2-savol bayoni
2-savol bo‘yicha dars (o‘qituvchi) maqsadi: Umuman kommunikatsiya haqida ma’lumot berish va unda axborot almashuvini tasavvur qilish.
2. Kommunikatsiyada axborot xossalari
Axborot zaxirasining boshqaruv tizimi uchun effektivligi ko‘p hollarda kommunikatsion funksiyani tadbiq etishga bog‘liq, ya’ni boshqaruv tizimi elementlarining bir-biriga va tashqi muhitning axborotiy ta’siriga bog‘liq. Shu bois tashkilot va kommunikatsiya funksiyalarini tadbiq etish texnologiyalari boshqaruv tizimi uchun katta ahamiyatga egadir.
Telekommunikatsiya kompyuter tarmoqlari va zamonaviy texnik aloqa vositalari negizida ma’lumotlarni masofadan uzatishdir.
Kommunikatsiyani tashkillashtirish quyidagi masalalarni yechishni taqozo etadi:
kommunikatsiyani ichki tarkibini aniqlash, ya’ni boshqaruv tizimi elementlari orasidagi informatsiyalarni uzatish kanallarini aniqlash;
kommunikatsiyani tashqi tarkibini aniqlash, ya’ni boshqaruv tizimi elementlari orasidagi axborotlarni uzatish kanallarini aniqlash;
har bir axborotni uzatish kanalining tarkibini va xajmini va uning maxfiylik darajasini aniqlash;
Kommunikatsiya funksiyalarini tadbiq etish texnologiyalarini ishlab chiqish quyidagi masalalarni yechishni taqozo etadi:
axborotni uzatish kanallari uchun kommunikatsion texnik vositalarni tanlash ( tashkiliy talab va moliyaviy zaxiralarni inobatga olgan holda);
kommunikatsion texnikani ishlash tartibini aniqlash;
kommunikatsion texnikani qullash shakllari va xizmat ko‘rsatuvchilarni sonini va tarkibini aniqlash;
kommunikatsion texnikasidan samarali foydalanish maqsadida boshqaruv personalini kvalifikatsion darajasini va tarkibini aniqlash;
Ko‘pgina kommunikatsion texnik vositalar va texnologiyalar uchun yuqorida qayd qilingan masalalarning tekshirilgan yechimlari mavjud (shaxsiy muloqot, majlislarda chiqish qilish va boshqalar). Kommunikatsiya vositalariga quyidagilar kiradi:
statsionar va mobil aloqa vositalari va tizimlari;
telegraf aloqa vositalari va tizimlari;
faksimil va modem aloqa vositalari va tizimlari;
sputnik aloqa vositalari va tizimlari.
Turizm sohasidagi faoliyatning asosiy elementlaridan biri bu axborot bo‘lib, uning barcha bo‘g‘inlarini qamrab olgan. Axborot bilan ishlashda uning aktualligi turizm sohasida yaqqol ko‘rinib turadi. Undagi tezkorlik, aniqlik, ishinchlik, tezkor qayta ishlash va uzatish ushbu sohani boshqaruvini smaradorligini belgilab beradi. Ushbu talablarni qondirish faqatgina zamonaviy axborot texnologiyalarini turizmda qo‘llash orqali amalga oshirish mumkin bo‘ladi.
Umuman olganda, inson o‘zini atrof muhitda ro‘y berayotgan voqea va hodisalar to‘g‘risida o‘z sezgi organlari orqali axborotni olib borliqni his qiladi va unga ma’lum ta’sir ko‘rsatadi. Demak atrofdagi har bir xodisa, voqea axborot manbaidir. Lekin hozirda axborotiy manbalar deganda dunyoda bo‘layotgan voqea va hodisalar to‘g‘risida xabar beruvchi vositalar e’tiborga olinadi. Ularga misol qilib radio, televideniye, gazeta, jurnal, kitob va hokazolarni olish mumkin. Bularni har biri turli yo‘nalishdagi axborotlarni uzatishi mumkin.
Agarda korxonaning iqtisodiy faoliyati ko‘rilayotgan bo‘lsa, unda mehnat resurslari, moliyaviy va moddiy materiallar oqimini boshqarish uchun axborot zarur. Masalan oddiy pul mablag‘larni boshqarish uchun quyidagi axborotlar kerak: qancha mablag‘ bor, qancha va qayerga ishlatildi, mablag‘lar qayerdan keladi, qancha qoldi. Materiallar bo‘yicha esa qancha material (xom-ashyo) qoldi, qayerdan va qancha keladi, qayerga sarflanyapti, buyurtma vaqti va miqdori, ularni olib kelishi masalasi va hokazolar. Mehnat resurslarini boshqarish uchun: xodimlar soni, mutaxassisligi, oylik maoshi, ish joyi, shtati, xodimlar to‘g‘risida ma’lumotlar va boshqalar.
Axborot tushunchasining har xil tahlili informatika fanining muammolaridan biridir. Ushbu hol axborot bilan xabar va ma’lumot tushunchalarining chalkashligidadir. Xabar – axborot tashuvchida aks ettirilgan biron-bir matndir. Axborot tashuvchi – axborotni o‘zida saqlashga mo‘ljallangan obyekt. Ushbu tushunchalarni farqlash uchun quyidagi misolni keltiramiz, masalan, telefon orqali sizga xabar keldi: “Informatika fanidan ochiq darsga taklif qilinasiz”. Ushbu xabar axborotga aylanadi, agarda ushbu xabarni eshitsak, tushunsak va biz ma’lum bir tadbirlarni amalga oshirsak. Boshqa hollarda u xabarligicha qoladi, chunki xabarni qabul qilib olgan iste’molchida hech qanday o‘zgarishlar ro‘y bermadi.
Shundan kelib chiqqan holda quyidagi ta’rifni uchratsa bo‘ladi, axborot – bu olamdagi butun borliq, undagi ro‘y beradigan xodisalar va jarayonlar haqidagi xabar va ma’lumotlardir.
Axborot so‘zi arabcha “axbor” so‘zidan olingan bo‘lib, qaysikim lug‘atiy ma’noda xabar, ma’lumot degani. Ushbu so‘zning lotincha ekvivalenti “informatio” bo‘lib, «tushuntirish», «tavsiflash» degan ma’noni anglatadi. Umuman axborot so‘zi esa ish, voqea-hodisalar haqida tushuncha beruvchi xabar, ma’lumot deb e’tirof etilgan. Axborot inson nutqida, kitobdagi matnlarda, tasvirlarda va boshqalarda mavjuddir.
Axborot bilan quyidagi amallarni bajarish mumkin:
yaratish;
uzatish;
anglash;
foydalanish;
xotirada saqlash;
qabul qilish;
nusxalash;
|
formallashtirish;
tarqatish;
o‘zgartirish;
kombinatsiyalash;
qayta ishlash;
bo‘laklash;
soddalashtirish.
|
to‘plash;
doimiy saqlash;
qidirish;
o‘lchash;
buzish;
|
Bu yerda keltirilgan amallarning qisqacha mazmuni quyidagicha:
- yaratish – ma’lumotlardan axborot barpo etish;
- uzatish – axborotni boshqa manzilga jo‘natish;
- anglash – axborotning mazmunini tushunib olish;
- foydalanish – axborotni biror-bir ehtiyoj uchun ishlatish;
- xotirada saqlash – axborotni esda saqlab qo‘yish ;
- qabul qilish – taqdim etilgan axborotni olish;
- nusxalash – axborotdan olingan ko‘chirma;
- formallashtirish – axborot shaklini belgilash;
- tarqatish – axborotni turli tomonlarga yoyilib ketishi;
- o‘zgartirish – avvalgi ko‘rinishga o‘xshamagan holatga o‘tishi;
- kombinatsiyalash – axborotlarni ma’lum tartibda o‘zaro joylashtirish;
- qayta ishlash – axborotga ishlov berish orqali o‘zgartirishlar kiritish;
- bo‘laklash – butun axborotni bir necha qismga bo‘lish;
- soddalashtirish – axborot tarkibini oddiyroq ko‘rinishga keltirish, ushbu jarayon ma’lum ma’noda katta mahoratni talab qiladi;
- to‘plash – axborotni turli manbalardan olib, bir butun holda yig‘ish;
- doimiy saqlash – vaqt o‘tishi bilan o‘chib ketmaydigan axborot;
- qidirish – zarur axborotni izlashdagi harakat;
- o‘lchash – hajmini yoki katta-kichikligini ifodalaydigan raqam ko‘rsatkichi ;
- buzish –axborot o‘zining sof ma’nosini yo‘qotishi;
Axborot bilan bir qatorda ma’lumotlar tushunchasi ham keng qo‘llaniladi. Axborotlar har qanday korxonalar faoliyatida muhim ahamiyat kasb etadi. Bu axborotlar ma’lum ko‘rinishda qog‘ozlarda yoki magnit disklarda keng foydalanishi mumkin bo‘lgan shaklda saqlanadi va qayta ishlanadi, ularni biz ma’lumot deb bilamiz.
Dostları ilə paylaş: |