2 amaliy mashg’ulot Mavzu: bosh miyaning umumiy ko’rinishi. Bosh miyaning asosi, 12 juft bosh miya nervlarining chiqish joylari. Uzunchoq miya. Amaliy mashg’ulotning taplim texnologiyasining modeli



Yüklə 348,42 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/8
tarix02.04.2023
ölçüsü348,42 Kb.
#92579
1   2   3   4   5   6   7   8
2 amaliy mashg’ulot Mavzu bosh miyaning umumiy ko’rinishi. Bosh

Katta miya (cerebrum) markaziy nerv tizimining odamda kuchli taraqqiy etgan eng 
katta va faoliyat jihatidan ahamiyatga ega qismi. Katta miyaning bo’ylama yorig’i (fissura 
logitudinaslis cerebri) uni o’ng va chap yarimsharlarga ajratadi. Yarimsharlar o’zaro qadoq tana 
(corpus collosum) vositasida qo’shilgan. Yarimsharlar orqa tomonda ko’ndalang yorig’ (fissura 
transversa cerebri) vositasida miyachadan ajrab turadi. Miya yarimsharlarining tashqi yuzasi turli 
chuqurlikdagi egatlar (sulci cerebri) joylashgan. CHuqur egatlar yarimsharlarni bo’laklarga (lobi 
cerebri) ajratsa, mayda egatlar pushtalarni (gyri cerebrii) chegaralaydi. 
Bosh miyaning pastki yuzasi yoki asosi yarimsharlar, miyacha va miya pog’onasining 
ventral qismlaridan hosil bo’lgan. Uning oldingi qismlarida peshona bo’laklarining ostki 
yuzalarida hidlov piyozchalari (bulbi olfacnori) joylashgan. Ularning ventral yuzasiga burun 
bo’shlig’idan g’alvir suyakning ilma-teshik plastinkasidagi teshiklardan o’tuvchi 15-20 hidlov 
nervlari (n.n olfacnori) 1-juft bosh miya nervi keladi. Hidlov piyozchasidan orqaga qarab hidlov 
yo’li (tractus olfactoirius) yo’naladi. Uning orqa qismlari kengayib hidlov uchburchagini (trigonum 
olfactorum) hosil qiladi. Hidlov uchburchagining orqa tomonida oldingi ilma-teshik modda 
(substantia perforata anterior) joylashib, bu teshiklar orqali miya ichiga arteriyalar kiradi. Ilma-teshik 
modda oralig’ida ko’ruv nervi kesishmasi (chiasma o’ticum) joylashgan. U ko’ruv nervi (n. 
o’ticus) p-juft bosh miya nervi tolalaridan hosil bo’ladi. Ko’ruv nervi orqa tomonga ko’ruv trakti 
(tractus o’ticus) bo’lib davom etadi. Ko’ruv nervi kesishmasining orqa tomonida kulrang tepacha 
(tuber cinereum) yotadi. Uning pastki qismi torayib voronkani (infundibulum) hosil qiladi. 
Voronkaning uchida ichki sekretsiya bezi gipofiz (hypo’hysis) turadi. Kulrang tepachaning orqa 
tomonida oq sharsimon shakldagi ikkita oq so’rg’ichsimon tana (corpora mamillaria) bor. 
So’rg’ichsimon tananing ikki yon tomonida bo’mlamasiga joylashgan ikkita yo’g’on oq to’sinlar 
singari miya oyoqchalari joylashgan. Ular o’rtasida oyoqchalararo chuqurcha (fossa 
interpedincularis) bo’lib, uning tubini orqa ilma-teshik modda(substantia perforate posterior) hosil qiladi. Bu 
teshiklar orqali miya ichiga qon tomirlar kiradi. Miya oyoqchalarining ichki yuzasidan 111 -juft bosh 
miya nervi ko’zni harakatlantiruvchi nervning(n. oculomastorius) ildizi ko’rinadi. 
taqalgan. Ko’prikning tashqi qismlari miyacha tomon yo’nalib, miyachaning o’rta oyoqchalarini 
(pedunculus medullae oblangatae) hosil qiladi. Ko’prik bilan miyachaning o’rta oyoqchalari 
chegarasida V juft bosh miya nervi uch shoxlik nervning (n.trigeminus) ildizi ko’rinadi. 
Ko’prikdan pastda uzunchoq miyaning ventral qismi joylashgan. Unda o’zaro oldingi 
o’rta yorig’ bilan ajralgan piramidalar (pyramidus medullae oblangatae), ulardan tashqarida esa 
yumaloq tepacha oliva (oliva) ko’rinadi. Ko’prik bilan piramidaning o’rtasidan UG’juft bosh 
miya nervi uzoqlashtiruvchi nervning (n.abdusens) ildizi chiqadi. Undan chekkaroqtsa miyachaning 
o’rta oyoqchalari bilan oliva o’rtasidan ketma-ket joylashgan Up-juft yuz nervi n. facialis) va 
UTTT-juft dahliz-chig’anoq nervining (n. vestibulicochlearis) ildizlari chiqadi. Uzunchoq miyaning 
olivasi orqasidagi egatdan birin-ketin IX-juft til-yutqin nervi (n. glosso’hyngeus), X-juft adashgan 
nerv (n. vagus) va XI -juft qo’shimcha nervlarning (n. accesorius) ildizlari chiqadi. Xp-juft til osti 
nervining (n.hypoglossus) ildizi esa piramida bilan oliva o’rtasidagi egatdan chiqadi. 


Yangi tug’ilgan bolalar bosh miyasi nisbatan katta bo’lib, uning og’irligi o’rtacha o’g’il 
bolalarda 390g, qiz bolalarda 355g bo’ladi. To’rt yoshgacha miya, bo’yiga va balandligiga bir 
tekis o’sib, uning og’irligi bir yeshda 2 marta, 3-4 yoshda 3 marta oshadi, 7 yoshdan so’ng miya 
og’irligi sekin o’zgarib, 20 yoshda erkaklarda 1355g, ayollarda 1220g ni tashqil qiladi. Bosh 
miyani ayrim qismlari bir xil o’smaydi. peshona va tepa bo’laklari nisbatan tez o’ssa, ensa 
bo’lagi esa juda sekin o’zgaradi. 

Yüklə 348,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin