Muhokama uchun savollar:
1. Turistik firmada mavjud axborot texnologiyalarini tasvirlab bering? (muhokama)
Savol yakuni:
Turistik firmada mavjud avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalarining qanday masalalarni yechishga qaratilganligini tushunib oldik.
6-savol bayoni
6-savol bo‘yicha dars (o‘qituvchi) maqsadi: Hozirgi kunda mavjud axborot texnologiyalarining turlari haqida ma’lumot berish.
6. Axborot - kommunikatsiya texnologiyalari
Telekommunikasiyalar - signallar, belgilar, matnlar, tasvirlar, tovushlar yoki axborotning boshqa turlarini o‘tkazgichli, radio, optik yoki boshqa elektrmagnit tizimlaridan foydalangan holda uzatish, qabul qilish, qayta ishlash;
telekommunikasiyalar tarmog‘i - uzatishlarning bip yoki bir necha turini: telefon, telegraf, faksimil turlarini, ma’lumotlar uzatish va hujjatli xabarlarning boshqa turlarini, televizion va radioeshittirish dasturlarini translyasiya qilishni ta’minlovchi telekommunikasiya vositalarining majmui;
telekommunikasiya vositalari - elektrmagnit yoki optik signallarni hosil qilish, uzatish, qabul qilish, qayta ishlash, kommutasiya qilish hamda ularni boshqarish imkonini beruvchi texnik qurilmalar, asbob-uskunalar, inshootlar va tizimlar;
telekommunikasiyalar xizmatlari - operator va provayderning signallar hamda boshqa axborot turlarini telekommunikasiya tarmoqlari orqali qabul qilish, uzatish, qayta ishlashga doir faoliyati mahsuli;
Axborotli texnologiya tizim sifatida boshqarish subyektida shakllanadi, Shu sababli ham axborot texnologiyasi boshqarish subyektining ustqurmasi hisoblanadi. Axborotli texnologiyaning shakllanishi uchun quyidagi unsurlarning bo‘lishi shart:
Shuning uchun ham axborotli texnologiya boshqarish funksiyalarini ifodalovchi axborotlarni yig‘ish, jamlash, uzatish, saqlash va boshqa jarayonlarni amalga oshiruvchi “inson mashina tizimi” deb yuritiladi. Bu tizimni yaratish uchun bir qator tamoyillar ishlab chiqilgan - axborotli texnologiyani yaratish tamoyillarini umumiy xolda to‘rt qismga ajratish mumkin:
Yuqorida keltirilgan qismlar ichida iqtisodiy-tashkiliy tamoyillar asosiy o‘rinni egallaydi va bu qism tarkibiga quyidagi tamoyillarni kiritish mumkin:
Tizimli yondashish.
Uzluksiz rivojlanish.
Yagona rahbarlik.
Yangi masalalarni yechish.
O‘zaro aloqadorlik.
Ma’lumotlardan ko‘p marta foydalanish.
Axborot texnologiyalarining turlari:
Dostları ilə paylaş: |