Bazalar almashuvi
Mashinasozlik texnologiyasi tajribasida, ba’zi hollarda, detallarning baza sifatida qo’llaniluvchi ayrim yuzalarining boshqa yuzalar bilan almashishi yuz berib turadi.
Bazalar almashishi uyushqoqlik va uyushqoqsizlik tarzida sodir bo’lishi mumkin. Uyushqoqlik bilan sodir bo’ladigan baza almashinuvi qandaydir aniq sharoitga bo’ysungan holda olib boriladi, bunday baza almashuvini boshqarsa bo’ladi. Uyushqoqsizlik bilan sodir bo’ladigan baza almashinuvi tasodif tarzda sodir bo’lib, ma’lum shart–sharoitga bo’ysunmagan holda olib boriladi, bunday baza almashinuvini boshqarib bo’lmaydi.
Juda ko’p hollarda uyushqoqlik bilan sodir bo’luvchi baza almashinuvi detallarni, dastgohga, moslamaga yoki ishchi joyga o’rnatish hamda mahkamlash vaqtida yuz beradi.
Uyushqoqsizlik bilan bir yoki bir necha bazani almashtirishga quyidagi hollarda zaruriyat tug’iladi:
a) bir o’rnatishda detal yuzalariga ishlov berib bo’lmagan vaqtda;
b) detalga talab etilgan aniqlikni olish uchun bir necha texnologik tizimda ishlov berishga to’g’ri kelganda;
v) yig’ish mobaynida talab etilgan aniqlikka eng oson va tejamli yo’l bilan erishish mumkin bo’lganda;
g) aniqlikni oshirish, o’lchov vositalari harajati va vaqtni qisqartirish maqsadida o’lchashni osonlashtirishda.
Bazalash asoslari mashinaning xohlagan detalini tayyorlashda eng asosiy omil, aniq detal ishlash omili bo’lib hisoblanadi.
Baza tushunchasi. Baza – bazalash uchun qo’llaniluvchi va tanavorga yoki buyumga tegishli bo’lgan yuza, yoki uning funksiyasini bajaruvchi yuzalar to’plami, o’q (chiziq) va nuqtalarga tushuniladi.
Bazalash tushunchasi. Bazalash – tanavor yoki buyumga tanlab olgan koordinat tizimiga nisbatan talab etilgan holat berish (GOST 21495–76).
Mahkamlash tushunchasi. Mahkamlash – bazalashda erishilgan holatni ta’minlash uchun tanavorga yoki buyumga kuch va juft kuch qo’yish.
O’rnatish tushunchasi.
Dostları ilə paylaş: |