2-Amaliy mashg‘ulot



Yüklə 19,41 Kb.
səhifə1/4
tarix30.04.2023
ölçüsü19,41 Kb.
#105104
  1   2   3   4
2-amaliy mashg\'ulot


2-Amaliy mashg‘ulot.

Mavzu: Tirik va o‘lgan hayvonlarni parazitlar bilan zararlanganligini aniqlash.


Kerakli jihozlar: Turli xil parazitlardan namunalar, mikroskop, lupa, pinset, petri idishlari, qaychi, skapel, buyum oynasi, qoplag’ich oyna, spirt 70%.
Ishdan maqsad: Tirik hayvonlarni gelmintoz kasalliklari qo‘zg‘atuvchilari bilan zararlanganligini aniqlash uchun ularni klinik belgilarini kuzatish, maxsus laboratoriya va immunologik tekshirishlarga asoslangan holda tashxis qо‘yiladi.
Ishni bajarish tartibi:
Klinik belgilarni kuzatish. Kasallikning xarakterli va sezilarli belgilari-markaziy nerv sistemasi faoliyatining buzilishi (senurozda), teridan qon ketishi (setariozda), konyunktivit va keratit (telyaziozda) kabi belgilardan iborat. Kо‘pchilik gelmintozlarda kasallikning kо‘zga kо‘rinarli klinik belgilari bо‘lmaydi, tez-tez uchraydigan va kam xarakterli belgilar bilan chegaralanadi. U ham bо‘lsa, ovqat hazm qilish organlari faoliyatining buzilishi, oriqlashi, yosh mollarning о‘sishidan orqada qolishi, kundalik о‘sishining pasayishi, sog‘iladigan sut va boshqa mahsulotining kamayishi bilan ifodalanadi. Shuning uchun ham maxsus klinik kuzatishlar gelmintoz kasalliklarini aniqlashda muhim ahamiyatga ega emas. Shunga qaramasdan, juda kо‘p hayvonlarning ichi ketishi, mahsuldorligining kamayishi gelmintoz kasalliklaridan darak berishi mumkin, lekin bu belgilar aniq tashxis qо‘yishga imkon bermaydi.
Laboratoriya diagnostikasi. Hayvon organizmidagi jinsiy yetuk gelmintlar doimiy ravishda tuxum yoki tuxumdan yangi lichinka holida tashqi muhitga chiqariladi yoki qon va limfa suyuqliklarida, u yoki bu tо‘qimalarning hujayralari orasida tо‘planadi.
Hayvon ekskrementlarida, bezlarida, tо‘qimalarida u yoki bu gelmintlarni, ularning tuxum va lichinkalarini uchratish, ularning tiriklik davrida laboratoriya usulida gelmintlar ta’sirida qо‘zg‘atiladigan kasalliklarini aniqlashga kiradi.
Gelmint tuxumi va lichinkalari kо‘pincha tezak bilan, ayrim hollarda siydik bilan, kо‘z yoshi bilan (kо‘zning shilliq pardasida, kо‘z yoshi bezlarida parazitlik qiluvchi gelmintlarning lichinkalari) tashqi muhitga chiqariladi.
Qon va limfa suyuqliklaridagi gelmint lichinkalari tananing berk bо‘shliqlarida yoki tashqi muhit bilan aloqada bо‘lmagan organ va tо‘qimalarda parazitlik qiladi. Muskul tolalarining oralig‘ida trixinella lichinkalari tо‘planadi. Ovqat hazm qilish sistemasida parazitlik qiluvchi gelmintlar kо‘pincha hayvon о‘lganidan keyin yoki gelmintsizlantirilgandan sо‘ng tezagi bilan tashqi muhitga chiqadi.

Yüklə 19,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin