2- mavzu. Sinf rahbarining o‘quv faoliyati samaradorligini oshir
2.O’quvchilarning o‘quv samaradorligini oshirish usullari haqida ma’lumot berish Sinf rahbari quyidagi vazifalarni bajaradi: O‘ziga yuklatilgan sinfdagi tarbiyaviy ishlarni amalga oshiradi. Bu vazifani bajarayotgan u yolg‘iz emas, shu sinfda dars berayotgan turli fan o‘qituvchilari bilan yaqin hamkorlikda va ularga suyangan holda o‘quvchilarda milliy dunyoqarash asoslarini shakllantiradi, axloqiy tarbiyasini rivojlantiradi. O‘quvchilarning darsdan tashqari tadbirlarini tashkil etadi va sinf jamoasini mustahkamlaydi.
O‘quvchilarning bilimga bo‘lgan qiziqishi va qobilyatini o‘stirish, har bir o‘quvchining indivudial ruhiy xususiyatlarini hisobga olgan holda kasbga yo‘naltirish va hayotiy maqsadlarini shakllantirish sinf rahbarining alohida vazifasidir. Ayni paytda u har bir o‘quvchining sog‘ligini mustahkamlashga ham katta e’tibor beradi.
Sinf rahbarining diqqat markazida o‘quvchilarning darsni yuqori o‘zlashtirishlarini ta’minlash masalasi turadi. Buning uchun u har bir o‘quvchining kundalik o‘zlashtirishidan voqif bo‘lib turadi. Orqada qolayotganlarga o‘z vaqtida, kechiktirmay yordam uyushtiradi.
Sinfdagi o‘quvchilarning o‘z-o‘zini boshqarish ishlarini yo‘naltiradi, ular ishtirokida sinf jamoasining ijtimoiy foydali ishlaridagi ishtirokini ta’min etadi, maktab miqyosida uyushti- rilayotgan muhim tadbirlarda o‘z sinfining faol qatnashishini ta’minlaydi.
Sinf o‘quvchilarining ota-onalari, o‘quv kuni o‘zlashtirilgan guruhlarning tarbiyachilari, korxonalar va muassasalardagi, turar joylardagi otaliqqa oluvchilar bilan yaqin aloqa o‘rnatadi.
Sinf rahbari shu sinfda dars berayotgan barcha fan o‘qituvchilari o‘rtasida o‘quvchilarga nisbatan yagona talablar o‘rnatilishiga erishadi, ota-onalarga pedagogik bilim tarqatib, oila bilan maktab o‘rtasidagi aloqani mustahkamlaydi.
Sinf rahbarining axloqiy obro‘si nihoyat darajada yuqori bo‘lishi ham bu o‘rinda muhimdir. Ana shundagina u tarbiyaviy ta’sirga ega bo‘ladi. Tarbiyachining shaxsiy fazilatlari, ma’naviy qiyofasi o‘quvchilar ongining va xulqining shakllanishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Sinf rahbari uchun malaka va ko‘nikmalarga ega bo‘lishining o‘zi yetarli emas. U o‘z tarbiyaviy faoliyatida yuksak darajadagi insonparvarlik fazilatlari, o‘z ishiga sadoqati, inti- zomi, odamiyligi, axloqiy sifatlari bilan ham ta’sir o‘tkazadi. Chunki tarbiyachilik qobiliyati juda ko‘p sifatlarni: chuqur bilim, keng fikrlilik, ishga jon-dildan ko‘ngil qo‘yish, bolalarga bo‘lgan cheksiz muhabbat, muomala, nazokatlilik, qalb yoshli- gi, serzavq, oqil va adolatlilik namunasi, alohida nazokat, sipolik va vazminlik kabi fazilatlarning bo’lishini taqozo qiladi. Tarbiyachilik texnikasi sinf rahbarining asosiy qurolidir. Sinf rahbari pedagoglar, ota-onalar va o‘quvchilarni o‘zaro bog‘lovchi shaxs sifatida barcha tomonlarning nuqtayi nazarini hisobga olishi, harakatlarini bir markazga birlashtirishi, o‘zaro aloqalarning to‘g‘ri bo‘lishiga ta’sir o‘tkazishi va ayni vaqtda o‘zining g‘oyasini aniq ifoda eta olishi kerak. Mana shu fazilatlar sinf rahbarining tarbiyaviy ishlari samarasini oshirishga va uning muvaffaqiyatini ta’minlashga yordam bo‘ladi.
Sinf rahbari o‘quvchilarga puxta bilim berishga, ularning fikrlash qobilyatini faollashtirishga hamisha g‘amxo‘rlik qilib boradi. Hatto o‘zlashtirishi yuqori bo‘lgan sinflarda ham bolalarda ilmga bo‘lgan qiziqish va muhabbatni o‘stirishga, ta’lim sifatini oshirishga harakat qilish zarur. O‘qish jarayonida bolalarda meh- natsevarlik, diqqatni, matonat kabi sifatlarni tarbiyalash bilimni muvaffaqiyatli o‘zlashtirishga yordam beradi.
Sinfda asosiy ishlarni yo‘lga qo‘yadigan, o‘quvchilarning birinchi tarbiyachisi va murabbiysi sinf rahbaridir. Maktab rahbari tajribali va obro‘li o‘qituvchilardan sinf rahbari tayinlaydi. Unga bolalar hayotini yo‘lga qo‘yish, jamoani uyushtirish va uni tarbiyalash mas’uliyati, sinfda o‘quv-tarbiya ishlariga javobgarlik yuklanadi. U tarbiyachi sifatida O’quvchilarni har tomonlama kamol topishi to‘g‘risida, ularni mehnatsevarlik, ruhida tarbiyalash to‘g‘risida, o‘quvchilar bilimini oshirish va sinfda tartib- intizomni mustahkamlash to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qiladi. Sinf rahbari bu ishlarning hammasini havaskor kishi sifatida emas, balki rasmiy, mas’ul shaxs sifatida bajaradi. U maktab rahbarlari oldida, xalq maorifi tashkilotlari oldida o‘ziga topshirilgan sinfda g‘oyaviy-siyosiy ishlarning ahvoli uchun, tarbiyaviy ishlarning mazmuni va yo‘lga qo‘yilishi uchun javobgardir. Sinf rahbarining asosiy vazifasi o‘quvchilarga tarbiya berish va ularni do‘stona bir jamoa qilib jipslashtirishdan iborat. U o‘z sinfida dars berayotgan o‘qituvchilar olib borayotgan o‘quv tarbiya ishlarining xususiyatlarini, ularning o‘quvchilarga qo‘yadigan talablari hamda o‘quvchilar bilan o‘zaro aloqalarini o‘rganadi, ayrim o‘quvchilar xulq-atvori haqida ularga ta’sir ko‘rsatish metodlari haqida o‘qituvchilar bilan fikrlashib turadi.
Sinf rahbari maktab pedagogik jamoasi va pedagogik kengashining a’zosidir. Maktabdagi tarbiyaviy ishlar uslubini o‘rganadigan har bir o‘quvchi, avvalo, quyidagilarni yaxshi o‘rgangan va har jihatdan puxta o‘zlashtirgan bo‘lmog‘i lozim. Ya’ni tarbiyaviy ishlar uslubida umuminsoniy g‘oyalarni, ma’lum maqsadga intiluvchanlikni, tarbiyaning turmush bilan, mustaqilligimizning mohiyati bilan aloqasi, jamoada va jamoa orqali tarbiyalashni, tarbiyalanuvchining shaxsiga qo‘yiladigan talablar va uni hurmat qilish birligini, tarbiyaviy ta’sirning izchilligini, tizimliligi, uzluksizligi, tarbiya o‘quvchilarining yoshiga va individual xususiyatlariga muvofiq bo‘lishini o‘z ichiga oladi. Sinf rahbari qanday sharoitda ishlanmasin, u qanday sinfga rahbarlik qilmasin, butun e’tiborni o‘quvchi shaxsiga, uni har tomonlama kamol toptirishga qaratmog‘i lozim.
Sinf rahbari olib boradigan asosiy tarbiyaviy ishlar quyidagi qismlarga bo‘linadi:
O‘quvchilarni o‘rganish, sinfga rahbarlik qilish sinfning har qaysi o‘quvchisini o‘rganishdan boshlanadi. Buning natijasida o‘quvchilarga individual yondoshishni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan sharoit yuzaga keladi.
Sinf o‘quvchilar jamoasini tashkil etish va tarbiyalash sinf rahbari ishining asosiy qismlaridan biridir. Sinf rahbari o‘quvchilarni inoq va ma’lum maqsadni ko‘zlagan jamoaga jipslashtirar ekan, o‘quv-tarbiyaviy vazifalarini muvaffaqiyatli hal etish uchun zamin yaratadi.
Sinf birdaniga jamoa bo‘lib shakllanib qo‘ya qolmaydi. Sinf rahbari bilan birgalikda faoliyat ko‘rsatish tajribasi to‘plangan taqdirda, faol, ijobiy an’analar barpo etilgan taqdirda, o‘rtoqlik aloqalari rivojlanib mustahkamlangan, umummaktab jamoa bilan to‘g‘ri munosabatlar o‘rnatilgan taqdirdagina sinf jamoa bo‘lib shakllanadi.
O‘quvchilar bilim sifatini oshirish hamda ularning tartib-intizomini mustahkamlash. Bilimlarning yuksak darajada bo‘lishi va ongli intizom sinfda ta’lim-tarbiya ishini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishning eng muhim ko‘rsatkichlaridandir. O‘quvchilarni ongli intizomlilik ruhida tarbiyalash, ularni demokratik jamiyat, turmush qoidalarini ixtiyoriy bajarishga o‘rgatish sinf rahbari faoliyatida katta o‘rin tutadi.
Darsdan tashqari tarbiyaviy ishlarni tashkil etish va ularni o‘tkazish.
Bolalar va o‘smirlar uyushmasi tashkilotlariga yordam ko‘rsatish, ular bilan yaqindan aloqada bo‘lish.
O‘quvchilar ota-onalari bilan ish olib borish.
Maktab tajribasida tarbiyaviy ishlarni tashkil etishning turli usullari tarkib topib, muvaffaqiyatli qo‘llanib kelinmoqda. O‘quvchilar bilan yalpisiga, yakka-yakka va guruhlarga bo‘lib ham ish olib boriladi. Faol o‘quvchilar bilan ish olib borish, o‘z sinfida dars o‘tayotgan o‘qituvchilar bilan, o‘quvchilarning ota-onalari bilan va korxonalar bilan aloqa bog‘lab turish sinf rahbarining tarbiyaviy ish faoliyatida katta o‘rin tutadi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, sinf rahbarining olib boradi- gan ishlarini quyidagicha belgilash mumkin: sinf bilan yalpisiga ish olib borish. Uning o‘ziga xos xususiyati — sinfdagi hamma o‘quvchilarni bir vaqtning o‘zida tarbiyaviy tadbirlarga jalb etish- dan iboratdir. Sinf bilan yalpisiga ish olib boriladigan tadbirlar, odatda, oyiga ikki-uch marta, ba’zan esa, har haftada bir marta o‘tkaziladi.
Sinf rahbari faoliyatida sinf burchagi. Maktabda o‘quvchi- larning o‘qish va o‘qishdan tashqari ish faoliyatlari o‘tadigan asosiy joy shu sinfga biriktirilgan sinf xonasidir. Bu sinf xonasi- dagi sinf burchagini sinf rahbari sinf faollari bilan birgalikda tuzadi. Unda sinf jamoasining asosiy hujjatlari va ishini aks etti- ruvchi materiallar qo‘yiladi. Sinf burchagi sinfning hayoti va faoliyatini, uning yutuq va kamchiliklarini aks ettiruvchi ko‘z- gudir.
Sinf rahbari malakasini oshirish. Endi ish boshlagan sinf rahbarlarigina emas, balki maktabda ko‘p yillardan buyon faoliyat ko‘rsatib kelayotgan tajribali sinf rahbarlari ham o‘z malakalarini oshirishga muhtojdirlar. Sinf rahbari pedagogika va psixologiya asoslari nazariyasini yaxshi o‘rganishi va o‘zlashtirishi, hozirgi pedagogik texnolgiyalarni va metodlarni, kompyuter texnologiyasini mukammal bilmog‘i zarur. Tarbiya masalalariga oid adabiyotlarni muntazam o‘qib borishi kerak.