1.Tavakkaliga 20 dan katta bo‘lmagan natural son tanlanganda,
uning 5 ga karrali bo‘lish ehtimolligini toping.
J: 0,2.
2. Kartochkalarga 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9 raqamlari yozilgan.
Tavakkaliga to‘rtta kartochka olinib, ularni qator qilib terilganda juft son hosil bo‘lishi ehtimolligini goping.
J:4/9
3.Qutida 12 ta oq va 8 ta qizil shar bor. Tavakkaliga
a) bitta shar olinganda uning oq bo‘lishi ehtimolligini toping;
b) bitta shar olinganda uning qizil bo‘lish ehtimolligini
toping;
c) 2 ta shar olinganda ularning turli rangda bo‘lish ehtimolligini toping;
d) 8 ta shar olinganda ularning 3 tasi qizil rangli bo‘lish
ehtimolligini toping;
e) 8 ta shar olinganda qizil rangli sharlar 3 tadan ko‘p bo‘lmasligi ehtimolligini toping;
J: а) b) ; c) ; d) ; e) .
4. Ikkita o‘yin soqqasi baravar tashlanganda quyidagi hodisalarning ro‘y berish ehtimolliklarini toping:
A — tushgan ochkolar yig‘indisi 8 ga teng.
B — tushgan ochkolar ko‘paytmasi 8 ga teng.
C — tushgan ochkolar yig‘indisi ularning ko‘paytmasidan katta.
J:
5. Tanga 2 marta tashlanganda aqalli bir marta gerbli tomon
tushishi ehtimolligini toping.
J:
6.Qutichada 6 ta bir xil (nomerlangan) kubik bor. Tavakkaliga
bitta-bittadan barcha kubiklar olinganda kubiklarning nomerlari
o‘sib borish tartibida chiqishi ehtimolligini toping.
J:. 7.Qutida 5 ta bir xil buyum bo‘lib, ularning 3 tasi bo‘yalgan.
Tavakkaliga 2 ta buyum olinganda ular orasida:
a) bitta bo‘yalgani bo‘lishi;
b) ikkita bo‘lgani bo‘lishi;
c) hech bo‘lmaganda bitta bo‘yalgani bo‘lishi ehtimolligini toping.
J: а) 0,6; b) 0,3; c) 0,9.
8. Uchlari (0,0), (0,1), (1,1), (1,0) nuqtalarda bo‘lgan kvadratga
(х,у) nuqta tashlanadi. Bu nuqtaning koordinatalari tengsizlikni qanoatlantirishi ehtimolligini toping.
J: Р(А) =0,75.
9. Tavakkaliga har biri birdan katta bo‘lmagan ikkita musbat son olinganda, ularning yig‘indisi x+y birdan katta bo‘lmasligi, ko‘paytmasi xy esa 0,09 dan kichik bo‘lmasligi ehtimolliginitoping.
J: .
10. Aylanaga tavakkaliga ichki uchburchak chiziladi. Bu uchburchak o‘tkir burchakli bo‘lishi ehtimolligini toping.
J:
11. Texnik nazorat bo‘limi tavakkaliga olingan 100 ta kitobdan 5 tasi yaroqsiz ekanini aniqladi. Yaroqsiz kitoblarning nisbiy chastotasini aniqlang.
J: