2-amaliy mashg’ulot operasiya nomini tuzilishini o’rganish. Guruh detallar aniqligini tekshirish



Yüklə 152,81 Kb.
səhifə2/4
tarix15.11.2022
ölçüsü152,81 Kb.
#69311
1   2   3   4
2-Amaliy mashg\'ulot

Tekshirish texnologik bazasi deb, ishlanuvchi detalni dastgohdagi holati yoki keskich asbobning o’rnatilishi to’g’rilanuvchi sirt, chiziq, nuqtalarga aytilada.
Tekshirish bazasiga misol bo’lib, mayda seriyali ishlab chiqarish sharoitida kema matorining fundament ramasi podshipnigi teshigini yo’nish amali xizmat qilishi mumkin (3.12–rasm).
Podshipniklarning yo’niluvchi teshiklari (A sirt) o’qlarini paralleligini silindrlar bloki bilan fundament ramasi tekisligiga (B tekislik) nisbatan ta’minlash uchun ramani yo’nish dastgohiga o’rnatishda indikatorlar yoki vaterpas qo’llab, tanavorni tekshirish texnologik bazasi hisoblanuvchi B tekislik to’g’rilanadi. Bu sirt gorizontal holatining to’g’riligi, C sirtni o’rnatishda, maxsus ponasimon qistirmalar qo’llash hisobiga erishiladi.
T exnologik tekshirish bazalar bo’yicha ishlov berishda tanavor tayanch sirtlarining (C sirt) aniqligi va sifati tanavorga ishlov berish aniqligiga ta’sir ko’rsatmaydi. Bu usul, tanavorni dastgohda orientirlash uchun murakkab moslamalardan foydalanishni talab etmaydi. Кo’rsatilgan afzalligi, uni og’ir mashinasozlikda keng qo’llash imkonini beradi.
3.12–rasm. Mator podshipnigi Texnologik bazalarni tanlash savoli texnologik
ichki teshigini yo’nishda tek– baza sirtlar majmuiga jarayonning loyihalashning
shirish bazasini qo’llash boshida ketma ketligi va detalning aloxida sirtlariga
ishlov berish savollari bilan birvaqtda texnolog tomonidan echiladi. Bu erda, tabiiyki, texnologik bazalarni tayinlash birinchi amal uchun texnologik baza tanlashdan boshlanadi. Detalni birinchi o’rnatish uchun qo’llaniluvchi qora texnologik baza deb ataladi.
Qora texnologik bazlarni tanlashda quyidagi talablarga rioya qilinadi.
1. Qora texnologik baza sifatida shunday sirt yoki sirtlar majmui tanlanishi zarurki, unga yoki ularga nisbatan birinchi amalda baza sifatida qo’llaniluvchi sirtlarga ishlov berilishi mumkin, ya’ni qora baza doimo boshqa texnologik bazalarga ishlov berish uchun qo’llanilishi zarur.
2. Detalni moslamada ishonchli mahkamlash va orientirlash aniqligini ta’minlash uchun qora baza yetarli o’lchamlarga ega bo’lishi kerak, mumkin qadar sirtlari eng kam g’adir–budirlikka va yuqori aniqlik darajasiga ega bo’lishi lozim.
3. Qora baza sifatida quyma va pokovkalar sirtlarida qoliplardan yoki
shtamplardan qolgan choklar, turli quyma chiqindilari bor yuzalar qo’llanmasligi darkor.
4. Ishlanmagan sirtlarning aniqligi va g’adir–budirligi doimo ishlangan sirtlar aniqligidan past va g’adir–budirligidan yuqori bo’lganligi sababli, qora baza detalga ishlov berishda faqat bir marta qo’llanilishi zarur, birinchi amalni bajarishda. Hamma keyingi amallar va detallarni o’rnatishlar ishlangan baza sirtlardan amalga oshirilishi zarur.
5. Detalning ishlov berilgan sirtlari tizimini ishlanmagan sirtlariga nisbatan o’zaro to’g’ri joylashganligini ta’minlash uchun, qora texnologik baza sifatida ishlanmay qoluvchi sirtlar majmuini tanlash maqsadga muvofiqdir.
6. Qora baza sifatida shunday sirt olinishi mumkinki, undan ishlov berish jarayonida minimal qo’shim olinishi zarur.
7. Qora baza qo’shimlarni teng taqsimlanishini ta’minlashi zarur, bu ayniqsa quyma va pokovkalardan tayyorlanuvchi murakkab konstruktsiyali javobgar detallarni tayyorlashda muhim.
Albatta keltirilgan qoidalar dogma emas. Birlari bajarilib, boshqalari bajarilmasligi mumkin. Ammo shu qoidalarni bajarishga harakat qilish zarur.

Yüklə 152,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin