Borliq turli asoslarga ko’ra, moddiy va ma’naviy, haqiqiy va mavhum, real va virtual, aktual va potensial turlardan
iborat.
Barcha mavjud narsalar keng ma’noda “Butun olam” deb yuritiladi.
Olam – borliqning asosi - substansiya tushunchasida ifodalanadi. Substansiya - barcha narsa va hodisalar asosida yotadigan moddiy yoki ruhiy mohiyat.
Materiya - borliqdagi moddiy narsalar, hodisalar, jarayonlarning umumiy xususiyatlarini ifodalovchi tushuncha. Materiya moddiy borliqni ifodalashga xizmat qiladi.
Chizma-3
Materiya falsafiy kategoriyasi.
Materiya sifat jihatdan ikki, modda va nomodda ko’rinishida namoyon bo’ladi.
Materiyaning modda ko’rinishi.
Materiyaning nomodda ko’rinishi.
modda
antimodda
maydon
nurlanish
Materiyaning tuzilish darajalariga ko’ra turlari.
mikrodunyo
megadunyo
makrodunyo
1) Materiya inson ongiga bog’liq bo’lmagan holda mavjud obyektiv reallik. Uni yaratib ham, yo’qotib ham bo’lmaydi.
2) Materiya, ya’ni moddiy olamdagi har qanday narsa va hodisalar doimo harakatda, o’zgarishda, rivojlanishda bo’ladi. Bu materiyaning mavjudlik shakllarida namoyon bo’ladi.
3) Inson o’z faoliyati jarayonida moddiy olamdagi narsa, hodisa, jarayonlarning xossalari va mohiyatini bilib boradi.
Chizma-4
Materiya ( moddiy olam) ning o`ziga xos
xususiyati
Harakat (umuman o’zgarish, obyektlarning o’zaro ta’siri)
Fazo (dunyoni tashkil etuvchi obyektlarning joylashish tartibi, ko’lami va miqyosi)
Vaqt (olamda sodir bo’luvchi hodisalar va jarayonlarning ketma-ketligi davomiyligi)