Issiqlikenergetikasi. 60-yillarda respublikada elektr energiyasi hosil qilishni ko‘paytirish asosan gazda ishlaydigan yirik IES larni ishga tushirish yo‘nalishida olib borildi. Yirik GES va IES lar qurilishi natijasida O‘zbekiston energetika sistemasining jami quvvati 2002 yilda 11,3 mingMVt ga etdi. Respublikadagi eng yirik IES lar to‘g‘risidagi ma’lumotlar 2-jadvalda keltirilgan. O‘zbekiston elektr energetika sistemasi yiliga 47-48 mlrd. kVsoat elektr energiya ishlab chiqarmoqda, shundan 90 foizi IES larning hisobiga bo‘lmoqda. Bu aholi jon boshiga deyarli 2000 kVtsoat to‘g‘ri keladi, demakdir. Taqqoslash uchun aytib o‘tish joizki Norvegiyada bu raqam 25000 kVtsoat, AQSh da esa 14000 kVtsoat.
2-jadval
Nomi
O‘rnatilganquvvatlar, MVt
Turboagregatlarsoni
Qurilgan yillari
Joylash-gan shahar
Izoh
SirdaryoGRES
3000
10
1972-1981
Shirin
YangiAngrenGRES
1800
6
1985-qurilish davom etmoqda
Nurobod
Loyiha quvvati 2400 MVt
ToshkentGRES
1860
12
1963-1971
Toshkent
Navoiy
1250
11
1963-1981
Navoiy
AngrenGRES
484
8
1957-1963
Angren
TaxiatoshGRES
730
5
1961-1990
Taxiatosh
TolimarjonGRES
----
--
1984 yil
Nuriston
Loyiha quvvati 3200 MVt
Jahon elektr energetikasining asosiy ko‘rsatkichlari. Hozirgi paytda jahon elektr energitikasi o‘zining rivojlanish bosqichida 4-bosqichga-muqobil energetikaga o‘tmoqda, ya’ni mavjud an’anaviy elektr energetikasidan (AES, IES va GES) muqobil energetikasi sohasi ajralib chiqmoqda. Uning miqdori bugungi kunda nisbatan kam bo‘lsa ham (umumiy energiyaning 1 % qismi atrofida) yil sayin intensiv ortib bormoqda. Muqobil energetikaga o‘tishning asosiy sababi Yerning mavjud tabiiy yonilg‘i zahiralari cheklanganligidir.Bugungi kunda jahondagi barcha elektr stansiyalarining (issiqlik elektr stansiyalari, gidroelektr stansiyalar va atom elektr stansiyalar birgalikda) umumiy quvvati 3000 GVt atrofida bo‘lib, bu stansiyalar bir yilda 23 536 mlrd. kVt soat elektr energiyasi ishlab chiqarmoqda. Elektr energiyasini ishlab chiqarish usullari va uning miqdori bugungi kunda quyidagicha: