2-amaliy mashg’ulot



Yüklə 31,5 Kb.
tarix22.09.2023
ölçüsü31,5 Kb.
#147091

2-amaliy mashg’ulot


Mavzu: Ishlаb chiqаrishdа mеtrоlоgik tа’minоti аtаmаlаri vа tа’riflаr
Metrologik me’yorlar va qoidalarning xalqaro va tarmoqlararo ahamiyatini hisobga olgan holda o’zaro tushunish va harakatlarni kelishishda metrologik atamlarning birliligi va qabul qilingan tushunchalarga aniq rioya qilish muhim ahamiyat kasb etadi.
O’zbekiston Respublikasining “Metrologiya to’g’risida” Qonunida metrologiya bo’yicha quyidagi asosiy atmalar o’rnatilgan.
Metrologiya – O’lchashlar, ularning birliligini ta’minlash metodlariva vositalari va talab etilgan aniqlikka erishish usullari to’g’risidagi fan.
O’lchashlar birliligi – O’lchashlarning natijalari qonunlashtirilgan birliklarda ifodalangan va o’lchashlarning xatoliklari berilgan ehtimollik bilan ma’lum bo’lgan holat.
O’lchash vositalari –O’lchashlar uchun foydalaniladigan va me’yorlangan metrologik xossalarga ega bo’lgan texnik vosita.
Birlik etaloni – Fizik kattalikning o’lchamini boshqa o’lchash vositasiga berish maqsadida fizik kattalik birligining o’lchamini qayta tiklash va saqlash uchun mo’ljallangan o’lchashlar vositasi.
Davlat etaloni – O’zbekiston Respublikasi hududida kattalik birligining o’lchamini o’rnatish uchun milliy idora vakilining qarori bilan boshlang’ich etalon sifatida tan olingan etalon.
Metrologik xizmat –Davlat idoralari va yuridik shaxslarning metrologik xizmatlari tarmoqlari hamda ularning o’lchashlar birliligini ta’minlashga yo’naltirilgan faoliyati.
Davlat metrologik nazorati –Metrologiya qoidalariga amal qilinayotganligini tekshirish maqsadlarida davlat metrologik xizmat idoralari tomonidan amalga oshiriladigan faoliyat.
O’lchash vositalarini qiyoslash –O’lchash vositalarining o’rnatilgan texnik talablarga muvofiqligini aniqlash va tasdiqlash maqsadida davlat metrologik xizmat idoralari (boshqa vakolatlangan idoralar, tashkilotlar) bajaradigan amallar majmui.
O’lchash vositalarini kalibrlash –O’lchash vositalarining metrologik tavsilotlarining haqiqiy qiymatlarini va qo’llanishga yaroqli ekanligini aniqlash va tasdiqlash maqsadida kalibrlash laboratoriyasi bajaradigan amallar majmui.
O’lchash vositalarini tayyorlash (ta’mirlash, sotish, ijaraga berish) ga litsenziya –Ko’rsatilgan faoliyat turlari bilan shug’ullanishga huquqini tasdiqlovchi, yuridik va jismoniy shaxslarga davlat metrologik xizmat idoralari tomonidan beriladigan hujjat.
O’lchash vositalarini metrologik attestatlash –donalab ishlab chiqarilgan (yoki O’zbekiston hududiga donalab keltirilgan) o’lchash vositalarining, ularning xossalarini sinchiklab tadqiq etish asosida, qo’llanishga huquqli ekanligini metrologik xizmat tomonidan tan olish.
Metrologik xizmatlar, markazlar, laboratoriyalarni akkreditlash –metrolgik xizmatlar, markazlar, laboratoriyalarning o’rnatilgan akkreditlash doirasida o’lchashlar birliligini ta’minlash bo’yicha ishlarni o’tkazishga huquqligini rasmiy tan olish.
Yuridik shaxslarning metrologik xizmatlarini o’lchash vositalarini kalibrlash huquqiga akkreditlash –yuridik shaxslar metrologik xizmatlarining o’rnatilgan doirada o’lchash vositalarini kalibrlashni o’tkazish huqiqini rasmiy tan olish.
O’lchashlarni bajarish metodikalarini metrologik attestatlash O’lchashlarni bajarish metodikasining unga qo’yilgan metrologik talablarga muvofiqligini baholash va tasdiqlash maqsadida o’tkaziladigan tadqiqot.
O’lchashlarni bajarish metodikasi –O’lchashlar natijalarini avvaldan ma’lum xatolik bilan olishni ta’minlaydigan ishlar va qoidalar majmui.
Metrologik faoliyat sohasida qo’llaniladigan atamalar va ta’riflar, shuningdek O’z O’DT ning asos bo’luvchi hujjatlari O’z DSt 8.010:2002, O’z DSt 8.010.2:2003, O’z DSt 8.010.3:2004, O’z DSt 8.010.4:2002 da ham o’rnatilgan.
Yüklə 31,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin