 
bo’lgan ehtiyojlarini qondirish uchun axborot resurslari, axborot texnologiyalari 
hamda axborot tizimlaridan foydalangan holda sharoit yaratishning tashkiliy ijtimoiy 
iqtisodiy va ilmiy – texnikaviy jarayonidir. 
Jamiyatni axborotlashtirish jarayoni quyidagi qator muammolarning hal 
etilishini talab etadi: 
1. Hisoblash texnikasi vositalarini jamiyat faoliyatinin barcha tarmoqlariga tadbiq 
qilish. 
2. Jamiyat a’zolarini hisoblash texnikasi 
vositalaridan 
samarali 
foydalanishga o’rgatish. 
3. Jamiyat a’zolarining turli xil ehtiyojlarini qondirishda axborot resurslaridan 
to’la va samarali foydalanishlarini ta’minlash. 
Jamiyatni axborotlashtirishda axborot zaxiralari muhim rol o’ynaydi. Uni talqin 
etish va muhokama qilish axborotlashgan jamiyatga o’tish davri haqida gap borgan 
davrdan davom etib keladi. Bu masala bo’yicha ko’plab nashrlar e’lon qilingan
ularda turli fikrlar, tushunchalar o’z aksini topgan. 
Boshqaruv qarorlarini qabul qilish jarayoni ma’lumotlarning ulkan oqimida 
axborotlarni ko’rib chiqish, tahlil etish va oqilona foydalanishni ko'zda tutadi. 
Axborotlarni tanlash ancha mehnat talab qiladigan, ya’ni qimmat turadigan 
jarayondir. 
Hozirgi kunda axborot resurslari murakkab va ko'pqirrali obyekt sifatida 
namoyon bo’lib, uni quyidagi parametrlar bilan izohlash mumkin: 
· 
axborotlarning mazmuni; 


· 
axborotga bo’lgan mulkchilik shakli: jamoatchilik mulki, davlat mulki
jamoa tashkilotlari mulki, yuridik shaxs mulki, jismoniy shaxs mulki; 
· 
axborotlarga kirish imkoniyatlari: ochiq, yopiq, maxfiy, tijorat siri, 
xizmat siri, kasbiy sir; 
· 
axborotlarni taqdim etish shakllari: matn hujjatlari, obzorlar, 
tarkiblashtirilgan ma’lumotlar – ma’lumotlar ombori, ma’lumotlar banki. 

Yüklə 272,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin