ism = 'Akobir'
yosh = 36
xabar = ism + ' ' + yosh + ' yoshda'
print(xabar)
Natija: TypeError: can only concatenate str (not "int") to str
Demak Pythonda matn (string) va son (int, float) turidagi o'zgaruvchilarni jamlab bo'lmas ekan. Faqatgina matn yokida faqatgina string tipidagi o’zgaruvchilar orasida “+” amalini bajarishimiz mumkin!
Pythonda bir turdagi o'zgaruvchini boshqa turga o'tkazish mumkin, bu convertatsiya jarayoni deyiladi
|
str()— int yoki float turidagi sonlarni matnga o'zgartiradi.
int()— matn yoki float ko'rinishidagi qiymatlarni butun songa o'zgartiradi. Bunda matn butun son ko'rinishida bo'lishi kerak.
float()— matn yoki int ko'rinishidagi qiymatlarni o'nlik songa o'zgartiradi.
D emak, yuqoridagi kod to'g'ri ishlashi uchun 3-qatorni quyidagicha o'zgartiramiz:
|
ism = 'Akobir'
yosh = 36
xabar = ism + ' ' + str(yosh) + ' yoshda'
print(xabar)
Natija: Akobir 36 yoshda
str(yosh) kodi yosh degan o'zgaruvchining qiymatini matn ko'rinishida ko'rsatdi xolos. Asl o'zgaruvchining qiymati sonligicha qoladi. int() va float()ham huddi shunday ishlaydi.
|