2-AMALIY MASHG’ULOT
Mavzu. Informatika ta’limida an’anaviy, noan’anaviy ta'lim texnologiyalari va ularning turlarini internet resurslari orqali o’rganish va taxlil qilish.
Ishning maqsadi. Talabalarga “Informatika ta’limida an’anaviy, noan’anaviy ta'lim texnologiyalari va ularning turlarini internet resurslari orqali o’rganish va taxlil qilish” yuzasidan nazariy ma’lumotlarni berish va nazriy ma’lumotlar asosida mazkur mavzu yuzasidan amaliy ishlash malakalarini shakllantirish.
Ish jixozi. Darslik, Mavzuga doir internet sayt materiallar.
Amaliy ishda ko’riladigan masalalar:
1.Informatika ta’limida an’anaviy va noan’anaviy ta’lim texnologiyalari. Ta’limning metodi.
1.Informatika ta’limida an’anaviy va noan’anaviy ta’lim texnologiyalari. Ta’limning metodi.
Metod (usul) ‒ yunoncha so‘zdan olingan bo‘lib, “Metodos” ‒ biror narsaga yo‘l ma’nosini anglatadi.
Ta’lim sohasida metod – o‘qituvchi va talabalarning muayyan maqsadga qaratilgan, birgalikdagi faoliyatini tashkil etishning tartibga solingan usullar yig‘indisidir [87, 29].
Ta’lim berish usuli-belgilangan ta’lim berish maqsadiga erishish bo‘yicha ta’lim beruvchi va talabalarning birgalikdagi o‘zaro faoliyatini tartibli tashkil etish yo‘li
Informatika fanini o‘qitish jarayoni
An’anaviy
ta’lim
Noan’anaviy
ta’lim
Passiv, faol va interfaol
3.1-rasm. Informatika ta’limi metodlari
Informatikadan ta’lim berish maqsadiga erishish uchun o‘qituvchi va o‘quvchining birgalikdagi ish faoliyatida an’anaviy, noan’anaviy yoki passiv, faol va interfaol usullardan foydalaniladi (3.1-rasm).
Ta’lim metodlari deganda, o‘rganilayotgan materialni egallashga qaratilgan turli didaktik vazifalarni hal etish bo‘yicha o‘qituvchining o‘rgatuvchi ishi va talabalar o‘quv-bilish faoliyatini tashkil etish usullari tushunilishi lozim.
Ta’lim markazida o‘qituvchi turgan, muayyan muddatga mo‘ljallangan, ta’lim jarayoni ko‘proq o‘qituvchi shaxsiga qaratilgan, mavzuga kirish, yoritish, mustahkamlash va yakunlash bosqichlaridan iborat ta’lim jarayoni an’anaviy (subyekt-obyekt munosabati), ta’lim markazida talaba turgan ta’lim jarayoni noan’anaviy (subyekt-subyekt) ta’lim jarayoni deb yuritiladi.
An’anaviy ta’lim metodlariga ma’ruza, savol-javob, kitob bilan ishlash, suhbat, hikoya va hokazolar kirsa,
noan’aviy ta’lim metodlariga esa, tabaqalashtirilgan o‘qitish, elektron ta’lim manbalari asosida o‘qitish, muammoli, modulli, masofali o‘qitish, o‘qitishda o‘yinli texnologiyalardan foydalanish kabilar kiradi [5].
Passiv uslubda “obyekt” sifatida faqat ko‘ruvchi va eshituvchi bo‘lib, asosiy ishtirokchi shaxs o‘qituvchi hisoblanadi.
Faol uslubda o‘quvchi “subyekt” sifatida mustaqil ishlaydi va ijodiy vazifalarni bajaradi.O‘qituvchi va o‘quvchining o‘zaro ta’siri kuchayib, sustlar faollashadi
3.2 - rasm. Informatikani o’qitishda o’qituvchi va o‘quvchilarning o‘zaro ta’siri.
Interfaol uslubda o‘zaro faol bo‘lish, ta’sir etish kuchayadi. Bunday ta’limda o‘ituvchi faol boshqaruvchiga aylanib, o‘quvchilarning hamkorlikda o‘qiydilar, o‘rganadilar.
Interfaol inglizcha interact – o‘zaro ta’sirlanish (yoki interaction – o‘zaro ta’sir) so‘zidan olingan bo‘lib, biror faoliyat yoki muammoni o‘zaro muloqotda, o‘zaro muomalada, o‘zaro bahs-munozara, farqlash asosida, hamjihatlik bilan hal qilinadi. Informatika fanini noan’anaviy o‘qitish metodlari A.A.Abduqodirov, F.Zokirova, M.Mamarajabov, Q.M.Karimov, D.Esonbayeva, M.T.Mihridinovalarning ilmiy tadqiqot ishlarida keng yoritilib, amalda qo‘llanib kelinmoqda.
Interfaol ta’lim – talabalarning bilim, ko‘nikma, malaka va muayyan axloqiy sifatlarni o‘zlashtirish yo‘lidagi o‘zaro harakatini tashkil etishga asoslanuvchi ta’lim.
Interfaollik talabalarning bilim, ko‘nikma, malaka va muayyan axloqiy sifatlarni o‘zlashtirish yo‘lida birgalikda, o‘zaro hamkorlikka asoslangan harakatni tashkil etish layoqatiga egaliklari. Mantiqiy nuqtayi nazardan interfaollik, eng avvalo, ijtimoiy subyektlarning suhbat (dialog), o‘zaro hamkorlikka asoslangan harakat, faoliyatni olib borishlarini ifodalaydi.
Eng ommaviy interfaol ta’lim texnologiyalari quyidagilar sanaladi:
Interfaol metodlar: “Keys-stadi” (yoki “O‘quv keyslari”), “Blits-so‘rov”, “Modellashtirish”, “Ijodiy ish”, “Munosabat”, “Reja”, “Suhbat”, “Assesment”, “FSMU”, “Kubik” va b.
Strategiyalar: “Aqliy hujum”, “Bumerang”, “Galereya”, “Zig-zag”, “Zinama-zina”, “Muzyorar”, “Rotatsiya”, “T-jadval”, “Yumaloqlangan qor” va h.k.
Grafik organayzerlar: “Baliq skeleti”, “BBB”, “Konseptual jadval”, “Venn diagrammasi”, “Insert”, “Klaster”, “Nima uchun?”, “Qanday?” va boshqalar [5,27, 29].
M uammoli va mantiqiy nazorat savollari
1.Siz informatika ta’limida innovatsion faoliyatni qanday tashkil etish mumkin deb o‘ylaysiz?
2.Informatika ta’limida an’anaviy va noan’anaviy ta’limning farqi nimada deb o‘ylaysiz? Qaysisidan ko‘proq foydalanish o‘rinli?
3.Informatika ta’limida tadqiqot usulidan qanday foydalanish mumkin? Fikringizgni asoslab bering!
4.Informatika ta’limida loyihaviy usuldan qanday foydalanish mumkin deb o‘ylaysiz? Fikringizgni asoslab bering!
5 Informatika ta’limida. o‘quvchilarni qanday qilib ijodkorlikka yo‘naltirish mumkin? Fikringizgni asoslab bering!
6.Siz o‘quvchilaringizni qanday qilib amaliy faoliyatga yo‘naltira olasiz? Fikringizgni asoslab bering!
Dostları ilə paylaş: |