Elementlarning davriylik xossalari. Davriylik davriy sistemadagi elementlarning fizikaviy va kimyoviy xossalaining sistemadagi o’rnini o’rganish bilan kuzatiladi.
Bunda elementlar nomerining davriy ravishda ortib borishi natijasida ularning xossalarining davriy ravishda o’zgarishi isbot qilindi. Atom tuzilishi haqidagi nazariyalarning rivojlanishi uning fizik tabiatini tushintirdi, hamda elektron konfiguratsiyalarning oshib borishi, bosh kvnt sonining ortishi davriy ravishda o’zgarishi kuzatildi. Elementlarning xossalari ularning atomlari elektron konfiguratsiyasiga bog’liq ekan demak bunda davriylik albatta borligi seziladi. Xossa-tartib nomeri diagrammasini ko’rsak unda minumim va maksimumdan iborat bo’lgan davriylikni ko’ramiz. Davriylik oddiy holda erkin atomlarning xossalarining o’zgarishida, murakkab holda esa gaz holatdagi, eritmalardagi zarrachalardan kimyoviy birikmalar hosil bo’lishida ko’rish mumkin. davriylikning klassik misoli sifatida oddiy moddalar atomlari hajmining, ion radiuslarining, oksidlanish sonlarining, tartib nomeriga davriy ravishda bog’liqligini aytish mumkin. elektron konfiguratsiyalarga bog’liq bo’lgan xossalar-ionlanish potentsial, elektronga moyillik, elektromanfiylik ham davriy xarakterga ega.
1915 yil Biron tomonidan davrlarda xossalarning monotionsiz o’zgarishi ya‘ni ikkilamchi davriylik bo’lishi mumkinligini fanga kiritdi. Rasmda 4 gruppa yonaki monotonli va monotonsiz o’zgarishlar kursatilgan. Monotonsizlikning sababi 3d elektronlaridan 4S elektronlarning ekranga etilishi hisobiga germaniy elementining effektiv zaryadining oshishidir.
Yuqoridan bayon qilingan fikrlardan xulosa sifatida elementlar davriy sistemasida metallar va metalmaslarning kimyoviy aktivligining hamda oksidlar va gidroksidlar kislota-asoslik xossalarining davrlar va guruhlarda o’zgarish qonuniyatlarini quyidagi sxemada ko’rsatish mumkin:
Davrlarda chapdan o’nga o’tgan sari
oksidlovchilik xossasi ortadi;
elektronga moyillik ortadi;
metalmaslik xossa ortadi;
nisbiy elektromanfiylik ortadi;
oksid va gidroksidlarning kislota kuchi ortadi, asos xossasi kamayadi.