2-Amaliy mashg’ulot Iqtisodiyot va jamiyatning rivojlanishida axborot texnologiyalarning roli.
1-topshiriq
Axborot texnologiyalarning rivojlanish bosqichlari.
2-topshiriq.
Axborot texnologiyalarining qo’llanilish sohalari.
Axborot texnologiyalarining qo'llanish sohalari.
Axborot texnologiyalari faqat fan va texnika hodisasi bo'lmasdan, iqtisodiy rivojlanishning muhim omiliga aylanmoqda. Axborot bilan qamrab olinmagan biror muhim xo'jalik sektorini (ishlab chiqarish, transport, kredit-moliya sohasi, savdo) misol keltirish qiyin. Ayni paytda kompyuterlar va aloqa vositalari asosida axborotni to'plash, saqlash va taqdim etishning zamonaviy usullari, yangi axborot texnologiyalari va xizmatlarni sotish (tarqatish) maqsadlarida ishlab chiqarish mustaqil tarmoq sifatida shakllandi va ajralib chiqdi. Shunday qilib, xalq xo'jaligini axborotlashtirish kelgusiga yorib o'tish demakdir.Axborot texnologiyalari, shu jumladan, kompyuterlar keng qo'llanilib
kelayotgan ayrim sohalarni ko'rib chiqamiz.
Biznes sohasi
Axborot texnologiyalari yangi korxona yoki firmaning muvaffaqiyat bilan
faoliyat ko'rsatishida katta rol o'ynashi mumkin. Masalan:
- biznes reja tuzishda va kutilayotgan daromad va chiqimlarni hisoblashda;
- kompaniya yoki firmaning emblemasini va tegishli hujjatlarini tartibga
keltirishda;
- kompaniya yoki firmaning taqdimot marosimini o'tkazishda;
- reklamalarning loyihasini tuzish va reklama materiallarini tayinlash, hisobotlar,
shartnomalarni tayyorlashda;
- mijozlar haqidagi ma'lumotlar ro'yxatini saqlash va u bilan ishlashda;
- boshqa firmalar, potentsial ta'minotchi, ulgurji xaridorlar bilan bog'lanishda;
- mijozlar va ta'minotchilar bilan muzokara olib borish va hokazolarda.
Bank sohasi
Bank tizimi o'zining ish faoliyatida axborot texnologiyalaridan keng foydalanish imkoniyatiga ega. Masalan:
- yil davomida sutkasiga 24 soat mijozlarga aloqa uchun va tegishli ma'lumotlarni
olish, balansni tekshirish, hisobni to'lash imkoniyatini yaratish;
- mijozlarga xizmat ko'rsatish madaniyatini oshirish;
- kredit kartochkalari yordamida telefon yoki Internet orqali xizmatni yo'lga
qo'yish va boshqalar.
Robototexnika sohasi
Ma'lumki, "robot" so'zi bizning tilimizga ilmiy fantastikadan kirib kelgan. Birinchi bor bu so'zni oltmish yil oldin taniqli chex fantast yozuvchisi Karel Chepek ishlatgan. Ammo "mexanik odamlar" undan oldinrok ham ma'lum edi. O'rta asrlarda inson iste'dodlariga ega bo'lgan musiqachi-qo'g'irchoq yoki rassom-qo'g'irchoqlar paydo bo'lganligi ma'lum.Kompyuter asri boshlanishi bilan insonni og'ir va zararli mehnatdan ozod etadigan robotlar paydo bo'ldi.
Ular garchi odam qiyofasida bo'lmasa-da, ko'plab funktsiyalarni (ishlarni) bajara oladilar. Masalan, UzDAEWOOavto O'zbekiston - Koreya qo'shma avtomobil korxonasida turli ishlarni bajaradigan robotlar keng qo'llanilmokda. Bugungi kunda robotlar mashinasozlik zavodlarida, po'lat quyish sexlarida, ximiyaviy laboratoriyalarda, qurilishda keng qo'llanilmoqda. Robotlarni yaratish bilan shug'ullanadigan texnikaning mahsus shohobchasi - robototexnika paydo bo'ldi.
Robotlar orasida keng tarqalgani bu robot manipulyatorlardir. Manipulyatorlar - o'ta sezgir va kuchli mexanik qo'ldir. Robotlarni kompyuter boshqarib turadi, ya'ni kompyuter robotning "miyasi"dir, ular telekameralar orqali "ko'rib", mikrofonlar yordamida "eshitadilar", ya'ni axborot qabul qiladilar. Mahsus datchiqlar "sezgi" organi vazifasini o'taydi.
Marketing sohasi. Marketing inglizcha "market" (bozor) so'zidan olingan bo'lib, bozor, savdo sohasidagi faoliyatni anglatadi.Marketingda eng asosiysi, bozorni, xaridorlar talab va ehtiyojlarini chuqur va har taraflama o'rganish va ishlab chiqarishni shuning asosiga qurish, ikkinchi tomondan esa bozorga, mavjud talab va ehtiyojga faol ta'sir ko'rsatish, xaridorlarning muayyan mollarga bo'lgan talablarini shakllantirishdan iborat.Marketingni kompyuterlarsiz, axborot texnologiyalarisiz tasavvur etib bo'lmaydi.
Ishlab chiqarish sohasi. Ishlab chiqarishning deyarli barcha sohalarida kompyuterlar qo'llanilib kelmoqda. Kompyuterlar ko'pgina texnologik jarayonlarni boshqarmoqda. Ular yordamida yangi mahsulotning chizmasini yaratishdan toki tayyor mahsulot bo'lib chiqqunga qadar bo'lgan barcha jarayonlarni avtomatlashtirish mumkin.Mahsulot shaklini konstruktor kompyuter ekranida chizib, tegishli o'zgartirishlar yasab, qog'ozga chop etishi mumkin. Mahsulotni ishlab chiqarish uchun kerakli barcha qurilmaning imkoniyatlari, unga ketadigan sarf-xarajatlarni hisob-kitob kilishda va boshka ishlarni bajarishda ham kompyuter beg'araz yordamchidir. Mahsulotni ishlab chiqarishda axborot asosiy kompyuterdan ishlab chiqarish liniyalariga etkaziladi. U yerda axborotni qabul qilishga tayyor turgan robotlar kompyuter uzatgan dastur asosida mahsulotni yig'a boshlaydi. Tayyor mahsulotlar esa robotlar yordamida tekshirilib, omborlarga jo'natiladi.
Tibbiyot sohasi. Ma'lumki, shifokorga borishni ko'pchiligingiz xush ko'rmaysiz. Birinchidan, siz bemorsiz. Sog'lom odam u erga bormaydi. Ikkinchidan, u erda hamma joyda navbatda turishga tug'ri keladi. Masalan, registraturada kasallik varaqasi uchun, shifokorlar qabuliga kirish uchun va hokazo. Uchinchidan, shifokor yozib bergan dorilarni dorixonalardan izlash kerak bo'ladi.Kompyuterlarning shifohonalarda va poliklinikalarda paydo bo'lishi ko'p narsalarni, jumladan, yuqoridagi muammolarni ham tubdan o'zgartirib yuboradi. Endi siz tug'ridan-tug'ri shifokor huzuriga yo’l olasiz. Uning ish stolida odatdagi meditsina ish qurollaridan tashqari kompyuter ham joy olgan: uning xotirasida barcha bemorlarning kasallik tarixi yozib qo'yilgan. Agar siz oldin ham murojaat etgan bo'lsangiz, sizniki ham bo'ladi. Birinchi bor murojaat etayotgan bo'lsangiz siz haqingizdagi barcha axborotni shu erning o'zida shifokor kompyuterga kiritib qo'yadi. Kasalligingiz haqidagi barcha ma'lumotlar kompyuterga kiritilgach, sizning kasalligingiz haqida tashxis qo'yiladi va chop etish qurilmasi yordamida dorilar uchun retsept chop etib beriladi. Retseptni olib, boshqa kompyuter yordamida ushbu dorilarni eng yaqin bo'lgan qaysi aptekalardan topish mumkinligi haqida axborot olishingiz mumkin.Kompyuter meditsinada boshqa ishlarga ham qodir. Masalan, tomograf-ya'ni siljib harakatlanadigan rentgen apparati insonning ixtiyoriy organi haqida to'liq ma'lumot olishi, ulardagi mikroskopik defektlar, chet jinslar (masalan, buyrakdagi tosh) haqida ma'lumot berishi mumkin. Tomograf uzatgan axborotni tezda qayta ishlash va ekranda ko'rsatish uchun albatta u kompyuter bilan bog'langan bo'lishi shart.
1.2. O'zbekistonda axborot kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanish bosqichlari
Ma’lumki, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy qilish – istalgan davlat taraqqiyotining zaruriy sharti hasoblanadi. Bozor iqtisodiyoti va demokratik islohotlar yo‘lidan borayotgan O‘zbekiston ham bundan mustasno emas. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishida erishilgan yutuqlar, natijalarga bugun barchamiz guvoh bo‘lib turibmiz. O‘tagan yillar davomida -nafaqat AKT sohasi, balki shu yo‘nalishda mehnat qilayotgan har bir inson hayotida yodda qolarli voqealarga boy bo‘lgani, shubhasiz. Rivojlanish strategiyasi Yurtimiz axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanish strategiyasi 2013-2020 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining milliy axborot-kommunikatsiya tizimini kompleks rivojlantirish dasturi asosida amalga oshirilmoqda. Mazkur dastur Prezidentimizning 2013 yilning 27 iyunidagi qarori bilan tasdiqlangan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2014 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan majlisida Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi oldiga Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini kompleks rivojlantirish dasturida belgilangan loyiha va chora-tadbirlarni o‘z vaqtida bajarish vazifasi qo‘yilgandi. Telekommunikatsiyalar infratuzilmasi AKTni rivojlantirishning asosi hisoblanadi.
Amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida bu yo‘nalishda qator natijalarga erishildi.Xalqaro axborot tarmoqlaridan foydalanish umumiy tezligi 2014 yil davomida 42,3 foizga o‘sdi va 15,5 Gbit/s.ga yetdi.Operator va provayderlar uchun internet-xizmatlari (tashqi kanal) tarifi 1 Mbit/s. uchun 276,27 AQSh dollarigacha tushirildi. Narxlarning pasayishi 2014 yilda 11,6 foizni tashkil etdi.“Bo‘zatau–Qo‘ng‘irot”, “G‘uzor–Boysun”, “Denov–Uzun–Sharg‘un”, “Jaslik–Qoraqalpog‘iston”, “Mo‘ynoq–Qibla Ustyurt”, “Uzun–Tojikiston chegarasi” uchastkalarida zamonaviy texnologiyalar asosida kengpolosali aloqani ta’minlovchi 2000 km.dan ortiq optik tolali aloqa liniyasi qurildi. Natijada ushbu tarmoq orqali mijozlarga videotelefoniya, internet-televideniye, yuqori tezlikdagi internet, HDTV-kanallar va boshqa xizmatlarni ko‘rsatish imkoni yaratildi. Internetga kengpolosali ulanish xizmatlarini ko‘rsatish uchun o‘rnatilgan portlar soni 640 mingga oshirildi, foydalanilayotgan portlar soni esa 135,1 foizga o‘sdi.
Yirik loyihalarning amalga oshirilishi simsiz aloqaning taraqqiy etishiga ham xizmat qilmoqda. Bugungi kunda mobil aloqa operatorlari to‘rtinchi avlod tarmog‘i – 4G (LTE)ni joriy qilishmoqda. Ushbu texnologiyalar internet-foydalanuvchilarning AKTdan foydalanish imkoniyatlarini yanada oshiradi. “O‘zbektelekom” AK chaqiriqlarga xizmat ko‘rsatuvchi Yagona markaz loyihasini joriy etish doirasida respublikamizning barcha hududlarida 13ta mintaqaviy markazlar tashkil etildi. Mazkur loyihaning amalga oshirilishi telekommunikatsiya va internet-xizmatlar ko‘rsatish sifatining yanada yuqori bosqichga chiqishini ta’minlaydi.Mahalliy telekommunikatsiya tarmoqlarini yangi avlod texnologiyalari asosida modernizatsiya qilish ishlari davom etmoqda. Joriy yil davomida respublikamiz bo‘ylab 26ta zamonaviy kommutatsiya uskunalarining ekspluatatsiya qilinishi telefon raqamlari sig‘imini sezilarli miqdorda oshirishga imkon berdi.
Mamlakatimiz rahbarining “Xitoy Xalq Respublikasi Davlat taraqqiyot banki Ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi telekommunikatsiyalar tarmog‘ini modernizatsiya qilish va investitsion loyihalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha 117,6 mln. AQSh dollariga teng (shu jumladan, Xitoy Davlat taraqqiyot banki tomonidan ajratilgan 100 mln. AQSh dollaridagi kredit vositalari hisobiga) loyihalar amalga oshirilmoqda. Ushbu yirik loyihalar magistral ma’lumotlar uzatish tarmoqlari imkoniyatini kengaytirishga qaratiladi: xalqaro yo‘nalishda 10 barobarga (100 Gbit/s.gacha), viloyatlar markazlarida — 4 barobar (40 Gbit/s.gacha) va tumanlar markazlarida — 10 barobar (10 Gbit/s.gacha). O‘zbekiston Respublikasida 2014–2015 yillar davomida Wi-Fi texnologiyasi bo‘yicha kengpolosali ulanish tarmoqlarini rivojlantirish dasturi ham amalga oshirilyapti. Mazkur dasturdan ko‘zlangan maqsad – barcha viloyatlarda, jumladan aeroportlarda, vokzallarda, sayyohlar ko‘p tashrif buyuradigan joylarda, istirohat bog‘lari, savdo markazlari va boshqa jamoatchilik joylarida simsiz kengpolosali ulanishni tashkil qilishdan iborat. Raqamli televideniya Prezidentimizning “O‘zbekiston Respublikasida raqamli televideniyaga texnik va texnologik o‘tish bo‘yicha Davlat dasturi to‘g‘risida”gi qaroriga asosan televideniye sohasiga zamonaviy telekommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha ishlar davom etmoqda. Dastur doirasida mamlakatimizda teleuzatishlarni raqamli formatga o‘tkazish ikki bosqichda: birinchisi 2013–2015 yillarni qamrab olsa, ikkinchisi — 2016–2017 yillarda amalga oshiriladi.Davlat dasturining birinchi bosqichida 84ta yuqori kuchlanishdagi uzatgichlar o‘rnatiladi. Natijada mamlakatimiz yirik aholi maskanlarining 90 foizini raqamli televideniye bilan qamrab olish imkoni paydo bo‘ladi. Bugungi kunda O‘zbekiston aholisining 54 foizi raqamli televideniye bilan qamrab olingan. Hozirda Toshkent shahridan tashqari, Toshkent, Samarqand, Xorazm, Buxoro, Andijon, Namangan, Farg‘ona, Navoiy, Qashqadaryo viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasining ko‘plab tumanlarida raqamli televideniye dasturlarini yuqori sifatda tomosha qilishlari mumkin.Zamonaviy AKT Ushbu yo‘nalishdagi asosiy e’tibor “Elektron hukumat” tizimini rivojlantrishga qaratiladi. Hozirgi paytda mazkur tizimning alohida elementlari muvaffaqiyatli
faoliyat ko‘rsatmoqda, jumladan:
• O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (32,6 mingdan ortiq normativ-huquqiy hujjatlarni o‘z ichiga olgan).
• Soliq to‘lovchining portali (soliq hisobotlarini elektron shaklda qabul qilish va qayta ishlash imkonini berib, bugungi kunda tizimdan tadbirkorlarning 99 foizi foydalanishmoqda).
• Litsenziatning yagona portali (unda litsenziya va ruxsatnomalar olish uchun zarur bo‘ladigan hujjatlar, litsenziyalanadigan faoliyat turlari va ruxsat berish tartib-taomilllari haqidagi ma’lumotlar to‘liq taqdim qilingan).
• Deklarantlarning yagona portali (tizim orqali yil boshidan buyon barcha bojxona yuk deklaratsiyalarning 99 foizi elektron shaklda ro‘yxatga olingan).
• “eStat” avtomatlashtirilgan elektron statistika hisoboti tizimining joriy qilinishi natijasida firma nomlarini elektron tartibda zaxiralash ulushi 97 foizga yetdi.
• Kommunal xo‘jaligi va uy-joy fondi portali murojaat va shikoyatlarni qabul qilish va qayta ishlash, kommunal xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish, shuningdek, tariflar haqidagi ma’lumotlar kabi keng turdagi xizmatlarni ko‘rsatib kelmoqda.
• E-Visa axborot tizimining joriy qilinishi evaziga xorijliklarning O‘zbekistonga vizani elektron shaklda rasmiylashtirilishi ulushi 90 foizdan oshdi.
• Xo‘jalik sudlariga 35 mingdan ortiq da’vo arizasi va iltimosnoma e-Sud tizimi orqali elektron shaklda taqdim qilingan.
“Elektron hukumat” tizimini kelgusida yanada rivojlantirish maqsadida Axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish uchun davlat buyurtmasi tasdiqlangan. Unga ko‘ra elektron hukumat sohasida istiqbolli loyihalarni amalga oshirish, jumladan, “Tadbirkor” axborot tizimi majmuasini yaratish, jismoniy va yuridik shaxslar ma’lumotlar bazasini shakllantirish, Milliy geografik axborotlar tizimi va boshqalarni yaratish kabi ishlar olib borilmoqda.Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yuqori sur’atlarda rivojlanib bormoqda. O‘tgan vaqt mobaynida fuqarolar va tadbirkorlarga umumiy holatda 96 mingdan ortiq elektron xizmatlar ko‘rsatildi. Yagona portalning ma’lumotlar markazi 40 mingdan ortiq chaqiruvlarni qabul qildi. Bugungi kunda portal orqali 230ta interaktiv xizmatlar ko’rsatilyapti. 2014 yili Yagona portal orqali tadbirkorlik sub’ektlariga 45,6 ming elektron xizmat ko‘rsatildi. 7 mingdan ortiq tadbirkorlik sub’ektlari portal orqali elektron shaklda ro‘yxatdan o‘tkazildi, 400 bor fuqarolar davlat organlari rahbarlari qabuliga internet orqali yozilishdi.2014 yilning yanvaridan Yagona portalda yangi interaktiv xizmat yo‘lga qo‘yilib, aholi va tadbirkorlik sub’ektlari to‘g‘ridanto‘g‘ri O‘zbekiston Respublikasi Bosh Vaziriga murojaat qilish imkoniga ega bo‘lishdi. Bugungi kunga kelib portal foydalanuvchilari mazkur xizmatdan 2,2 ming bora foydalanishdi.Mamlakatimizning barcha ta’lim muassasalari ZiyoNET ta’lim tarmog‘iga ulangan. 2014 yilda yangilangan portal kutubxonasida o‘quv qo‘llanmalari, dissertatsiya ishlari, ilmiy maqolalar va boshqa turdagi materiallarni jamlagan 75 mingdan ortiq axborotta’lim resursi jamlangan. Xorijiy tillarni o‘rgatish uchun tashkil etilgan interaktiv bo‘lim 4 mingdan ortiq materiallar va ingliz tilini o‘rganish bo‘yicha 400 axborot resursini o‘z ichiga olgan.Respublikamizdagi axborotkutubxona markazlarini texnik jihozlash davom etmoqda. 2014 yili Qashqadaryo, Namangan, Sirdaryo viloyatlari va Toshkent shahri axborotkutubxona markazlari yangi zamonaviy uskunalar bilan jihozlandi.Mahalliy dasturiy mahsulotlar bozorini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Mahalliy dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchilarni rag‘batlantirish chora-tadbirlarini amalga oirish doirasida dasturchilarning Milliy reyestri tuzilib, 69 mahalliy kompaniya unga kiritildi. Software.uz katalogiga 1600 mahalliy dasturiy mahsulotlar kiritildi.Dasturiy mahsulotlar va axborot tizimlarini ishlab chiqish sohasiga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish maqsadida axborot texnologiyalari yo‘nalishidagi yetakchi xorijiy kompaniyalar bilan qo‘shma korxonalar tuzish choralari ko‘rilmoqda. Bu borada Koreyaning LG CNS kompaniyasi bilan hamkorlikni misol keltirish mumkin.Bugun axborot texnologiyalari jadal rivojlanmoqda, ushbu sohada professional kadrlarga talab ortmoqda. Shundan kelib chiqib, O‘zbekistonda axborot texnologiyalari yo‘nalishida kadrlarni tayyorlash vazifasiga katta e’tibor qaratilmoqda.
Pochta tizimida AKT
Pochta jo‘natmalari yetkazilishi muddatlarini qisqartirish maqsadida 2014 yili 114ta avtomobil transporti xizmati shakllantirildi, ulardan 483 yo‘nalishda foydalanilmoqda.2015- yilning oktyabr oyida “O‘zbekiston pochtasi” AJ “PRIME” tizimiga ulandi. Mazkur tizim xalqaro jo‘natmalarni tez va samarali qidirish, “IBIS” xalqaro tizimi orqali xorijiy pochta ma’muriyatlari bilan elektron ma’lumot almashishni yo‘lga qo‘yish orqali pochta xizmatlari sifatini oshirishga xizmat qiladi.“O‘zbekiston pochtasi” AJning istiqboldagi asosiy vazifalaridan biri pochta aloqasi tizimini modernizatsiya qilish, AKT bazasida yangi xizmat turlarini joriy etish va rivojlantirish hisoblanadi. Jamiyatda korporativ tarmoq tashkil etilib, uning bazasida bir nechta avtomatlashgan tizimlar ishi yo‘lga qo‘yilgan:
• elektron pul o‘tkazmalari;
• gibrid pul o‘tkazmalari;
• to‘lovlarni qabul qilish;
• pensiya va nafaqalarni to‘lash hisobi;
•ro‘yxatga olingan pochta jo‘natmalari va boshqalarning monitoringi. Korporativ tarmoqqa jami bo‘lib “O‘zbekiston pochtasi” AJning 15 filiali, 174 pochta aloqasi tarmog‘i, 1522 pochta aloqasi bo‘limi va 2758 avtomatlashtirilgan ish o‘rni ulangan.Toshkent viloyati va poytaxtda davriy nashrlar uchun internet orqali obuna bo‘lish imkonini beruvchi avtomatlashtirilgan obuna tizimining sayyor loyihasi amalga oshirilmoqda.Magistral va viloyatichipochta marshrutlarida harakatlanuvchi 68 avtomobilni GPS tizimi orqali masofadan nazorat qilish kompleks tizimi joriy qilingan.
Kadrlar tayyorlash
Iqtisodiyotimizning turli sohalari uchun xalqaro standartlar darajasidagi AKT yo‘nalishidagi yuqori malakali kadrlarni tayyorlash tizimni yaxshilash maqsadida Toshkent axboro texnologiyalari universiteti bir qator yangi yo‘nalishlarda, jumladan, kompyuter injiniringi, dasturiy injiniring, telekommunikatsiya texnologiyalari, televizion texnologiyalar, AKT yo‘nalishida iqtisod va menejment kabi yo‘nalishlarda o‘qitishni boshladi. Shuningdek, joriy yilda Prezidentimiz qaroriga asosan, universitetda magistraturaning ikki yangi yo‘nalishi ochildi: “Elektron hukumat” tizimi boshqaruvi hamda axborotlashtirish vakutubxonachilik. 2014yilning 1 oktyabridan Toshkentda Koreyaning Inxa Universiteti filiali o‘z faoliyatini boshladi. Prezidentimizning 2014 yil 24 martdagi “Toshkent shahrida INHA universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori asosida ish boshlagan mazkur o‘quv dargohi kompyuter va dasturiy injiniring, kompyuter tarmoqlari injiniringi kabi yo‘nalishlarda yuqori malakali kadrlar tayyorlaydi. O‘tgan yillar davomida TATU va filiallarining yosh va iqtidorli o‘qituvchilari Janubiy Koreya va Germaniyada malaka oshirish kurslarini o‘tab qaytishdi. AKT samaradorligini oshirishda turli soha mutaxassislarining bilim va ko‘nikmalarini oshirib borish zarur. Shu maqsadda TATU qoshida elektron hukumat o‘quv markazi tashkil qilindi. Bu yerda davlat xo‘jaligi va boshqaruvi, mahalliy boshqaruv organlarining xodimlari va rahbarlari o‘qitilmoqda. Bugungi kunga qadar davlat idoralarining xodimlaring aksariyati o‘quv kurslarini o‘tashga muvaffaq bo‘ldilar. Albatta, bu jarayonda aholining ham savodxonligini oshirib borish talab etiladi. TATUning zukko talabalari tomonidan tuzilgan “Bunyodkor yoshlar” kompyuter savodxonligi guruhi har yili iyul-avgust oylarida aholi va tadbirkorlarga zamonaviy texnologiyalar asoslarini o‘rgatadilar.