Hid bilish sezgilariga hidlarni his qilish kiradi va ularning organi burun kavagining yuqori tomoni hisoblanib, bu erda hid bilish hujayralari hamda sezuvchi nerv tarmoqlari joylashgan. Ular shilliq pardalarda botib turadi.
Hidli moddalar sezuvchi nervni qo‘zg‘aydi. Hid bilish markazi bosh miya yarim sharlari orqa yuzasining pastki qismida mavjud deb taxmin qilinadi. Hidli moddalar hid bilish hujayralariga gaz holatida ta’sir etib, kimyoviy reaksiyalar yo‘li bilan ularni qo‘zg‘atadi. Oddiy gaz holatidagi hidli moddalar havo bilan
nafas olish jarayonida burun havosiga kirib keladi, natijada aks ettirish holati hosil bo‘ladi.
Ta’m bilish sezgilari
Ta’m bilish sezgilari shirin, achchiq, nordon, sho‘r singari mazalarni his qilish bilan tavsiflanadi. Ta’m bilish sezgilarining organi tilning yuzasi va tanglayning yumshoq qismidan tashkil topgan. Tilning shilliq pardasida maxsus ta’m bilish so‘rg‘ichlari mavjud bo‘lib, ularning tarkibi tayoqchasimon hujayralardan tuzilgan maxsus ta’m bilish “kurtaklari”ga ega. Ta’m bilish so‘rg‘ichlari til yuzasida bir tekis taqsimlanmaganligi uchun uning orqa qismi achchiqni, uchi shirin mazani, chetlari esa nordon mazani sezadi. Lekin ularning o‘rtasi bo‘lsa mazani aks ettira olmaydi. Ta’m bilish so‘rg‘ichlarining hujayrali qismlarida maxsus sezuvchi nervlarning chekka uchlari joylashgan, ular ta’m bilish organidagi qo‘zg‘alishni bosh miyaga uzatib turadi, uning markazlariga yaqin joylashgan.
Teri sezgilari.
Teri sezgilari tarkibi tuyish va harorat turlaridan iborat bo‘lib, ularning bunday nomlanishining bosh omili bu retseptorlarning tarkibi va organizmning tashqi shilliq pardalarida joylashganligidadir.
Tuyish sezgilari ikki xil axborotni qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘lib, birinchisi tegish va tarqalishini tuyish sezgilari, ikkinchisi esa silliq yoki g‘adir – budurni tuyish bilan tavsiflanadi. Odatda tana a’zosiga narsalarning tegishini sezish tashqi qo‘zg‘atuvchi kuchayganda siqiq sezgiga aylanadi, u yanada kuchayganda og‘riq sezgisiga aylanadi.
Tuyish sezgilari organi teridagi va tashqi shilliq pardalardagi tuyish tanachalari deb nomlanuvchi tanachalardan iborat. Tanachalarning ichida va qisman tashqarisida tuyish nervining chekka tarmoqlari mavjud, ular terida va shilliq pardalarda bir tekis taqsimlangan, barmoqlarning uchlarida til uchida labda zich joylashgan, xuddi shu boisdan sezgirlik darajasi boshqalardan yuksakroqdir.
Psixologiyada tuyish tanachalari va sezuvchi nervning chekka tarmoqlari zichligi ekstiziometr asbobi yordami bilan o‘lchanadi. Asbob keriladigan ikki oyoqli sirkuldan tashkil topgan, bo‘lib, uning o‘zagidagi darajalar oyoqlarning uchlari o‘rtasidagi masofani o‘lchaydi.
Tuyish sezgilarining markazi bosh miya po‘stining orqadagi markaziy nuqtasida joylashgan deb taxmin qilinadi. Tuyish sezgilarining tashqi, ya’ni fizik sababi bu biron- bir narsalarning teriga bevosita tegishidir.
Turli yosh davridagi bolalar guruhini tekshirishda psixodiagnostika metodikalari o‘z xususiyatlariga ega. Masalan, chaqaloqlik davridagi bolalarni tekshirishda sensomotor harakatlarni o‘rganishga mo‘ljallangan metodlar qo‘llaniladi: boshini ushlab turishi, predmetlarni ushlashi, o‘tirishi, qayrilib qarashi, predmetning orqasidan ko‘z bilan qarashi va boshqalar. (A.Anastazi, 1982). 3 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarni tekshirishda sodda harakatlarni og‘zaki qo‘llanmalarni bajarishga qaratilgan topshiriqlar beriladi. Qalam va qog‘oz,
plastilin va boshqa o‘quv vositalari qo‘llaniladigan topshiriqlar bola katta bo‘lgan sayin qiyinlashtirib boriladi.
Bolalarni psixologik tekshiruvda chet el va sobiq ittifoq psixologlari foydalangan an'anaviy metodikalarni ko‘rib chiqamiz.
Sensomotor ta'sirlanish va diqqatni o‘rganish uchun metodikalar
Insonning sensomotor sohasi asosiy nerv jarayonlari harakatchanligi tipini, ixtiyoriy diqqat darajasini, ishga qobiliyatlilik sur'atini xarakterlaydi. Ma'lumki, bola hayotining dastlabki yillarida jismoniy va ruhiy sifatlarining rivojlanishida sensomotor faollik bosh miya faoliyatida shartli reflektor aloqalarning mustahkamlanishiga imkon beradi (Ya.P.Frumkin, S.M.Livshits, 1979). Ular shu bilan birga temperament, iroda, hissiyot xususiyatlarining hamda bilish psixik jarayonlarining rivojlanishiga yordam beradi (E.A.Golubeva, 1980; E.B.AYurova, 1986).
Masalan, 1-2 yoshli bolalar sensomotor sohasini tekshirishda an'anaviy metodlardan foydalanib, u yoki bu harakat malakalarining qanday shakllanganligiga, ularning ma'lum yosh davridagi o‘rtacha ko‘rsatkichi qanchalik mosligiga e'tibor beriladi. Ko‘pincha bu tadqiqotlar bolalar motor harakat rivojlanishidagi kechikishlarni aniqlashga qaratilgan bo‘ladi. Harakat rivojlanishida kechikish mavjudligi keyinchalik bolaning barcha psixik taraqqiyotida kechikish sodir bo‘lishining ob'ektiv zamini sifatida qaralishi kerak. Shu bilan birga, erta Yurgan bola o‘z tengdoshlarini barcha tomondan qoldirib ketadi, deb faraz qilish ham xatodir. Bola hayotining dastlabki ikki yilidagi umumiy jismoniy taraqqiyot bolaning keyingi aqliy taraqqiyotini belgilamaydi (P.H.Mussen, 1987).
Bolaning sensomotor sohada rivojlanish darajasi haqida uning atrofidagi turli predmetlar, jumladan, o‘yinchoqlar bilan harakat qilish xususiyatlari darak berib turadi. O‘yinchoqdan diagnostik qurol sifatida foydalanish uning tevarak-atrofidagi hodisalarni bilishga intilishi va faollik darajasi hamda predmetlardan foydalanishda amaliy ko‘nikmalarning mavjudligini aniqlash imkonini beradi. Kattaroq bolalarni tekshirishda konkret psixologik metodikalardan foydalanish mumkin. Chunki xuddi shu davrdan boshlab, so‘zli topshiriqlarni bajarish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlarni tushuna boshlaydi, unda zarur shaxsiy sifatlar shakllangan, bilishga qiziqish rivojlangan, u kattalar bilan birga eksperimental psixologik tadqiqotlarda nisbatan uzoqroq ishtirok etish holatida bo‘ladi.