Mashg’ulotning mazmuni
Bosh miya (encephalon) uni o’ragan pardalari bilan birga
kallaning miya qismi ichida
joylashgan. Uning ustki yon yuzasi kalla qo’qog’i ichki yuzasiga mos ravishda gumbaz hosil
qiladi. pastki yuzasi kallaning ichki asosidagi chuqurchalarga mos murakkab relg’efga ega. Bosh
miyaning og’irligi katta odamlarda 1100 dan 2000g gacha, o’rtacha erkaklarda 1394g, ayollarida
1245g. Bosh miya uch yirik qismdan: katta miya yarimsharlari, miyacha va miya pog’onasidan
iborat.
Katta miya (cerebrum) markaziy nerv tizimining odamda kuchli taraqqiy etgan eng katta
va faoliyat jihatidan ahamiyatga ega qismi. Katta miyaning bo’ylama yorig’i (fissure longitudinalis
cerebri) uni o’ng va chap yarimsharlarga ajratadi. Yarimsharlar o’zaro qadoq tana (corpus
collosum) vositasida qo’shilgan. Yarimsharlar orqa tomonda ko’ndalang yorig’ (fissure transversa
cerebri) vositasida miyachadan ajrab turadi. Miya yarimsharlarining tashqi yuzasi turli chuqurlikdagi
egatlar (sulci cerebri) joylashgan. CHuqur egatlar yarimsharlarni bo’laklarga (lobi cerebri) ajratsa,
mayda egatlar pushtalarni gyri cerebri) chegaralaydi.
Bosh miyaning pastki
yuzasi yoki asosi yarimsharlar, miyacha va miya pog’onasining
ventral qismlaridan hosil bo’lgan. Uning oldingi qismlarida peshona bo’laklarining ostki
yuzalarida hidlov piyozchalari (bulbi olfactori) joylashgan. Ularning
ventral yuzasiga burun
bo’shlig’idan g’alvir suyakning ilma-teshik plastinkasidagi teshiklardan o’tuvchi 15-20 hidlov
nervlari (p.p. olfactori) 1-juft bosh miya nervi keladi. Hidlov piyozchasidan
orqaga qarab hidlov
yo’li (tractus olfactorius) yo’naladi. Uning orqa qismlari kengayib hidlov uchburchagini (trigonum
olfactorum) hosil qiladi. Hidlov uchburchagining orqa tomonida oldingi ilma-teshik modda
(substantia perforate anterior) joylashib, bu teshiklar orqali miya ichiga arteriyalar kiradi. Ilma-teshik
modda oralig’ida ko’ruv nervi kesishmasi (chiasma o’ticum) joylashgan. U ko’ruv nervi (n.
o’ticus) p-juft bosh miya nervi tolalaridan hosil bo’ladi. Ko’ruv nervi orqa tomonga ko’ruv trakti
(tractus o’ticus) bo’lib davom etadi. Ko’ruv nervi kesishmasining orqa tomonida kulrang tepacha
(tuber cinereum) yotadi. Uning pastki qismi torayib voronkani (infundibulum) hosil qiladi.
Voronkaning uchida ichki sekretsiya bezi gipofiz (hypo’hysis) turadi.
Kulrang tepachaning orqa
tomonida oq sharsimon shakldagi ikkita oq so’rg’ichsimon tana (sogroga mamillaria) bor.
So’rg’ichsimon tananing ikki yon tomonida bo’mlamasiga joylashgan ikkita yo’g’on oq to’sinlar
singari miya oyoqchalari joylashgan. Ular o’rtasida oyoqchalararo chuqurcha (fossa
interpedincularis) bo’lib, uning tubini orqa ilma-teshik modda (substantia perforate posterior) hosil qiladi. Bu
teshiklar orqali miya ichiga qon tomirlar kiradi. Miya oyoqchalarining ichki yuzasidan 111 -juft bosh
miya nervi ko’zni harakatlantiruvchi nervning (n. oculomastorius) ildizi ko’rinadi.
Miya oyoqchalarining tashqi yuzasidan 1U-juft bosh miya nervi g’altak nervining
(n.tr ochlearis ) ildizi chiqadi. Miya oyoqchalari orqa tomonda ko’ndalang
bolish shaklidagi
ko’prikga (rons) borib
1100 dan 2000g gacha, o’rtacha erkaklarda 1394g, ayollarida 1245g. Bosh miya uch yirik
qismdan:
katta miya yarimsharlari, miyacha va miya pog’onasidan iborat.
Dostları ilə paylaş: