Mavzu nomini aytadi. Doskaga yangi mavzu nomi, rejasi, adabiyotlarni yozadi. Mashg’ulo’lning maqsad va natijalari bilan tanishtiradi.Mavzu rejasi bo’yicha ma’lumotlarni beradi. Baholash mezonlari bilan tanishtiradi(ilova №1).
Tinglaydilar. Yangi mavzu nomi, rejasi, adabiyotlarni daftarlariga yozadilar.
2- asosiy bosqich. (135daq.)
2.1 Tayanch bilimlarni aniqlash va rivojlantirish: O’quvchilarni faollashtirish maqsadida aqliy hujum o`tkazadi (ilova №2), o`quvchilarni mavzuga qay darajada tayyorgarlik ko`rganliklarini va mavzu bo`yicha ilk fikrlarini bilib oladi hamda o`quvchilarni faollashtiradi. O`qituvchi ushbu mavzu bo`yicha o`quvchilarga “Ko`rgazmali namoyish” usulini qo`llab tibbiy hujjatlarni yuritishni bajarib ko`rsatadi. O`qituvchi o`quvchilarni guruhlarga bo`ladi va “Mashq” usulini qo`llaydi. Usul qo`llanishi haqida yo`riqnoma beradi va o`quvchilarni faol ishtirok etishlari talab etadi. O`quvchilarga tibbiy hujjatlarni namunalarini tarqatadi. (ilova №3). Kichik guruhlarga bo`lib, mavzu bo`yicha mashq usulini qo`llaydi va usul bilan tushuntiradi. Navbatdagi bajaradigan mashq yuzasidan vazifalar ketma-ketligini aniqlab, uni bajarish qoidasi, baholash mezoni bilan tanishtiradi. Мashqni bajarish yuzasidan tegishli ko`rsatmalar beradi: mustaqil ishni bajarish tartibi va ketma-ketligini tushuntirib beradi, zarur holatlarda ko`rsatib beradi. O`quvchilar vazifani qanday bajarish kerakligini, qay darajada tushunganliklarini aniqlash uchun quyidagicha savollar beradi: mashq bajarishni nimadan boshlaysiz? Uni bajarishda qaysi qoidalardan foydalanasiz? O`quv ishini tashkillashtiradi va uni nazorat qiladi. Nazorat davomida har bir o`quvchi mashqni bajarish davomida bilimni qo`llay olishi, ko`nikma va malakasi shakllanganligiga e`tabor qaratadi. Natijalarni tekshiradi va baholaydi. Natijani izohlab mashq bajarishga yakun yasaydi.
Savollarga javob beradilar.
Kuzatadilar va daftarlariga yozib boradilar. Tinglaydilar va kerakli ma’lumotlarni daftarlariga yozib olishadi. O`quvchilar kichik guruhlarda mavzugaoid amaliy ko`nikmalarni bajarilishini mashq qiladilar