2-amaliy mashg’ulot
Mavzu: ASOSIY EKOLOGIK OMILLAR
Ishning maqsadi.
Asosiy abiotik omillarning turlari va ularning tirik
organizmlarga ta’siri natijasida organizmlarning moslashishlarini o‘rganish hamda
ekologik guruhlarni aniqlash.
Material va jihozlar.
Turli guruhlarga xos o‘simliklar rasmlari, o‘simlik
gerbariylari, chizg‘ich, lupa, mavzuga oid jadvallar.
Nazariy material.
Tabiiy muhitda uchraydigan har xil omillarni 3 ta asosiy ekologik guruhga
taqsimlash mumkin: 1. Abiotik 2. Biotik 3. Antropogen omillar guruhi.
1. Abiotik omillar –
organizmlarga ta’sir qiladigan noorganik muhitning jami
omillaridir. Bu omillarni kimyoviy (atmosferaning tarkibi, suvning sho‘rligi,
tuproqning tarkibi, loyqaning kimyoviy tarkibi), fizikaviy yoki iqlim (harorat,
bosim, yorug‘lik, namlik, shamol) omillariga bo‘lish mumkin.
Yer yuzasining
tuzilishi (relef), geologik va iqlim abiotik omillarining xilma-xilligi tirik
organizmlarning
tarixiy rivojlanishi, muhitga moslashishida katta ahamiyatga ega
bo‘ladi.
2. Biotik omillar –
muhitda uchraydigan organizmlarning hayot faoliyati, bir-
birlariga qiladigan ta’siri va ular o‘rtasidagi munosabatlaridan iborat, ya’ni bir tirik
organizmga uni o‘rab turgan boshqa tirik jonzotlarning har xil ta’siri tushuniladi. Bu
ta’sir turli ifodaga ega bo‘lishi mumkin. Masalan: 1. Tirik organizmlar bir-birlariga
ozuqa manbai (o‘simliklar
turli hayvonlarga ozuqa, yem-xashak; ba’zi
hayvonlar
yirtqich hayvonlarga ozuqa); 2). Bir tirik organizm tanasi boshqa organizmga
xo‘jayin-parazit (sigir, ot, it, tanasi kana, bakteriyalarga; katta daraxtlar esa moxlar
va boshqa epifit o‘simliklarga); 3). Bir organizm
ikkinchi organizmning
ko‘payishiga sabab bo‘lishi; 4). Turli organizmlarning boshqa organizmlar
yordamida
tarqalishi; 5). Bir turning ikkinchi turga fizikaviy va kimyoviy ta’sir
qilishi.