№2-amaliy mashg‘ulot
Avtomatlashtirish tizimlari loyiha hujjatlarining mazmuni va ulardan
foydalana bilish.
Ishning maqsadi: Avtomatlashtirish tizimlari tarkibi va tuzilishini o’rganish,
loyiha hujjatlari tarkibini ko’rib chiqish,loyihalash jarayoni bilan tanishish,struktura
sxemasini tuzish tartibini tahlil qilish.
Nazariy qism
Loyiha hujjatlarini tayyorlash tartibi
Avtomatlashtirish sistemalarini loyihalashda yaratiladigan hujjatlar ma`lum
bir ketma-ketlikda tayyorlanadi, bunga sabab ularning bir-biriga bog‘liqliklaridan
kelib chiqadi. 1-rasmda avtomatlashtirish sistemalarini loyihalash tartibi keltirilgan.
1. Rasm. Loyiha hujjatlarini tayyorlash tartibi.
2.
Texnik topshiriq
Texnologik obyektni o‘rganish
Tarkib sxemasini tuzish
Funksional sxemasini tuzish
Shchit va pultlarning umumiy ko‘rinishini
loyihalash
Nazorat, rostlash,
boshqarish, signallash,
ta’minotning prinsipial sxemasini loyihalash
Shchit va pultlarning montaj sxemalarini
yaratish
Tashqi o‘tkazishlar va ulanishlar sxemalarini
loyihalash
Elektr va trubali o‘tkazishlar sxemasi
Joylashtirish
sxemalarini tayyorlash
Tushuntirish xati
Buyurtmalar ro‘yxati
Ulash , ulanish
jadvallarini
tayyorlash
Avtomatlashtirish loyixalarini ishlab chiqishda birinchi navbatda obyektimiz
qayerdan boshqarilishini,
boshqarish punktlari, operator xonalari qayerda
joylashishini, ular orasidagi bog‘liqlikni, ya’ni boshqarish strukturasi aniqlanishi
kerak.
Boshqarish strukturasini va uning iyerarxiyasini tanlash uchun boshlang‘ich
ma’lumotlar buyurtmachi bilan topshiriq olishda kelishib olinadi.
Bir bosqichli markazlashgan boshqarishning struktura chizmasini quyidagicha
tasavvur qilish mumkin (2-rasm):
2-rasm
Bu chizmada obyektdan boshqarish tizimiga axborot
oqimini va boshqarish
tizimidan obyektga boshqarish ta’sir signallari ko‘rsatilgan.
Markazlashgan bir bosqichli boshqarish struktura chizmasida aloxida
boshqarish punktlari (BP-1, BP-2, BP-3) ishlab chiqarishning aloxida bo‘limlarini
boshqaradi.
3-rasm
Bir bosqichli markazlashgan boshqarish tizimlari asosan murakkab bo‘lmagan
obyektlarda yoki yaqin joylashgan obyektlarda qo‘llaniladi.
Agar ishlab chiqarish bo‘linmalari bir-biridan uzoqda joylashgan bo‘lsa, unda
bir bosqichli markazlashmagan boshqarish tizimlarini qo‘llagan ma’Qo’l .
Murakkab texnologik jarayonlarni boshqarishda boshqarishni optimal tashkil
qilish yoki ko‘p bosqichli (iyerarxik) boshqarish tizimlarini qo‘llansa
maqsadga
muvofiq bo‘ladi.
Aloxida texnologik qurilmalar markazlashmagan xolda boshqarish punktlari
yordamida boshqariladi.
Nisbatan (ma’lum) axamiyatli parametrlar obyektdan ikkinchi bosqich
boshqarish punktlariga yuboriladi.
Texnologik jarayonlarni qanchalik to‘g‘ri ketayotganini
belgilovchi asosiy
parametrlar uchinchi boqich boshqarish punktidan boshqariladi. Boshqarishning
struktura chizmalarini RTM 252. 40-76 (rukovodyashiye texnicheskiye materiali
minpribora) asosida bajarilishi tavsiya etiladi.