Jismning fazodagi holatini aniq bilish uchun fazoni o‘zaro perpendikular H, V va W proyeksiyalar tekisliklari ishtirokida sakkizta qismga ajratiladi. Hosil qilingan apparat oktant (oxta– yunoncha sakkiz, lotincha – sakkizlik) deb ataladi.
Jismning fazodagi holatini aniq bilish uchun fazoni o‘zaro perpendikular H, V va W proyeksiyalar tekisliklari ishtirokida sakkizta qismga ajratiladi. Hosil qilingan apparat oktant (oxta– yunoncha sakkiz, lotincha – sakkizlik) deb ataladi.
Oktant va epyur. Gorizontal tekislik H ning o‘rtasidan uni kesib o‘tadigan frontal tekislik V o‘tkaziladi. Ikkala H va V tekisliklarga perpendikular bo‘lgan uchinchi profil tekislik W ularning o‘rtasidan o‘tkazilsa , fazoni shartli ravishda sakkiz qismga bo‘luvchi oktant hosil bo‘ladi.
H va V tekisliklarning o‘zaro kesishgan chizig‘i x bilan, H va W larning o‘zaro kesishish chizig‘i y bilan, V va W larning o‘zaro kesishish chizig‘i z bilan belgilanadi. x, y, z larning boshi, ya’ni ularning o‘zaro kesishish nuqtasi O bilan belgilanadi. Ox, Oy, Oz lar koordinata o‘qlari, O koordinata boshi deyiladi.
Birinchi octant misolida epyur hosil qilamiz. V tekislikni o‘z o‘rnida qoldirib, H ni x o‘qi atrofida pastga, ya’ni Vning ostiga, W ni z o‘qi atrofida, ya’ni V ning o‘ng yoniga V bilan bitta tekislik hosil qilguncha aylantiriladi. Shunda uchala H, V, W tekisliklar bitta tekislik ko‘rinishiga o‘tadi va u epyur deb ataladi. Epyur fransuzcha so‘z bo‘lib, tekis chizma degan ma’noni anglatadi. Tekisliklarni chegaralovchi chiziqlarsiz tasvirlash qabul qilingan .
Birinchi octant misolida epyur hosil qilamiz. V tekislikni o‘z o‘rnida qoldirib, H ni x o‘qi atrofida pastga, ya’ni V ning ostiga, W ni z o‘qi atrofida, ya’ni V ning o‘ng yoniga V bilan bitta tekislik hosil qilguncha aylantiriladi. Shunda uchala H, V, W tekisliklar bitta tekislik ko‘rinishiga o‘tadi va u epyur deb ataladi. Epyur fransuzcha so‘z bo‘lib, tekis chizma degan ma’noni anglatadi. Tekisliklarni chegaralovchi chiziqlarsiz tasvirlash qabul qilingan .