2- topshiriq. Xolto’rayev Elbek 652-18-gurux 1


Muammolar (asosiy va kichik muammolar)



Yüklə 32,48 Kb.
səhifə2/4
tarix02.01.2022
ölçüsü32,48 Kb.
#36935
1   2   3   4
2-joriy topshiriq

Muammolar

(asosiy va kichik muammolar)

Yеchim

Natija

1.Psixolog kadrlar tayorlash
2. Bugungi ta‘lim tizimida psixologiya fanlarini o’qitishni takomillashtirish


1.Mutaxasisslarni psixologiya bo’yicha bilimlar bilan qurollantirish.
2. Shaxsning yosh davrlarini ijtimoiy psixologik xususiyatlaridan kelib chikib olib borish

1. Psixologiya fanlarni o’qitish metodikasi murakkab o’quv predmetlari qatoriga kiradi.

3. Atrofimizdagi narsalar va xodisalarning mohiyatini bevosita his qilib bilishimiz mumkin, lekin psixik hayotga aloqador bo’lgan jarayonlarni, o’zimizda, miyamiz, ongimizda ro’y berayotgan narsalarning mohiyatini bilvosita bilamiz.

3.Ta'lim muvaffaqiyatini ta'minlovchi psixologik texnologiyalar qanday texnologiyalar? Javobingizga qo’shimcha ravishda misollar orqali yoritib bering.

Ilmiy-texnik taraqqiyot nafaqat aksariyat ishlab chiqarish sohasinigina texnologiyalashtiramoqda, balki u madaniyat, ta'lim sohalariga ham kirib bormoqda. Bugungi kunda informasion axborot tibbiyot, ta'lim va boshqa texnologiyalar to‘g‘risida fikr yuritish mumkin. Texnologizasiyalash-bu obektiv jarayon bo‘lib, ta'lim yevolyusiyasining yangi vazifalarini sifatli hal qilish uchun tayyorgarlik davri. Pedagogik texnologiya pedagogning talabalarga ta'sir qilishni tashkill yetish bo‘yicha kasbiy ahamiyatga molik malakalar tizimini aniqlab beradi, pedagogik faoliyatning texnologikligini anglash usullarini taklif etadi. V.P. Bespalko pedagogik texnologiyani amaliyotga tatbiq qilinadigan muayyan pedagogik tizim loyihasi sifatida belgilaydi. U pedagogik tizim texnologiyalar ishlab chiqish uchun asos bo‘ladi, deb hisoblaydi. Bunda asosiy diqqat o‘quvpedagogik jarayonni oldindan loyihalashga qaratiladi, didaktik vazifa va o‘qitish texnologiyalari tushunchasidan foydalaniladi. Shu tariqa V.P. Bespalko o‘quv jarayonini loyihalash g‘oyasini ilgari suradi. Pedagogik texnologiya o‘ziga xos va potensial yaratiladigan pedagogik natijalarga yerishish uchun, pedagogik tizimning barcha tashkiliy tomonlariga aloqador nazariy va amaliy (ta'lim tizimi doirasida) tadqiqotlar sohasi sifatida belgilanadi. «Pedagogik texnologiya - psixologik va pedagogik o‘gitlar yig‘indisi bo‘lib, shakllar, metodlar, usullar, o‘qitish yo‘llari, tarbiyaviy vositalarning maxsus to‘plamidir. Ayni zamonda u pedagogik jarayonning tashkiliy-metodik omilini ham bildiradi» (B.Lixachev). Pedagogik texnologiya ta'lim maqsadlariga erishish va shaxsning rivojlanishiga qaratilgan pedagogik faoliyatni muttasil ravishda rivojlantirish tizimi loyihasidir. Pedagogik texnologiyaning tuzilmasi. U konseptual asos, ta'lim jarayoni maztnuni va texnologik jarayondan iborat bo‘ladi.Ta'lim muvaffaqiyatini ta'minlovchi bir qancha psixologik texnologiylar bo’lib, ular ta’lim jarayonini tezroq tushunishga, o’tilgan mavzu yuzasidan berilgan savollarga to’g’ri va aniq javob berishga, mavzu doirasida qayta ishlash amaliyotlarini to’liq amalga oshirishga yordam beradi. O’qituvchilar psixologik texnologiyalrning turli xillaridan foydalanib mavzuni bayon etishadi. Bularga misol qilib: • «Qora quti» metodi • Kundalik tutish metodi • 6-6 metodi • Bevosita jamoa bo‘lib «Fikrlar hujumi» («Mozgovaya ataka») olib borish • Yalpi «Fikrlar hujumi» • «Fikrlarning shiddatli hujumi» - destruktiv berilgan baho bilan dialog • Sinektika metod



4.Qanday boshqaruv uslublari mavjud, hamda avtoritar, demokratik, va liberal ish uslublari bir-biridan qanday farq qiladi?

Bir o’lchamli boshqaruv uslublari deb bir omil bilan belgilanadigan uslublarga aytiladi. Bunga eng avvalo, Levin modeli kiradi. U rahbarlik uslublarini uchga ajratadi: avtoritar, demokratik va neytral uslublar. Ular hozirgi kunda kallasik uslublar deb ham ataladi. Keyinroq ushbu atamalarga o’zgartirishlar kiritilib, o’sha boshqaruv uslublari direktiv, kollegial va liberal uslub deb ataldi. Boshqaruv psixologiyasi boshliq faoliyatini analiz qilganda asosiy diqqatni boshqarish uning ehtiyoji yoki qobiliyatlariga mos yoki mos emasligi, qaysi individual xususiyatlariga ko‘ra, u boshliq darajasiga ko‘tarildi, ishni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun u boshqaruvning qay usullaridan foydalanyapti, xodimlarga psixologik ta’sir ko‘rsatish maqsadida u qanday ta’sir uslublarini qo‘llayapti kabi qator masalalarga qaratadi. Boshliq bolish ishiga turli shaxslaming munosabatlari har xil, chunki kimdir boshliqda bo‘lgan imtiyozlarga beriladi, kim uchundir unga berilajak huquqlami afzal ko‘rish xos, kimgadir yuksak mas’uliyatlami bo‘yinga olish ma’qul keladi. Har bir lider yoki boshliq o‘zicha individual va qaytarilmasdir. Buning boisi har bir boshliq o‘z ish faoliyatini, boshqaruv faoliyatini o‘ziga xos tarzda tashkil etishidadir. Ijtimoiy psixologiyada boshqaruv sohasida batafsil o‘rganilgan muammolardan biri — turli boshqaruv uslublaridir. Barcha ilmiy tadqiqotlarni umumlashtirgan holda ijtimoiy psixologiyada qabul qilingan uch asosiy boshqarish uslublariga xarakteristika berib chiqamiz. Bu uch uslub: • Avtoritar; • Demokratik; • Liberal ish uslublaridir.




Yüklə 32,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin