Elektronga moyillik – Em Normal atomga bitta elektron kelib birikkanda ajralib chiqadigan energiyaga ayni elementning elektronga moyilligi deyiladi. Davr va guruhlarda elementlarning ionlanish potentsiallari qiymatlarining o’zgarishi. Elementning elektronga moyilligi qanchalik katta bo’lsa, ayni elementning metallmaslik xossasi shuncha kuchli namoyon bo’ladi. Shunga ko’ra elementlar davriy sistemasida davrlarda chapdan o’ngga o’tgan sari elementlarning elektronga moyilligi ortib, gruppalarda esa elektronga moyillik yo’qoridan pastga tushgan sari kamayib boradi. Uni grafik ko’rinishda quyidagicha tasvirlash mumkin:
Elektronga bo’lgan moyillik ham davriy o’zgaruvchan xossa bo’lib u davriy sistemaning VII gruppa yonaki gruppachasida, eng kami esa inert azlar va ishqoriy yer metallarida bo’ladi.
Nisbiy elektromanfiylik – NEM. Kimyoviy bog’lanish hosil bo’lishida elektronni borish yoki biriktirib olish xususiyatini ko’rsatuvchi kattalikdir.
Malliken elektromanfiylikni ionlanish potentsiali + elektronga moyillik yig’indisiga teng deb tushintirdi.
I+E=Elektromanfiylik.
Bunda Malliken va Poling shkalalari mavjud. Poling shkalasida litiy atomining nisbiy elektromanfiyligini 1 ga teng deb qabul qilgan.
Elementlar davriy sistemasidagi elementlarning metallik va metallmaslik xossalarini tushuntirish uchun 1927 yilda Poling tomonidan nisbiy elektromanfiylik (NEM) qiymatlari tushunchasi kiritildi. Elementlarning NEM lari jadvalda shkala tarzida berilgan, bu shkalaga Poling shkalasi deyiladi. Bundan asosan kimyoviy bog’lanishlarni o’rganishda keng foydalaniladi. Elementlarning NEM lari davrlarda chapdan o’ngga o’tgan sari ortib (asosiy guruh elementlari uchun), gruppalarda esa yuqoridan pastga tushgan sari NEM lar qiymati kamayib boradi. Uni grafik ko’rinishda qyidagicha ko’rsatish mumkin:
Li - - > Be - - > B - - > C - - > N - - > O - - >F.
1,0 1,5 2,0 2,5 3,0 3,6 4,13 Na 0, 97 K 0,85 Rb 0, 86 Cs 0, 86
Atom radiusi: Davriy sistemada atom radiusi davrlarda chapdan o’nga kamayadi, Guruhlarda esa yuqoridan pasdga qarab ortadi.