2 – Mavzu. Turizmda axborot texnologiyalarining tasnifi-fayllar.org
3-savol bayoni 3-savol bo‘yicha dars (o‘qituvchi) maqsadi: Texnologiya va u bilan bog‘lik bo‘lgan ma’lumotlar va turizm sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan tashkilotlarda mavjud axborot ta’minoti haqida ma’lumot berish.
3. Texnologiyalarning umumnazariy jihatlari
Texnologiya (yunoncha-techne) so‘zidan olingan bo‘lib, mohirlik, ustalik, san’at yoki bir ishni uddalay olish demakdir, bu esa jarayondan boshqa narsa emas. Bu aniq bir jarayonga nisbatan qo‘llaniladi. Jarayonlar esa odamlar tomonidan tanlangan va belgilangan strategiya asosida va turli vositalarni, usullarni qo‘llab amalga oshiriladi.
Axborot texnologiyasi axborot tizimlari bilan mukammal bog‘langan bo‘lib, ular uchun axborot texnologiyasi asosiy muhit hisoblanadi. Bir qaraganda axborot texnologiyasi va tizimi tushunchasi bir–biriga o‘xshash ko‘rinadi, aslida esa bunday emas.
Axborot texnologiyasi kompyuterda saqlanayotgan ma’lumotlar ustidan tartiblashgan qoidalar asosida amal harakat va bosqichlarni bajarish jarayonidir. Axborot texnologiyasining asosiy maqsadi birlamchi axborotni maqsadga yo‘naltirilgan harakat natijasida qayta ishlash yo‘li bilan foydalanuvchiga kerakli axborotni berishdir.
Axborot tizimi kompyuterlar, kompyuterlar tarmog‘i, dasturiy mahsulotlar, ma’lumotlar bazasi, insonlar, turli texnik va dasturiy aloqa vositalari hamda boshqa qurilmalardan tashkil topgan muhitlar. Axborot tizimining asosiy maqsadi – axborotni saqlash va uzatishdan iboratdir. Axborot tizimi axborotni qayta ishlash inson – kompyuter tizimidir.
Axborot tizimining vazifalarini amalga oshirish uchun shu tizimga oid axborot texnologiyasi bilimlarini o‘rganish talab qilinadi. Axborot texnologiyalari bilan axborot tizimlari bir-biri bilan chambarchas bog‘langan. Axborot texnologiyalari axborot tizimlarining tuzilmasida asosiy tarkibiy qismi va uni tashkil etuvchi bir elementi sifatida namoyon bo‘ladi. Axborot texnologiyasi axborot tizimining muhitidan tashqarida ham faoliyat ko‘rsatishi mumkin. Ammo u mukammal texnologiya bo‘la olmaydi, ya’ni zarurat tug‘ilganda axborot tizimiga murojaatni amalga oshiradi.
Axborotli texnologiya tizim sifatida ikki qismdan tashkil topadi:
a) ta’minlovchi qism;
b) funksional qism.