Toshkent kimyo xalqaro universiteti



Yüklə 262,43 Kb.
tarix14.02.2023
ölçüsü262,43 Kb.
#84248
O\'ZBEK ADABIY TILI VA LAHCHASI

TOSHKENT KIMYO XALQARO UNIVERSITETI

BOSHLANG’ICH TA’LIM YO’NALISHI

1-KURS TALABASI

G’ULOMQODIROVA DILDORANING

O’QITUVCHINING NUTQ MADANIYATI FANIDAN

TAQDIMOT ISHI

MAVZU

O’ZBEK ADABIY TILI VA

LAHCHALAR

Adabiy til – har qaysi xalq va millat ma’naviyatida ulkan ahamiyat kasb etadigan,uning ruhiy olamini moddiy shaklda yuzaga chiqarish va umumbashariy taraqqiyot uchun xizmat qildirish, el-yurtni birlashtirish, o’zlikni anglashda muhim vosita bo’ladigan buyuk ijtimoiy hodisa.Adabiy til umumxalq tilining sayqallangan,lekin, fonetik va grammatik jihatdan shu xalq shevalaridagi eng yaxshi xususiyatlarni o’zida mujassam etib,sayqallangan, hamma uchun tushunarli va ma’qul me’yorga solingan umummilliy muloqot vositasidir.Tarix va taraqqiyot jarayonida adabiy til o’zgarib,takomillashib boradi.

Hozirgi zamon o’zbek tilining fonetik, leksik, grammatik, orfoepik hamda orfografik, imloviy normalarining nisbatan mukammal shakllanganligi o’zbek tili madaniyatining ulkan yutug’idir. Hech shubhasiz aytish mumkinki, o’zbek tili eng boy, eng taraqqiy etgan tillardan biri bo’lib, o’z shakllanish, rivojlanish tarixiga ega.

Qadimdan ma’lumki, til eng muhim aloqa-aralashuv, fikr almashuv qurolidir. Bu qurol qator boshqa vazifalarni ham bajaradi: u yoki bu xalq tarixi yoki umuman voqelik haqida xabar beradi, ularni avloddan - avlodga etkazadi, kishilar ongiga ta’sir etadi, estetik zavq bag’ishlaydi. Shuningdek, u bilim berish yoki bilim olish quroli hamdir.

Navoiy aytganidek: «Til shuncha sharafi bilan nutqning qurolidir...».


«Qobusnoma» da Kaykovus hamma hunarlar ichida so’z hunari – notiqlikni a’lo deb bilgan: «Bilgilkim, hamma hunardan so’z hunari yaxshi»

Tilda so’z miqdori qancha ko’p bo’lsa, o’sha tilni boy til deb talqin qilish keng tarqalgan. Bu fikr ma’lum ma’nodagina to’g’ridir. Chunki tildagi so’z miqdori til boyligini ta’minlovchi asosiy omillardan biri bo’lsa ham, til boyligi shu bilangina cheklanmaydi. Bu o’rinda, albatta, o’zbek tilining sinonimlarga, frazeologizmlarga, parafrazalarga nihoyatda boy ekanligi, ular ma’nolarining, shuningdek, umuman o’zbek tilidagi so’zlarning ko’p ma’noliligi nihoyatda yuqori darajada ekanligi ham hisobga olinadi.


O’ZBEK TILI LAHCHALARI
QARLUQ
LAHCHASI
QIPCHOQ LAHCHASI
O’G’UZ LAHCHASI

QARLUQ LAHCHASI

Qarluq lahjasi asosan shahar shevalarini oʻz ichiga oladi (Toshkent, Andijon, Fargʻona, Samarqand, Buxoro). Bu shevalarning muhim fonetik va morfologik belgilari quyidagilar:

a)Soʻz oxiridagi k tovushi y tarzida aytiladi: elak – elay, terak – teray;

b) olashish yuz beradi: aka – oka, nahor – nohor;

d) Bu lahjada qaratqich kelishigining qoʻshimchasi yoʻq boʻlib, uning oʻrniga ham tushum kelishigi qoʻshimchasi –ni ishlatiladi: ukamni daftari

QIPCHOQ LAHCHASI

Qipchoq lahjasi shevalari Oʻzbekistonning hamma viloyatlarida mavjud, ular asosan qishloqlarda tarqalgan. (Samarqand, Jizzax, Surxondaryo, Qoraqalpogʻiston, Shimoliy Xorazm viloyatlari, Turkmanistonning Toshovuz viloyati shevalari). Belgilari quyidagilar:

a) y oʻrnida j ishlatiladi: yoʻl – joʻl, yoʻq – joʻq;

b) gʻ oʻrnida v ishlatiladi: togʻ – tov, sogʻ – sov va boshqalar;

d) k, q tushiriladi: quru (q), sari (q).

OG’UZ LAHCHASI

  • Oʻgʻuz lahjasi janubiy Xorazmdagi (Urganch, Xiva, Xonqa, Xazorasp, Qoʻshkoʻpir, Shovot tumanlari) bir qancha shevalarni oʻz ichiga oladi. Belgilari:
  • a) unlilar qisqa va choʻziq aytiladi: aad (ism);
  • b) t tovushi d, k esa g tarzida aytiladi: togʻ – dogʻ, keldi – galdi;
  • d) – ning qoʻshimchasi – ing tarzida, - ga qoʻshimchasi esa – a, - na tarzida aytiladi: yorimga – yorima, olina (qoʻliga)

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT


Yüklə 262,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin