2-amaliy mashg‘ulot Poyezdlar harakati grafigi va elektrovozlarni borib qaytishi grafigi


Elektrovoz harakati jadvali, almashinish jadvali



Yüklə 44,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix07.01.2024
ölçüsü44,82 Kb.
#210284
1   2   3
2-amaliy mashg`ulot ET 7-semestr

Elektrovoz harakati jadvali, almashinish jadvali. 
Elektrovoz va elektropoezdishlari, 
barcha temir yo’ltransporti ishlari kabi, tashish jarayonini rejalashtirishda, 
р
oezdlar harakati 
jadvali asosida reglamentlanadi.


Harakatlanish jadvali barcha temir yo’l bo’linmalari, stansiyalar, lokomotiv, motor-vagon 
va vagon depolari, quvvat maydonchalari, masofa havfsizlik va aloqa, yo’l va boshqalar ishini 
birlashtiradi. 
Harakatlanish jadvali poezdlar ketma-ketlik va davomiylik yetkazilishi ishlarini; yetib 
kelish vaqtini, turish vaqti va poezdlarni har bir bo’lingan punkt va stansiyaga yuborilish vaqtini; 
poezdlar vazni va yetkizilish vaqtlarini ma’lum tortish hisob-kitoblari va tajriba safarlarni, 
uzunligi va massasi oshirilgan poezdlar boshqaruvida qo’llaniladigan ilg’or metod normalari 
asosida reglamentlaydi; poezdlarni qayta ishlash va navbatchi stansiyalarda lokomotivlarga 
xizmat ko’rsatishning texnologik normalarini o'zida aks ettiradi. 
Poezdlar harakati jadvallari eksplutatsiya sharoitlariga qarab quyidagi sxema orqali 
klassifikatsiyalanadi, Rasm 5.
Rasm 5 
Grafik turi elektrovoz va elektropoezd eksplutatsiya ishlarini tashkillashga, misol uchun, 
ularni qaytish punktlarida turish va yo’l-yo’lakay, qaytish poezdlarini kutish, qo'shish joylari, 
elektr harakatlanuvchi tarkibga texnik xizmat ko'rsatish va ekipirovkaishlariga sezilarli ta'sir 
o’tkazadi. 
Temir yo’l yo’nalishlarining o’tkazib yuborish va yetkizib berish salohiyati temir yo’l 
ishlarining muhim ko’rsatkichlari hisoblanib, poezdlar harakati jadvallarida aks ettiriladi. 
O’tkazib (Qo’yib) yuborish salohiyati deb–temir yo’l maydonchasidagi ma’lum o’rnatilgan 
vaznli poezd va poezd juftliklarning kattaroq miqdorda, shu maydonchada texnik jixozlangan 
tarmoq, texnik jixozlar quvvatliligi va qabul qilingan poezdlar harakatini tashkillash metodi 
orqali ma’lum sutka yoki soat ichida o’tkazib yuborishga aytiladi. 
Yetkazib berish salohiyati bor bo’lgan elektrovoz, vagon, elektroenergiya orqali tashish 
mumkin bo’lgan yuk hajmini tonnalarda aniqlaydi. Yetkazib berish salohiyati temir yo’l 
tarmoqlari ishlab chiqarish quvvatining asosiy ko’rsatkichi hisoblanib, avvalambor O’tkazib 
yuborish salohiyatiga bog’liqdir. Chnki yuk poezdlari vazni aynan shu maydonchada aniqlanishi 
mumkin. 
Jadval oralig’i deb, bir yo’llik maydonchalarda qaytalanuvchi poezdlar (yoki bir juft poezd) 
guruhi orqali qayta yo’naltirish vaqtiga, ikki yo’llik da – paket dagi poezdlarning (paket jadval) 
oraliq vaqti va bir poezd orqali qayta yo’nalitirish (paketdan tashqari jadval) uchun ketgan vaqtga 
aytiladi. 
Quyidagi elektropoezdlari harakatlari jadval turlari qo’llaniladi: 
- Paralell, unda elektropezdlar har bir to’xtash punktlarida to’xtash joyiga ega; 


- Hududiy, bunda bir xil kategoriyadagi elektropoezdlar ma’lum hudud ichida to’xtash 
joyiga ega emas; 
Hududiy stansiya kuzatib kelish yo’li tugagan elektropoezdlar uchun qaytarish punkti 
hisoblanadi.
Parallel va hududiy jadvaldan tashqari shaharlar aro ko’proq yuk hajmini tashishda yirik 
uzellar uchun, ko’o yonalishli lekin umumiy oraliq stansiyalariga ega bo’lgan 
elektropoezdlarning qisman mayatnik harakat jadvali ishlatiladi. Bunday jadval 
elektropoezdlarni bir yo’nalishdan ikkinchi yo’nalishga o’tishida harakatlanuvchi tarkibga 
bo’lgan talabni va eksplutatsiya harajatlarini kamaytirishni ko’zda tutadi.
Elektrovozlar almashinish jadvali deb elektrovozlar harakati jadvali asosida tuzilgan va 
elektrovozlarga xizmat ko’rsatish tizimi hamda ularga ishchi brigadalar tomonidan xizmat 
ko’rsatish usullari asosida tuzilga ish rejasiga aytiladi. Almashinish jadvalida belgilangan 
masshtabdagi har bir poezdning asosiy depo va almashinish punktlariga borish vaqti va ularni 
shu yerdagi turish vaqti ko’rsatiladi. 
Elektrovozlar almashinish jadvalini tuzish metodikasining vazifasi: bir shartli elektrovoz 
orqali almashinish stansiyalaridagi barcha ko’rsatilgan poezd juftliklariga, qabu qilingan 
elektrovozlarni ulash talablariga rioya qilgan holda xizmat ko’rsatilishidadir. Haraktlanish 
jadvali bo’yicha elektrovozlarning poezdlar bilan harakati vaqt chizig’i, 24 soatga teng bo’lgan 
gorizontal vaqt chizig’i bo’yicha tashkillanadi. 24 soatlik sutka jadvali to’lib qolsa to barcha 
poezdlarga xizmat ko’rsatilmaguncha elektrovozlar ishi keyingi sutkaga ko’chiriladi. (6-rasm) 
6-rasm. Elektrovozlar almashinish jadvali 
Tashkillangan almashinish jadvali turlik(
типовой)
deb ataladi. 
Agar shartli elektrovoz ish jadvali, barcha poezdlarga xizmat ko’rsatilgandan so’ng yana 
xizmat ko’rsatilish boshlangan poezdga ulansa, bunday almashinish jadvali 

Yüklə 44,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin