2-amaliy ish mavzu: Raqamli boshqarish tizimlarini modelli misollari. Ishdan maqsad



Yüklə 97,62 Kb.
tarix04.04.2023
ölçüsü97,62 Kb.
#93363
2-amaliy Raqamli boshqarish tizimlarini modelli misollari.


2-AMALIY ISH
Mavzu: Raqamli boshqarish tizimlarini modelli misollari.
Ishdan maqsad: Raqamli boshqarish tizimlarini modelli misollari bo’yicha amaliy ko’nikmalarni shakllantirish.


Nazariy qism
Signal&Systems – signallarni o‘zgartirish bloklari va yordamchi bloklar.


Multipleksor Mux bloki.


Vazifasi:
Kirish signallaridan vektor hosil qiladi.
Parametrlari:
Number of Inputs – Kirishlar soni.
Display option – Aks ettirish usuli. Quyidagi ro‘yxatdan tanlanadi:
bar – Qora rangdagi vertikal to‘rtburchak;
signals – Kirish signallarining metkalarini aks ettiruvchi oq fonli to‘rtburchak;
none - Oq fonli to‘rtburchak.
Blokning kirish signallari skalyar va (yoki) vektor bo‘lishi mumkin.
Agar kirish signallari orasida vektorlar bo‘lsa kirishlar sonini ham vektor ko‘rinishda (har bir vektor elementlarining sonini ko‘rsatgan holda) berish mumkin. Masalan, [2 3 1] ifoda uchta kirish signalini aniqlaydi, birinchi signal – ikki elementdan iborat vektor , ikkinchi signal – ikkita elementdan iborat vektor va so‘nggi signal - skalyar. Agar kirish vektorining o‘lchami Number of Inputs parametrida berilgan o‘lcham bilan mos kelmasa, hisoblashlar boshlanishida Simulink xatolik to‘g‘risida axborot beradi. Kirish vektorining o‘lchamini -1 (minus bir) ko‘rinishida berilsa, kirish vektori har qanday o‘lchamga ega bo‘lishi mumkin.
Number of Inputs parametrini signallar metkalarining ro‘yxati ko‘rinishida (masalan: Vector1, Vector2, Scalar) berilsa signallarning metkalari mos bog‘lovchi liniyalarning yonida aks ettiriladi.
Blokning kirishiga beriladigan signallarning turi bir xil bo‘lishi kerak (haqiqiy yoki kompleks).
Mux blokidan foydalanishga misollar 6-rasmda ko‘rsatilgan.


Demultipleksor Demux bloki.


Vazifasi:
Kirishdagi vektor signalni alohida tashkil etuvchilarga ajratib beradi.
Parametrlari:
Number of Outputs – Kirishlar soni.
Bus Selection Mode (bayroqcha) – Vektor signallarni ajratish rejimi.
Kirish signali vektor bo‘ladi. Chiqish signali esa, soni va o‘lchami Number of Outputs parametri va kirish signalining o‘lchami bilan aniqlanuvchi skalyar yoki vektor bo‘lishi mumkin.
Agar chiqishlar soni P (Number of Outputs parametrining qiymati) kirish signalining o‘lchamiga (N) teng bo‘lsa blok kirish vektorini alohida elementlarga ajratadi.
Agar chiqishlar soni P kirish signalining o‘lchami N dan kichik bo‘lsa birinchi P-1 chiqish signallarining o‘lchami eng yaqin katta songacha yaxlitlangan N/P nisbatga teng bo‘ladi, eng so‘nggi chiqish signalining o‘lchami esa kirish signalining o‘lchami va avvalgi P-1 chiqishlar o‘lchamlari yig‘indi va chiqish signalining o‘lchami orasidagi farqqa teng bo‘ladi. Masalan, kirish signalining o‘lchami 8 va chiqishlar soni 3 bo‘lsa, ikkita birinchi vektorning o‘lchami ceil(8/3) = 3 va eng so‘nggi chiqish vektorining o‘lchami 8 - (3+3) = 2 bo‘ladi.
Number of Outputs parametri har bir chiqish signalining o‘lchamini aniqlovchi vektor yordamida ham berilishi mumkin. Masalan, [2 3 1] ifoda uchta chiqish signalini aniqlaydi, birinchi signal – ikki elementli vektor, ikkinchi signal – uch elementli vektor va so‘nggi signal - skalyar. O‘lchamni Razmernostg‘ -1 (minus bir) ko‘rinishida ham berish mumkin. Bu holda mos chiqish signalining o‘lchami kirish vektorining o‘lchami va chiqish signallarining berilgan o‘lchamlari yig‘indisi orasidagi farq sifatida aniqlanadi. Masalan, agar kirish vektorining o‘lchami 6 va Number of Outputs parametri [1 -1 3] ifoda bilan berilgan bo‘lsa ikkinchi chiqish signali 6 - (3+1) = 2 o‘lchamga ega bo‘ladi.
Demux blokidan foydalanishga misollar 7-rasmda ko‘rsatilgan.





6-rasm. Mux blokidan foydalanishga misollar



7-rasm. Demux blokidan foydalanishga misollar


MUSTAQIL YECHISH UCHUN AMALIY TOPSHIRIQLAR

1. Mux blokidan foydalanibkeltirilgan model namunasini tayyorlang va parametrlar oynasida tahrirlashni bajaring.


2. Demux blokidan foydalanibkeltirilgan model namunasini tayyorlang va parametrlar oynasida tahrirlashni bajaring.


O‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar

1. Signal&Systems – signallarni o‘zgartirish bloklariga naimalar kiradi?


2. Multipleksor Mux bloki vazifasini tushuntiring?
3. Demultipleksor Demux bloki vazifasini tushuntiring?
4. Multipleksor Mux bloki parametrlar oynasi nima?
5. Demultipleksor Demux bloki parametrlar oynasi nima?
6. Number of Outputs parametri nimalardan tashkil topgan?
7. Display option parametri nimalardan tashkil topgan?
Yüklə 97,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin