2-amaliy ish bajardi: Sayliyev n qabul qildi: Qodirov f reja



Yüklə 22,85 Kb.
tarix28.04.2023
ölçüsü22,85 Kb.
#104414
MUHAMMAD al – XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT T

MUHAMMAD al – XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI QARSHI FILIALI KOMPYUTER INJINIRING FAKULTETI DI -12-21 GURUH TALABASINING Kompyuter tarmoqlarifanidan tayyorlagan


2-AMALIY ISH

Bajardi: Sayliyev N
Qabul qildi: Qodirov F

Reja

Mashina tilidagi buyruqlarning umum formatlari va turlari


Operandlarni saqlash joyiga qarab klassifikatsiyalash

Berilgan EHM bajarishi mumkin bo’lgan buyruqlarning to’liq ro’yxati EHMning buyruqlar tizimi deb nomlanadi.


Buyruqlar tizimining arxitekturasida dasturchi uchun mavjud bo'lgan EHM vositalarini aniqlash odatiy holdir.
Buyruqlar tizimining arxitekturasini dasturiy ta’minot talablariga EHM apparaturasi imkoniyatlari bilan mos keladigan vosita sifatida qarash mumkin.
Mashina tilidagi buyruqlarning umum formatlari va turlari
EHM ma’lumotlarga ishlov berib dasturdagi buyruqlar (kommanda) ketma-ketligiga mos ravishda bajarilib quyilgan masalani yechadi.
Shuning uchun kompyuter dastur asosida boshqariladigan qurilmadir. Uning asosini protsessor (CPU), xotira va kiritish-chiqarish qurilmalari tashkil qiladi.
Mashina tilidagi buyruqlarning umum formatlari va turlari
Kompyuter buyruqlarini albatta uni protsessori aniqlab beradi. Bu buyruqlar – ikkilik sanoq tizimiga asoslangan – sonlar (kod) to’plami bo’lib mashina tili deb nomlanadi. Kodlar (buyruqlar) protsessordan protsessorga o’zgaradi va yozilishi 8 bitdan to 10 lab baytglargacha bo’lishi mumkin. Demak bu buyruqlarni 100 va hatoki 10000 dan ortiq turlari mavjud.
Mashina tilidagi buyruqlarning umum formatlari va turlari
Mashina tilida dasturlash – bu mana shu buyruqlarni eslab qolib, qo’llash bilan bog’liq bo’lgan murakkab jarayondir. Shu sababli dasturchilar o’z ishlarini avtomatlashtirish uchun maxsus inson tiliga yaqin bo’lgan tildan (ingliz tili asosida) tarjimonchi dasturlar yaratishdi va uni til kompilyatorlari deb nomlashdi. Shu kompilyatorlardan eng soddasi va ko’pincha mashina buyruqlarini ma’lum so’z yoki qisqartmaga moslashtirib olingani assembler tili deb nomlanadi.
Buyruqlar tizimi arxitekturasi klassifikatsiyasi
Zamonaviy dasturlash texnologiyasi yuqori darajadagi tillarga (YuDT) yo’naltirilgan bo’lib, ularning asosiy maqsadi dasturlash jarayonini yengillashtirishdir. YuDT ga o’tish jiddiy muammo tug’dirdi: YuDT uchun xos bo’lgan murakkab operatorlar oddiy mashina operatsiyalaridan sezilarli darajada farq qiladi.
Muammo semantik uzilish deb ataladi va uning natijasi dasturning yetarli darajada samarali bajarilishmasligidir.
Semantik uzilishni bartaraf etish uchun EHM ishlab chiquvchilari uchta yondashuvdan birini va shunga mos ravishda uchta BTA turidan birini tanlaydilar:

  • buyruqlarning to'liq to'plamiga ega bo'lgan arxitektura: CISC (Complex Instruction Set Computer);

  • qisqartirilgan buyruqlar to’plami bilan arxitektura: RISC (Reduced Instruction Set. Computer);

  • juda uzun buyruq so’zlari bilan arxitektura: VLIW (Very Long Instruction Word).


Buyruqlar formati – bu buyruqni ichki tuzilish strukturasini aniqlovchi qoida kelishuvdir.
Buyruq – amal kodi, ushbu amalda qatnashayotgan operanda yoki operandalar qayerdan olinishi va natija qayerga yozilishi haqidagi axborotlardan iborat bo’ladi.
Buyruq formatlari

Buyruqlar – operandlar soniga qarab 4 sinfga bo’linadi.
Amal kodi
Amal kodi
Amal kodi
Adres
CISC arxitekturasi uchun quyidagilar urinli:

  • protsessorda nisbatan kam miqdordagi umum ishlov registrlarning mavjudligi;

  • ko'p sonli mashina buyruqlari, ularning ba’zilari YuDT murakkab operatorlarini apparatli amalga oshiradi;

  • operandlarni adreslashning turli-tuman usullari;

  • turli razriyadli buyruq formatlari to’plami;

  • qayta ishlash xotiraga kirish bilan birlashtirilgan buyruqlar mavjudligi.

1980-yillarning o'rtalariga qadar ishlab chiqarilgan deyarli barcha EHMlarni va hozirda ishlab chiqarilayotgan kompyuterlarning muhim qismini CISC turiga kiritish mumkin.


Semantik uzilish muammosini hal qilishning bu usuli EHM apparaturasini, asosan boshqarish qurilmasini murakkablashishiga olib keladi, bu esa EHMning ishlashiga salbiy ta'sir qiladi.



Yüklə 22,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin