№ 2 AMALIY ISH Nazariy dars reja konspektini ishlab chiqish Ishning maqsadi: Ustaxonada o’tkaziladigan darslarga o’qituvchining tayyorgarlik ko’rishi va o’tkazishi bo’yicha ko’nikmalarga ega bo’lishi hamda mustaqil dars konspekta rejasini tuzishni o’rgatish.
Kerakli materiallar: 1. 5-7 sinf uchun o’quv dasturi.
2O’qituvchining o’zining tuzgan tavqimiy-mavzuviy rejasi.
3. Mehnat ta’limini o’qitish metodikasi bo’yicha qo’llanmalar.
Beriladigan vazifa: 1. Shu mavzu bo’yicha o’qituvchining ma’ruzasini mustaqil qaytadan ko’rib chiqish.
2. tavqimiy-mavzuviy ish rejasini ko’rib chiqish (o’zining tuzgan)) va berilgan mavzuning o’tilish o’rnini aniqlab olish.
3. Barsha tayyorgarlik ishlarini bajarish hamda berilgan mavzu bo’yicha dars konspekti rejasini tuzish.
Ishni bajarish tartibi: 1. Berilgan vazifaning o’z oldiga qo’ygan maqsadi, uning bajarilishi va metodik adabiyotlar bilan tanishib chiqish.
2. O`zining tuzgan tavqimiy-mavzuviy rejasi asosida endi o’tiladigan darsning o’qitilish tizimini aniqlash.
3. Darsning mavzusi, maqsadi, mazmunini belgilab olish. Darsni o’tish uchun materiallar tanlash.
4. O`zine bor qo’llanmalar asosida o’quvchilarga beriladigan materiallarni o’zlashtirib olish. Yangi termenlarni aytish. Ishni bajarish vaqtida yangi operatsiyalar va usullarni belgilash.
5. Darsning tuzilishini aniqlab olish, uning ayrim etaplarini o’tish metodikasini tashkil etish shaklin oldindan o’ylagan holda ishlab chiqish.
6. O’quvchilarga beriladigan kirish, dars jarayonidagi va yakunlovchi istruktaj metodikasini, mazmunini ishlab chiqish.
7. O`tiladigan dars bo’yicha kerakli materiallar a’sbob-uskunalar, ularning ishga yaroqliligini, etarli ekanligini aniqlab olish.
8. Ishni bajarishning texnologik ketma-ketligini mustaqil ishlab chiqish va uni hujjat sifatida ko’rsata olish.
9. Darsning etaplari bo’yicha vaqtning taqsimlanishini ishlab chiqish.
10. Shular asosida fan o’qituvchisining ko’rsatishi bo’yicha darskonspekti rejasini ishlab chiqish.
Nazariy dars rejasining tuzilish.
1. Dars o’tiladigan sana.
2. Dars o’tiladigan sinf.
3. O’tiladigan darsning mavzusi.
4. Darsning maqsadi.
5. Darsni qurollantirish.
6. Darsni tashkil etish.
A) Sifdagi o’quvchilar bilan salomlashish.
B) O’quvchilarning davomatini tekshirish.
V) O’quvchilarning darsga tayyorgarligini tekshirib chiqish.
7. O`tilgan mavzuni takrorlash.
Bunda quydagi ishlar olib boriladi.
a) O`tilgan mavzu bo’yicha o’quvchilar o’rtasiga savollar tashlash.
b) O’quvchilarning bir-biriga savollar berishi.
v) Tarqatma materiallar tarqatish.
g) Test savollarini berish yordamida va h.
O`zining tanlagan varianti bo’yicha o’tilgan mavzuning mazmunini to’la qamtiydigan bir qansha savollar tuzib olish.
7. O’qituvchining o’tgan mavzuni qisqasha takrorlashi va yangi mavzu bilan bog’lashi.
Yangi o’tiladigan mavzuni bayonlashi. Bunda yangi mavzuni o’tishning ketma-ketlik rejasi ishlab chiqiladi.
A) _______________________________
B)________________________________
V)________________________________
S)________________________________
D)________________________________
9. Yangi mavzuni mustahkamlash. Unda yangidan o’tilgan mavzu
Bo’yicha bir nesha savollar tuziladi.
10. Darsni yakunlash va uyga vazifa berish. Bunda o’quvchilarning bergan javoblarini umumlashtirib ularni baholaydi va uyga vazifani bajarish haqida vazipa va ko’rsatmalar beradi.