3. Antropogen omillar – inson hayot faoliyatining organik dunyoga ta’siridan iborat. Jamiyat rivojlanishi bilan insonlarning tabiatga yangicha ta’sir qilish xillari kelib chiqib, atrof-muhitda salbiy ekologik о‘zgarishlar sezila boshlaydi.
Yorug‘lik ta’sirida о‘simlik va hayvonlarda boradigan eng muhim jarayonlar
1.
Fotosintez
О‘simlik tushayotgan nurning taxminan 1-5 foizini о‘zlashtiradi. Fotosintez barcha tirik organizmlar uchun ozuqa zanjirida energiya manbaidir. Xlorofill tо‘planishi uchun ham yorug‘lik zarur.
2.
Transpiratsiya
Quyosh nurining о‘simlikka tushayotgan 75%i о‘simlikdan suvni bug‘latishga sarf bо‘ladi. Bunda suv bug‘latish tezlashadi. Bu hol hozirgi davrda suv muammosini hal etishda muhim ahamiyatga ega.
3.
Fotodavriylik
О‘simlik va hayvonlarning hayotini uyg‘unlashtirish uchun muhim (ayniqsa ko‘payish davrida) ahamiyatga ega.
4.
Harakatlanish
О‘simliklarda kuzatiladigan fototropizm va fotonastiyalar о‘simlikni yetarli yorug‘lik bilan ta’minlashda muhim ahamiyatga ega. Fototaksis bir hujayrali о‘simliklar va hayvonlarda о‘ziga xos yashash joyini tanlashda rol о‘ynaydi.
5.
Hayvonlarning kо‘rishi
Organizmdagi eng muhim funksiyalardan biri hisoblanadi.
Odamlarda D vitaminini sintezlanishi, terini qorayishi kabi himoya moslanishlari. Tik tushayotgan nurdan qochish kabi xulqiy harakatlar.
О‘simliklarni yorug‘likka bо‘lgan munosabatiga kо‘ra uch guruhga ajratish mumkin:
1. Yorug‘sevar (geliofit) о‘simliklar. Ular yorug‘lik yetarli bо‘lgandagina normal о‘sishi va rivojlanishi mumkin. Bunday о‘simliklarga dasht, chо‘l mintaqalaridagi о‘simliklar, о‘tloqzorlardagi qо‘ng‘irboshdoshlar va boshqa ba’zi turlar, о‘rmon о‘simliklar jamoasining birinchi qatlamini tashkil etuvchi baland bо‘yli daraxtlar, О‘rta Osiyo sharoitidagi qisqa vegetatsiya qiluvchi kо‘p yillik о‘t о‘simliklarining efemeroid tipidagi hayot shakllari va boshqalar kiradi.
2. Soyasevar (stsiofitlar) о‘simliklar. Ular kuchsiz yorug‘lik tushayotgan joylarda о‘suvchi о‘simliklardir. Bularga о‘simliklar qoplamining pastki qatlamlarida о‘suvchi turlar, moxlar, plaunlar, paporotniklar, yong‘oqzorlar ostida о‘suvchi yovvoyi xina, tog‘ gunafsha kabilarni kо‘rsatish mumkin. Yorug‘sevar va soyasevar о‘simliklar morfologik, anatomik va fiziologik xususiyatlari bilan bir-birlaridan farqlanadi.
3. Soyaga chidamli yoki fakultativ geliofit о‘simliklar. Ularning kо‘pchiligi yorug‘sevar hisoblansada, yorug‘lik uncha yetarli bо‘lmaganda ham, ortiqcha yorug‘likda ham normal о‘sib rivojlanadigan turlardir. Ularga qо‘ng‘irbosh, qulupnay, arg‘uvon va boshqalarni kiritish mumkin.