Tabiatshunoslik tushunchalari umumiy muhim belgilari bilan birlashtirilgan
obyektlar, hodisalar, jismlarning butun guruhi to'g'risidagi umumlashgan bilimlardir.
Chunonchi, «o'simliklar» tushunchasiga barcha o'simliklar uchun umumiy bo'lgan
muhit belgilari bilan bir guruhga birlashtirilgan har xil narsalar kiradi. Ularning hammasi o'sadi,
rivojlanadi, nafas oladi, ko'payadi, ya'ni tirik organizm hisoblanadi.
Tushunchalarni tasavvurlardan farq qila bilish kerak.
Tasavvursezgi organlar faoliyatining, xotiraning yoki tasawur qilishning mahsulidir.
Tushuncha tafakkur mahsuloti hisoblanadi. Tushunchalar qabul qilinadigan va tasawur
etiladigan narsalar ustida fikr yuritish natijasida vujudga keladi. Masalan, qushni tasavvur qilish
uchun unga qarash kifoya. O'sha qush to'g'risida tushuncha hosil qilish uchun esa aniq bilimlar
va ularni tizimlashtirish bo'yicha fikrlash kerak bo'ladi.
Qabul qilish va tasavvurlar ayrim narsalarning qiyofasidir. Tushunchalar esa o'zida
butun narsalar sinfiga taalluqli umurn-lashgan mazmunni aks ettiradi. Masalan, «barg»
tushunchasi daraxt, buta, o't o'simliklarda o'sadigan hamma barglarga taalluq-lidir.
Tasavvurlar tushunchalarning sezgili asosi hisoblanadi, biroq tasavvurlar bifan
tusbunchalar o'rtasida keskin chegara yo'q. Tasavvurlar narsalarning muhim xususiyatlarini
tobora ko'proq aks ettirib borishi bilan umumlashadi hamda tushunchalarga aylanadi. Ayni
vaqtda tushuncha o'z-o'zidan vujudga kelmaydi. U yokibunarsa yoxud tabiat obyektlari to'g'risida
tasawurlarning bo'lishi ular to'g'risidagi tushunchadan dalolat bermaydi. Tushuncha ko'pgina
ayrim hodisalarning muhim belgilarini umum-lashishi sifatida hosil bo'ladi.
1-, 2- sinflarda o'quvchilar «Atrofimizdagi olam» fanidan umumiy tabiatshunoslik
tushunchalarini oladilar. Kelgusi sinflarda ular tajribalar o'tkazish, kuzatishlar, ekskursiyalar,
amaliy ishlar vaqtida tabiat to'g'risida aniq tushunchalarga ega bo'ladilar.