2 amaliy mashg’ulot Mavzu: bosh miyaning umumiy ko’rinishi. Bosh miyaning asosi, 12 juft bosh miya nervlarining chiqish joylari. Uzunchoq miya. Amaliy mashg’ulotning taplim texnologiyasining modeli


Uzunchoq miya (medulla oblongata)



Yüklə 348,42 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/8
tarix02.04.2023
ölçüsü348,42 Kb.
#92579
1   2   3   4   5   6   7   8
2 amaliy mashg’ulot Mavzu bosh miyaning umumiy ko’rinishi. Bosh

Uzunchoq miya (medulla oblongata) orqa miyaning bevosita davomi bo’lib, rombsimon 
miyaning pastki qismidir. Uning tashqi tuzilishi orqa miyaga, ichki tuzilishi bosh miyaga 
o’xshagani uchun (myencephalon) deb ataladi. Uning pastki chegarasi katta ensa teshigi sohasida 
yoki I juft orqa miya nervi ildizining yuqori chekkasida. Yuqori chegarasi oldingi yuzasida 
ko’prikning pastki chekkasida bo’lsa, orqa yuzasida miya hoshiyalariga to’g’ri keladi. 
Uzunchoq miyaning yuqori qismlari kengayib piyozcha shaklini olgani uchun uni miya 
piyozchasi (bulbus cerebri) deb ham ataladi. Uzunchoq miya eshituv va muvozanat apzolari, 
hamda qon aylanish va nafas apzolariga bog’liq bo’lgan jabra apparatlari bilan aloqada paydo 
bo’ladi. SHuning uchun unda muvozanat va harakatni muvofiqlashtirish, modda almashinuvini 
boshqaruvga aloqador bo’lgan kulrang o’zaklar joylashgan. Uzunchoq miyaning uzunligi o’rtacha 
2,5sm. Unda ventral, dorsal va yon yuzalari tafovut qilinib, ular o’zaro egatlar yordamida ajrab 
turadi. Bu egatlar orqa miya egatlarining davomi bo’lib, o’sha nomlar bilan ataladi. Uzunchoq 
miyaning ventral yuzasidagi oldingi o’rta yoriqni (fissure mediana ventralis) ikki tomonida 
bo’rtib chiqqan piramidalar (rugamides) joylashgan. piramidalar harakatlantiruvchi nerv 
tolalaridan iborat bo’lib, orqa miyaga o’tish joyida qisman kesishib, piramidalar kesishmasini 
(decussatio pyramidum)-xosil kiladi 
Oldingi yon egat (sulcus ventolateralis) piramidaning oval shaklidagi tepalik olivadan (oliva) ajratib 
turadi. Bu egatdan til osti nervi ildizlari chiqadi. Uzunchoq miyaning dorsal yuzasida orqa o’rta 
egatni sulcus mediana posterior) yon tomonlarida o’zaro oraliq egat bilan bo’lingan orqa miyaning 
nozik va ponasimon dastalari kengayib do’mboqchalar hosil qiladi. Nozik dasta do’mbog’i 
(tuberculum gracile) ichki, ponasimon dasta do’mbog’i (tuberculum cuneatum) tashqi tomonda 
joylashadi. Orqa yon egatdan (sulcus dorsolateralis) IX, X, XI juft bosh miya nervlarining ildizlari 
chiqadi. Yon tizimchaning dorsal qismi ponasimon va nozik dastalardan chiqayotgan tolalar 
bilan qo’shilib miyachaning pastki oyoqchasini (pedunculus cerebellaris inferior) hosil qiladi. 
Uzunchoq miyaning kesmasida u oq va kulrang moddalar tuplamidan iborat. Kulrang 
moddada muvozanat va qarakatni muvofiqlashtirish, modda almashinuvini boshqaruvga aloqador 
bo’lgan kulrang o’zaklar joylashgan. 1.Yon tomonda joylashgan o’ng va chap pastki oliva o’zaklari 
(nuclei olivaris inferiores) miyachaning tishli o’zagi bilan bog’langan bo’lib, odamda muvozanatni 
boshqaruvchi oraliq o’zak hisoblanadi. 2.To’r formaiiya (formation retecularis) bir biri bilan 
chalkashib to’r hosil qilgan nerv tolalari va ular o’rtasida yotgan nerv o’zaklaridan iborat. 
Z.To’rt juft (1X-X11) bosh miya nervlarining o’zaklari. 4.Adashgan nerv o’zagi bilan 
bog’langan nafas olish va qon aylanish markazlari bor. 
Uzunchoq miyaning oq moddasi uzun va qisqa tolalardan iborat. Uzun tolalar uzunchoq 
miyani ventral qismida pastga tushuvchi qarakatlantiruvchi piramida yo’lini hosil qiladi. Uning 
dorsolateral yuzasida yuqoriga ko’tariluvchi orqa miyani miya yarimsharlari va miyacha bilan 
bog’lovchi sezuvchi yo’llar joylashadi. Orqa miya-po’stloq yo’li uzunchoq miya sohasida 
kesishib qovuzloq kesishmasini (decussatio lemniscorum) hosil qiladi. 
Qisqa tolalar kulrang modda o’zaklarini o’zaro bog’lab, shuningdek uzunchoq miyani 
bosh miya pog’onasining qo’shni qismlari bilan qo’shib guradi. 
Yangi tug’ilgan bolalarda uzunchoq miya yuqori va gorizontal joylashgan. piramidalar yaxshi 
taraqqiy etmagani uchun olivalar bir-biriga yaqin turadi. Nozik va ponasimon dastalar bir-biridan 
aniq ajramagan. Bola hayotining birinchi yilida olivalar asta-sekin do’g’!g shaklini oladi va 
yoshga qarab kattalashib boradi. Yangi tug’ilgan bolalarda uning uzunligi 8-9 m m , kengligi 4-5 
mm, bir yoshda esa uzunligi 12-13 mm. Erta bolalik davri so’ngida miya o’tkazuv yo’llari 
taraqqiyoti natijasida piramidalar kattalashadi va olivalar bir-biridan uzoklashadi. Nozik va po 


dastalar bir-biridan ajralib, nozik va ponasimon do’mboqchalar paydo bo’ladi. Uzunchoq miya 
o’zaklari taraqqiyoti 7 yoshda tugaydi. 
Interfaol usullardan «Stol ustidagi 
ruchka» usulini qo’llaymiz. Mavzu 
bo’yicha 20 savol tayyorlanib talabalarga 
beriladi. Javobga qarab baho qo’yiladi. 
1. Bosh miyaning qanday 
qismlari bor? 
2. Miya pog’onasi nima? 
3. Yarimsharlar nima vositasida 
birikib turadi? 
4. Miya asosida nimalar ko’rinadi? 
5. 12 juft bosh miya nervlarini 
sanab bering. 
6. Xarakatlantiruvchi nervlar 
qaysilar? 
7. Sezuvchi nervlar qaysilar? 
8. Aralash nervlar qaysilar? 
9. I juft bosh miya nervini nomi va boshqa nervlardan farqi. 10.11 juft bosh miya nervini 
nomi va boshqa nervlardan farqi. 11.111 juft bosh miya nervini nomi va miya asosida 
chiqish joyi. 
12.IV juft bosh miya nervini nomi va miya asosida chiqish joyi. 
13.U juft bosh miya nervini nomi va miya asosida chiqish joyi. 
14.U1 juft bosh miya nervini nomi va miya asosida chiqish joyi. 
15.VII juft bosh miya nervini nomi va miya asosida chiqish joyi 
16.VIII juft bosh miya nervini nomi va miya asosida chiqish joyi 
17.IX juft bosh miya nervini nomi va miya asosida chiqish joyi. 
18.X juft bosh miya nervini nomi va miya asosida chiqish joyi. 
19. XI juft bosh miya nervini nomi va miya asosida chiqish joyi. 
20.X I I juft bosh miya nervini nomi va miya asosida chiqish joyi. 

Yüklə 348,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin