2-Amaliy mashg‘ulot.
Mavzu:
Cisco Packet Tracer dasturida LAN va VLAN tarmoqlarini qurish.
Ishning maqsadi:
CPT dasturida ikkinchi sath
kommutatori modeli bilan
ishlashni o‘rganish. Kommutator asosida LAN va VLAN tarmoqlarini qurish
bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lish.
Qisqacha nazariy ma’lumot. Kommutator
(switch) –
bu kompyuter
tarmoqlarining bir nechta uzellarini (xostlarini) bir yoki bir nechta tarmoq
segmentlari chegarasida bog‘lash uchun mo‘ljallangan qurilma. Konsentratordan
farqli ravishda kommutator ma’lumotlarni faqat qabul qiluvchiga yuboradi. Bu
tarmoqning samaradorligini va xavfsialigini tarmoqning
boshqa segmentlari ular
uchun mo‘ljallanmagan ma’lumotlarni qayta ishlashini zaruratining oldini olish
hisobiga oshiradi.
Kommutatorlar OSI modelining kanal sathida ishlaydi.
Kommutator
xotirasida kommutatsiya jadvalini saqlaydi, jadval
kommutatorning portiga mos
keladigan qurilma MAC-adresini ko‘rsatadi. Kommutator yoqiganda bu jadval
bo‘sh bo‘ladi va u o‘rganish rejimida ishlaydi. Ushbu rejimda qaysidir portga
kelgan ma’lumot kommutatorning qolgan barcha portlariga yuboriladi.
Bunda
kommutator kadrni tahlil qiladi va yuboruvchi-uzel MAC-adresini aniqlab uni
jadvalga kiritadi. Keyinchalik, agar kommutatorning
portlaridan biriga kadr
yuborilsa va u kadr MAC-adresi jadvalda mavjud bo‘lgan uzel uchun
mo‘ljallangan bo‘lsa, u holda kadr faqat jadvalda ko‘rsatilgan port orqali
yuboriladi. Agar qabul qiluvchi uzel MAC-adresi kommutatorning qaysidir portiga
mos kelmasa, u holda kadr barcha portlarga yuboriladi. Vaqt o‘tishi bilan
kommutator o‘zining barcha portlari uchun to‘liq jadvalni shakllantiradi va
natijada trafik lokalizatsiyalanadi.
Amaliy mashg‘ulotni bajarish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatma.
Ushbu mashqada sizdan to‘rtta shaxsiy kompyuterni kommutator yordamida
birdarajali tarmoqqa 2.1-rasmda ko‘rsatilgandek birlashtirib lokal tarmoq modelini
hosil qilish talab qilinadi.