2- mavzu. Marketing tamoyillari, vazifalari, funktsiyalari va turlari



Yüklə 318,41 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/6
tarix13.04.2023
ölçüsü318,41 Kb.
#97347
1   2   3   4   5   6
2-mavzu. Marketing

3. Sotish funktsiyasi orqali tovarni taqsimlash va sotish siyosatini ishlab 
chiqish, savdo-taqsimot tarmog’i orqali sotuvni tashkil etish, yuk tashishni va 
omborga joylashtirishni tashkil etish, tovar aylanmasini aniqlash, taqsimot tizimini 
fizik oqimlarini nazorat qilish va sotishni tahlil etish o’rganiladi. 
4. Tovarni siljitish funktsiyasi natijasida sotishni rag’batlantirish va reklama 
siyosatini ishlab chiqish; sotishni rag’batlantirishni samarali instrumentlarini 
asoslash; tovarni siljitish to’g’risida multimedia texnologiyalarini asoslash; ichki 
firma reklamasini tashkil etish; sotuv ishlarini rag’batlantirish; pablik rileyshnzni 
tashkil qilish va boshqalar to’liq o’rganiladi. 
5. Narxni tashkil etish funktsiyasi orqali narxni shakllanish strategiyasi va 
taktikasini ishlab chiqish; sotuvni har bir bozori uchun har bir mahsulot uchun 
yashash davrini turli bosqichlarida narx matritsasini tuzish; joriy narxlar o’zgarishi 
mexanizmini tuzish; raqobatchi narxini tahlil qilish; yangi mahsulot uchun narx 
belgilash kabilar hal etiladi. 
6. Marketing-menejment funktsiyasi esa marketingni boshqarishni tashkil 
etish; nazorat qilish, marketing xizmatini tashkiliy tuzilishini ishlab chiqish, 
marketing faoliyati tizimida boshqaruv qarorlarini optimallashtirish, audit, 
marketing xizmati faoliyati samaradorligini baholash kabilarni o’rganadi.
Marketing funktsiyalari firmani boshqa funktsiyalari, ya’ni ishlab chiqarish, 
kadrlar, moddiy texnika ta’minoti, moliyaviy, buxgalteriya hisobi funktsiyalari bilan 
birga amalga oshiriladi. 
Marketingning funktsiyalari xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning boshqa 
funktsiyalaridan farqi shundan iboratki, marketing funktsiyalari xo’jalik yurituvchi 
sub’ektlar, uning iste’molchilari, mijozlari o’rtasida ayirboshlash jarayonini amalga 
oshirish va tashkil etishga qaratilgandir. Shuning uchun ham marketing funktsiyalari 
doimo o’zgarib boradigan ehtiyoj hamda talabni shakllanishi, yaratilishi va 
rivojlanishiga ta’sir etadi. 

Yüklə 318,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin