Biror nuqta berilgan koordinatalariga asosan fazoning turli oktantlaridan birida joylashgan bo‘lishi mumkin. Buni aniqlash uchun koordinata o‘qlarining yo‘nalishi ishoralariga asosan quyidagicha bo’la
Biror nuqta berilgan koordinatalariga asosan fazoning turli oktantlaridan birida joylashgan bo‘lishi mumkin. Buni aniqlash uchun koordinata o‘qlarining yo‘nalishi ishoralariga asosan quyidagicha bo’ladi.

Oktantlar
Koordinatalar
X
y
z
I
+
+
+
II
+
-
+
III
+
-
-
IV
+
+
-
V
-
+
+
VI
-
-
+
VII
-
-
-
VIII
-
+
-
A(50,30,60) nuqtaning berilgan koordinatalari bo‘yicha uning fazoviy vaziyati va chizmasi yasalsin.
A(50,30,60) nuqtaning berilgan koordinatalari bo‘yicha uning fazoviy vaziyati va chizmasi yasalsin.
Echish. A nuqta koordinatalari ishoralariga asosan u I oktantda joylashgan. Shuning uchun I oktantning proyeksiyalar tekisliklarining fazoviy modelini va proyeksiyalar o‘qlari sistemasini chizamiz. Koordinata boshi O dan Ox o‘qiga xa=50 mm, Oy o‘qiga ya=30 mm va Oz o‘qiga za=60 mm o‘lchab qo‘yamiz va Ax , Ay va Az nuqtalarni belgilaymiz. A nuqtaning gorizontal A′ proyeksiyasini yasash uchun Ax va Ay nuqtalardan Ox va Oy o‘qlarga perpendikulyarlar o‘tkazamiz. Bu perpendikulyarlarning kesishish nuqtasi A nuqtaning gorizontal proyeksiyasi A′ bo‘ladi. Xuddi shuningdek, Ax va Az nuqtalardan Ox va Oz o‘qlariga o‘tkazilgan perpendikulyarlarning kesishish nuqtasi A″ uning frontal proyeksiyasi Ay va Az nuqtalardan Oy va Oz o‘qlarga o‘tkazilgan. Perpendikulyarlarning kesishish nuqtasi A nuqtaning profil proyeksiyasi A″′ bo‘ladi. A nuqtaning fazodagi vaziyatini aniqlash uchun uning A′ , A″ va A″′ proyeksiyalaridan H, V va W tekisliklariga perpendikulyarlar o‘tkazamiz. Bu perpendikulyarlarning kesishish nuqtasi A nuqtaning fazodagi o‘rni bo‘ladi.