2 – mavzu: Ontologiya, gnoseologiya va ongfalsafasi



Yüklə 251,21 Kb.
səhifə1/16
tarix05.12.2023
ölçüsü251,21 Kb.
#173872
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
2-mavzu


2 – mavzu: Ontologiya, gnoseologiya va ongfalsafasi.
Reja:

  1. Borliq tushunchasining mohiyati, ma’nosi va turlari.

  2. Materiya tushunchasi xususiyatlari va shakllari.

  3. Antropologiya – inson to’g’risidagi fan.

  4. Bilish voqelikning inikosi.

  5. Ong va ijtimoiy ong.



Tayanch so`zlar:
Inson, bilish, materiya, fazo, cheksizlik,odam evolutsiyasi, mantiqiy bilish, ong, ijtimoiy ong.

Olamni falsafiy anglash falsafaning doimiy dolzarb muammosi bo‘lib kelgan. Falsafa o‘rganadigan qaysi bir masalani olmaylik, u borliq muammosi bilan aloqadordir. Chunki, borliq muammosi falsafadagi har qanday dunyoqarash va metodologik muammolarning asosi hisoblanadi. Olamni falsafiy tushunishning asosida “borliq”, “materiya”, “ong” singari boshlang‘ich falsafiy kategoriyalar tahlili turadi. Bu kategoriyalar mazmunining qanday talqin qilinishiga qarab borliq haqidagi u yoki bu falsafiy konsepsiya(ta’limot)ning xususiyatlari farq qiladi. Darhaqiqat, turli dunyoqarashlar o‘rtasidagi bahslar borliq muammosi atrofida yuzaga kelayotgan tortishuvlarga, ya’ni borliq azaldan mavjudmi, yoki u mutlaq ruh yoinki ilohiy qudrat tomonidan yaratilganmi, degan masalaga borib taqaladi. Falsafa ilmining borliq va uning rivojlanishi qonuniyatlarini, muammolarini o‘rganadigan nazariy tarmog‘i va bilimlari sohasi ontologiya deb ataladi va u o‘zining kategorial statusiga egadir. Ontologiya so‘zi yunoncha ontos (mavjudlik) va logos (ta’limot) so‘zlarining birikmasidan tashkil topgan bo‘lib, «mavjudlik haqidagi ta’limot», ya’ni borliq haqidagi fan ma’nosini ifodalaydi. Bu atama fan tarixida birinchi bor 1513 yil R.Gokleniusning «Falsafa lug‘ati»da, so‘ngra, X.Volf (1679 -1754)ning falsafaga oid darsligida qo‘llanilgan.


Ushbu kategoriyalarda o‘z ifodasini topgan qonuniyatli aloqadorliklarni bilib olish olam va undagi xodisalarni falsafiy idrok etishga yordam beradi.
Borliqning o‘zi nima? Bu savolga javob berish uchun borliqning inson va insonlar hayoti bilan bog‘liq ildizlariga nazar tashlashga to‘g‘ri keladi. Kishilar qadimdan o‘zlarini qurshab turgan tabiat va jamiyat, inson va insoniyat haqida o‘ylar ekan, atrofida sodir bo‘lib turgan narsalar va hodisalarni, o‘zgarishlarni kuzatishgan. Ba’zi narsalar hozir mavjud, keyinchalik esa yo‘qolib ketadi, kecha yo‘q bo‘lgan ba’zi narsalar esa bugun paydo bo‘ladi. Shular asosida kishilarda mavjudlik va yo‘qlik haqida tasavvurlar, qarashlar vujudga kelgan.
Kishilar o‘zlarining ham dunyoga kelishi (tug‘ilishi), yashashi va nihoyat vafot etishi (o‘lishi), «yo‘qlikka aylanishi» haqida o‘ylay boshlashadi. Shu asosda kishilarning «bu dunyo» va «u dunyo» (narigi dunyo), ya’ni odamning vafotidan so‘ng uning ruhi ko‘chib o‘tadigan «dunyolar» haqidagi tasavvurlari paydo bo‘lgan. Kishilar o‘zlarining kundalik tajribalari asosida atrofidagi dunyoning hozir mavjudligi, o‘zlari tug‘ilmasdan ilgari ham mavjud bo‘lganligiga va keyinchalik ham mavjud bo‘lib qolishiga ishonishgan. Shu tarzda ularda «borliq» va «yo‘qlik» haqida tasavvurlar shakllangan.
Borliq turli konsepsiyalarda turlicha talqin etiladi. Ayrim tadqiqotchilar uni muayyan moddiy jism, moddiy borliq sifatida tushuntirishadi, boshqalar esa uni g‘oyaviy, ma’naviy, ruhiy, ilohiy mohiyat shaklida tushunishadi. Abu Nasr Foro­biy yagona borliqni 6 bosqichdan iborat deb hisoblagan: 1-ilk sabab (sababi-avval) - xudo; 2-sabab - (sababi- soniy) - samoviy jismlar borlig‘i; 3-sabab - faol aql (al-aql al-faol); 4-sabab - jon (an-nafs); 5-sabab - shakl (as-surat); 6-sabab - modda (al-modda)1. Bu bosqichlar bir-biri bilan sababiy bog‘langan bo‘lib, ular barcha mavjudlikning boshlang‘ichi hisoblanadi.
Borliq tushunchasiga qarama-qarshi tushuncha - bu yo‘qlikdir. Agar borliq tushunchasi nimaningdir mavjudligini ifodalasa, yo‘qlik tushunchasi esa o‘sha joyda nimaningdir mavjud emasli­gini anglatib, «nima»ning aksi bo‘lgan «hech nima»ni aks ettiradi. Borliq, yuqorida qayd etganimizdek, absolyut mazmunga ega bo‘lib, muayyan (konkret) narsalar shaklida va nisbatan muayyan sifatiy holda mavjud bo‘lgan yaxlit ob’ektiv va sub’ektiv reallikni o‘ziga qamrab oladi.
Yo‘qlik esa nisbiy mazmundagi tushuncha bo‘lib, qaerdadir yoki nimadadir, nimaningdir ayni paytda mavjud emasligini ifodalaydi. Masalan, yo‘qlik deb o‘tmishdagi va kelajakdagi hodisalarning hozirgi zamonda (ayni shu vaqtda) yo‘qligini aytishadi. Bugungi hodisa kecha hali yo‘q edi, ammo potensial (imkoniyatdagi) borliq sifatida mavjud edi. Ertangi hodisa ham hozircha yo‘qlik, ammo potensial borliqdir. Biz o‘tmishni bugungi kunda qoldirgan iziga qarab, kelajakni esa bugungi hodisalardagi o‘zgarish sur’ati (tempi) va tendensiyalariga qarab baholaymiz. Bugungi voqelik ertaga yo‘qlikka aylanadi, ko‘pgina tirik jonivorlar ertaga o‘lik bo‘ladi, ya’ni hayot o‘limga aylanadi. O‘lim - bu hayotning yo‘qligidir. Olingan individning hayotiy borlig‘i u o‘lgach, yo‘qlikka aylanadi. Ammo, uning qoldiqlari, tanasi birdan yo‘qolmasligi mumkin. Ular ham yo‘qolgach, odamlar xotirasida uning siymosi qolishi mumkin. Xullas, absolyut (mutlaq) yo‘qlikning o‘zi yo‘qdir. Yo‘qlik shu ma’noda nisbiy mazmun kasb etadi.
Yo‘qlik(hech nima)ni gnoseologik ma’noda ham tushunish mumkin. Biz yo‘q deb hisoblagan ob’ektlar hozircha bizning fikr doiramizdan (bilish chegarasidan) chetda qolgan bo‘lishi ham mumkin. Voqelikning muayyan joyida ma’lum bir sinfga mansub ob’ektlar, ularning munosabat va aloqadorliklarining uchramasligini ham yo‘qlik deyish mumkin. Masalan, fizik vakuumda bizga ma’lum bo‘lgan biror fizik ob’ekt uchramaydi. Aslida, u joyda ham biz hali bilmaydigan shakldagi gipotetik olamlar va ularning o‘ziga xos bo‘lgan xususiyatlari, qonuniyatlari mavjuddir. O‘tgan asrlarda elektromagnit maydoni, ko‘pgina elementar zarrachalarning mavjudligi haqidagi tasavvurlar yo‘q edi. Aniqrog‘i, biz ularning mavjudligini bilmas edik. Ular biz uchun «yo‘qlik» hisoblanar edi. Mana shunga «borliq va yo‘qlikni gnoseologik tushunish» deyiladi.

Yüklə 251,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin