2-Amaliy mashg‘ulot


Gelmintozlarni immunologik usulda aniqlash



Yüklə 19,41 Kb.
səhifə3/4
tarix30.04.2023
ölçüsü19,41 Kb.
#105104
1   2   3   4
2-amaliy mashg\'ulot

Gelmintozlarni immunologik usulda aniqlash. Xuddi yuqumli kasalliklar singari, gelmintoz kasalligida ham turli darajada immunitet bо‘ladi va antitela paydo bо‘lishi kuzatiladi. Hozir kо‘pgina gelmintoz kasalliklarda immunologik diagnostika metodi ishlab chiqilgan va ular tajribada tekshirilgan. Lekin bu usullarning kо‘pchiligi hozircha veterinariya tajribasida qо‘llanilmaydi, chunki bu biopreparatlar sanoatda yetarli miqdorda ishlab chiqarilmayotir.
Gelmintozlarni epizootik aniqlash. Ayrim vaqtlarda olingan epizootologik ma’lumotlarga asoslanib, ba’zi gelmintoz kasalliklariga taxminiy tashxis qо‘yish mumkin. Bu tashxisni tirik yoki о‘lgan hayvonlarda о‘tkazilgan maxsus tekshirishlar bilan tasdiqlash kerak.
1. Mollari moniyezioz bilan zararlangan xо‘jaliklarda may, iyun oylarida qо‘zilar kо‘plab о‘ladi. Shularga kо‘ra moniyeziozga taxminiy tashxis qо‘yish mumkin.
2. Telyazioz avj oladigan iyun, avgust oylarida xо‘jalikdagi juda kо‘p qoramollarda konyunktivit va keratit belgilari kuzatiladi. Shunga kо‘ra telyaziozga taxminiy diagnoz qо‘yish mumkin.
Kо‘pgina gelmintoz kasalliklarning aniq klinik belgilari ma’lum vaqtda paydo bо‘ladi. Kasallikning avj olishi mamlakatning turli mintaqalarida turli vaqtlarga tо‘g‘ri keladi. Taxminiy tashxis qо‘yishda yilning fasli hisobga olinib, ma’lum joylar uchun xos sharoitlarni hisobga olish kerak.
Diagnostik gelmintsizlantirish. Gelmintozlarga aniq tashxis qо‘yish uchun kerakli dorilardan foydalanib, hayvon oshqozon-ichagidan birorta gelmint yoki uning lichinka hamda bо‘g‘inlarini ajratish diagnostik gelmintsizlantirish deyiladi.
Diagnostik gelmintsizlantirish hayvonlarning ayrim belgilariga kо‘ra jinsiy voyaga yetmagan gelmintlar qо‘zg‘aydigan kasallik borligiga shubha tug‘ilganda о‘tkaziladi. Bunday vaqtda boshqa laboratoriya usulidan foydalanib bо‘lmaydi, chunki kasallik qо‘zg‘atuvchi gelmintlar voyaga yetmaganligi sababli tezak yoki boshqa organizmga keraksiz ajratmalar bilan bо‘g‘in, tuxum yoki lichinkalar ajratmaydi. Diagnostik gelmintsizlantirish uchun kasallanganligiga shubha qilingan 5-6 bosh hayvon ajratilib, alohida boqiladi va ularga terapevtik dozada kerakli antigelmintik beriladi. Sо‘ngra 1-2 kun ushbu hayvonlarning tezagi tо‘planib, qо‘zg‘atuvchini topish uchun gelmintoskopik usulda tekshiriladi.
Xо‘jalik sharoitida kavsh qaytaruvchi hayvonlarning moniyeziozi, gо‘shtxо‘r hayvonlarning sestodozlari, chо‘chqa askaridozi va parrandalarning askaridozi kabi kasalliklarga tashxis qо‘yishda diagnostik gelmintsizlantirish kо‘proq о‘tkaziladi.

Yüklə 19,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin