2. 1- mavzu: didaktika ta’lim nazariyasi sifatida reja


Didaktik nazariya (konsepsiya)lar va ularning falsafiy asoslari



Yüklə 41,02 Kb.
səhifə5/7
tarix20.03.2023
ölçüsü41,02 Kb.
#88883
1   2   3   4   5   6   7
2. 1- mavzu didaktika ta’lim nazariyasi sifatida reja

4. Didaktik nazariya (konsepsiya)lar va ularning falsafiy asoslari.
Ta’lim jarayoni psixologik-pedagogik konsepsiyalar (ular aksariyat hollarda didaktik tizimlar ham deb ataladi) asosida tashkil etiladi.
Didaktik tizim (yunoncha “systema” yaxlit qismlardan tashkil topgan, birlashtirish) – ma’lum mezonlari asosida ta’lim jarayoning yaxlit holatini belgilash, ajratib ko`rsatish demakdir. U ta’limning maqsadi, tamoyillari, mazmuni, shakli, metod va vositalarining birligi asosida tashkil etilgan tuzilmalarning ichki yaxlitligini ifodalaydi. Tadqiqotchilar mavjud didaktik konsepsiya (tizim)larni umumlashtirib quyidagi guruhlarga ajratadilar:

  1. an’anaviy;

  2. progressiv;

  3. zamonaviy.

Ta’lim nazariyasida YA.A.Komenskiy, I.Pestallosi va I.Gerbartlarning didaktik konsepsiyalari muhim ahamiyatga ega.
An’anaviy didaktik tizimining yaratilishi nemis faylasufi, psixolog va pedagog I.F.Gerbart (1776-1841 yillar) nomi bilan bog`liq. U YA.A.Komenskiyning sinf-dars an’anaviy tizimini tanqidiy nuqati nazardan qayta asoslab, etika va psixologiyaning nazariy yutuqlariga tayangan holda ta’lim tizimini yaratdi.
I.F.Gerbart ta’lim tizimining asosiy belgisi quyidagilardan iborat. o`quvchilarning intellektual rivojlanishini ta’minlash maktabning asosiy vazifasi; bolani tarbiyalash esa oilaning vazifasidir.
Progressiv (pedosentrik) tizim bolaning bilim olishida faoliyatining asosiy rol o`ynashini e’tirof etadi. Mazkur tizim asosini D.Dyui tizimi, G.Kershteynning mehnat maktabi, V.Lay nazariyalari tashkil etadi.
Zamonaviy didaktik tizim XX asrning 50-yillarida psixolog va pedagog B.Skinner qismlarga bo`lingan axborotlarni yetkazish, bu jarayonni muntazam nazorat qilish asosida materialni o`zlashtirishda samaradorlikka erishish g`oyasini ilgari suradi. Mazkur g`oya keyinchalik dasturiy ta’lim deb ataladi. Keyinchalik N.Krauder nazorat natijalariga qarab o`quvchiga mustaqil ishlash uchun turli materiallarni taklif etadigan tarmoqlashtirilgan dasturlarni yaratdi.
D.Dyuining nazariy g`oyalari muammoli ta’limning asosi bo`lib qoldi. Bugungi kunda muammoli ta’lim deb nomlanuvchi, ushbu g`oya o`qituvchi rahbarligi ostida muammoli vaziyatni yaratish va ularni hal etishda o`quvchilarning faollik va mustaqilliklarini ta’minlashga erishishni nazarda tutadi. Muammoli ta’limning vazifasi faol o`rganish jarayonini rag`batlashtirish, o`quvchilarda fikrlash, tadqiqotchilik ko`nikmalarini shakllantirishdan iboratdir.
L.V.Zankovning (1901-1977 yillar) rivojlantiruvchi ta’lim konsepsiyasi XX asrning 50-yillarida keng tarqaldi. Uning g`oyalarini amalga oshirish ta’lim jarayoniga insonparvarlik g`oyasini singdirish, shaxsni barkamol rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga imkon beradi.
Psixolog L.S.Vo`gotskiy (1896-1934 yillar) tomonidan 30-yillarda ilgari surilgan “Yaqin rivojlanish zonasi” g`oyasi ham muhim ahamiyatga ega. Unga ko`ra bola kattalar yordamida bilim olib, o`zi mustaqil bajara olmagan ishlarni bajara boshlaydi.
O`zbekiston Respublikasining “Ta’lim to`g`risida”gi qonunida ta’lim va tarbiyani insonparvarlik, demokratik g`oyalarga muvofiq tashkil etilishi e’tirof etilgan.
Ta’limni insonparvarlashtirish ta’lim jarayonida o`quvchi shaxsini hurmat qilish, uning sha’ni, obro`si, qadr-qimmatini poymol etmaslik, mavjud iste’dodini rivojlantirishni nazarda tutadi. Demokratlashtirish esa pedagogik jarayonda rasmiyatchilikka yo`l qo`ymaslik, ta’lim dasturlarini tanlashda o`quvchilarning fikrlarini inobatga olishni ifodalaydi.
Respublika uzluksiz ta’lim tizimi ijtimoiy buyurtmani bajarishga xizmat qiladi, barkamol shaxs va yetuk mutaxassisni tarbiyalash vazifasini bajaradi.

Yüklə 41,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin