2- mavzu. Marketing tamoyillari, vazifalari, funktsiyalari va turlari



Yüklə 318,41 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/6
tarix13.04.2023
ölçüsü318,41 Kb.
#97347
1   2   3   4   5   6
2-mavzu. Marketing

Konversion marketing - salbiy talabni bosib o’tishga yordam beradi, ya’ni yo’q 
joyda talabni vujudga keltiradi, bunga ishontirish va tovar to’g’risidagi yolg’on 
ma’lumotlarni inkor etish orqali erishiladi. Masalan, urushdan keyingi yillarda 
sotuvda, sanoatda ishlab chiqilgan mayonez paydo bo’ldi. Xaridorlar buni tezda 
qabul qilmadilar. Faqatgina reklama vositasi bilangina mahsulotga talab vujudga 
keltirildi va taklif muvozanatlashtirildi. 
Rag’batlantiruvchi marketing - talabni uyg’otadi, tovarlar xaridorni 
qiziqtirmasa va bugungi kunda o’z qiymatini yo’qotgan bo’lsa, tovarlar noto’g’ri 
joylashtirilgan bo’lsa va boshqa bir necha hollarda talab mavjud bo’lmasligi 
mumkin. Bunday sharoitda rag’batlantiruvchi marketingning maqsadi iste’molchi 
bilan tovar o’rtasida foydali o’zaro aloqa o’rnatishdan, imkoniyatlarni yaratishdan 
va shunday qilib, talabni yaratishdan iboratdir. 
Potentsial talab mavjud, uni real talabga aylantirish kerak. Bu sharoitda 
Rivojlanuvchi marketing turidan foydalaniladi. Potentsial talabni real talabga 
aylantirish uchun birinchi navbatda yangi tovarlar yaratish ustida ishlash kerak, 
ya’ni talabni yangi sifat darajasida qondirishga erishish kerak. Rivojlanuvchi 
marketing - yashirin talabni qamrab oluvchi va uni real talabga aylantiruvchidir. 
Talabning pasayishi turli davrlarda har qanday tovar duch keladigan hodisa. Bu 
holatda Remarketingdan foydalaniladi. Remarketingning maqsadi talabni tiklash 
zarurligini bildiradi, ya’ni tushib borayotgan talabni jonlantirishdir. 
Talab o’zgarib turadi, talabni stabillash kerak. Bu holatda Sinxromarketing 
turidan foydalaniladi. Sinxromarketing - tebranib turuvchi talabni nisbatan 
barqarorlashtirishga va uni tartibga solishga yordam beradi. Bunday talab mavsumiy 
va boshqa tebranishlar bilan xarakterlanadi. Buning natijasida tovar taklifi talabga 
to’g’ri kelmaydi. SHuning uchun sinxromarketingning strategiyasi talab va taklif 
me’yorini tekislashdan iborat. 
Talab firmaning imkoniyatlariga aniq javob beradi, talabning bir tyokisda 
bo’lishiga erishish kerak. Bu sharoitda Qo’llab-quvvatlovchi marketing turidan 


foydalaniladi. Qo’llab-quvvatlovchi marketing - tovarlar va xizmatlar assortimentini 
to’ldirish, yangilash va narxlarni pasaytirish orqali mavjud bo’lgan talab va ehtiyoj 
darajasini saqlab qolishga imkon beradi. 
Talab haddan tashqari yuqori, talabni pasaytirishga erishish lozim. Bu holatda 
Demarketing turidan foydalaniladi. Demarketing maqsadi narxni ko’tarish, servisni 
qisqartirish yo’li bilan talabni vaqtinchalik yoki surunkasiga pasaytirishdan iborat. 
Nosog’lom talab sog’liq uchun zararli bo’lgan tovarlarga nisbatan paydo 
bo’ladi. Bunda Qarama qarshi harakatlanuvchi marketing noratsional ehtiyojlarni 
qondiruvchi talab va xizmatlarga bo’lgan talabni kamaytirish yoki butunlay yo’q 
qilishga xizmat qiladi. Bunga antireklama vositasida erishiladi. 

Yüklə 318,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin