2-Amaliy mashgʻulot: Avtomobil benzinlari. Avtomobil benzinlari sifat ko’rsatkichlarining dvigatelning ishonchli ishlashiga ta’siri
Benzin markalari, ularni olish usullari va ularning qoʻllanilishi
Avtomobil benzinlari – neftni turli usullarda qayta ishlab olingan benzin distillyatlarining aralashmasidir.
Katalitik kreking va reforming jarayonlari rivojlanib borgan sari ushbu jarayonlar distillyatlarining ulushi avtomobil benzinlarida ortib bormoqda, bu esa antidetonatsion qoʻshilmalar miqdorini kamaytirish va yonilgʻining kimyoviy stabilligini yaxshilash imkonini beradi.
Termik kreking va kokslashdan olingan benzinlarga ularning kimyoviy stabilligini yaxshilash maqsadida antioksidlagichlar kiritiladi.
Zamonaviy tovar avtomobil benzinlarini, odatda, bir necha komponentlarni aralashtirib tayyorlashadi. Bu har bir komponent xossalaridan rasional foydalanish, berilgan sifat koʻrsatkichiga ega boʻlgan benzin olish imkonini beradi.
Benzin komponent tarkibini belgilovchi asosiy koʻrsatkichlar – detonatsion chidamlilik va fraksion tarkibdir. Avtomobil benzinlarining sifati GOSTlar bilan reglamentlanadi.
Antidetonatorlar mavjudligi boʻyicha etillangan va etillanmagan benzinlar boʻladi.
Benzin tarkibi va uning boshqa koʻrsatkichlari neft qayerdan qazib olinganligiga va uni ishlab chiqarish texnologiyasiga bogʻliq.
Markadagi harfli indeks benzin ishlatilishi moʻljallagan dvigatel turini (A – avtomobil dvigateli, B – aviasiya dvigateli) koʻrsatadi. Benzin markasidagi raqam oktan soni (OS)ni bildiradi; OS benzinning detonatsiyaga chidamliligini tavsiflaydi. OSni aniqlashning ikki metodi mavjud:
motor metodi GOST 511-82(OCHM) – n=900 min-1 da IT9-2M qurilmada amalga oshiriladi;
tadqiqot (issledovatel’skiy) metodi GOST 8226-82(OCHI) - n=600 min-1 da IT9-6 qurilmada amalga oshiriladi.
OCHM va OCHI orasidagi farq benzinning detonatsiyaga sezgirligi deyiladi.
Stendda toʻliq oʻlchamli dvigatellarda haqiqiy (fakticheskoye) OS, ekspluatatsiya sharoitidagi avtomobilda yoʻl (dorojnoye) OS aniqlanadi.
Benzin markasidagi raqamlar minimal OS ni motor metodi boʻyicha A-72 va A-76lar uchun va tadqiqot metodi boʻyicha Ai-93 va Ai-98 (bularning OS motor metodi boʻyicha mos ravishda 85 va 89 dan kam emas)lar uchun ifodalaydi.
Turli markali benzinlar turli usllarda olinadi benzinning har bir markasi muayyan siqish darajasili dvigatellar uchun moʻljallanadi.
GOST R 51105-97 boʻyicha benzinlarning yangi markalari Normal-80, Regulyar-95, Premium-95 va Super-98 ishlab chiqarilmoqda.
Etillanmagan benzinlarni ishlatish ishlangan gazlar zaharliligini kamaytirish va atrof-muhit tozaligini saqlash boʻyicha radikal tadbirdir. Lekin faqat shu tadbirning oʻzi maqsadga yetishish uchun yetarli emas. Bu tadbirdan tashqari ta’minlash va oʻt oldirish tizimlari soz boʻlgan dvigatellardan foydalanish lozim bunda yonilgʻining mumkin qadar toʻliq yonishi ta’minlanadi.
Xorijda ishlab chiqariladigan benzinlarni mamlakatimizda ishlab chiqariladigan benzinlarga solishtirsak, quyidagi xulosalarga kelamiz:
A-72 – motor usulida oktan soni 72 dan kam emas. Braziliyada ishlab chiqariladigan «Doimiy» benzinga mos keladi;
A-76 – motor usulida oktan soni 76 dan kam emas. Braziliyada ishlab chiqariladigan «Doimiy» benzinga mos keladi; bu benzin asosan yuk avtomobillari uchun moʻljallangan; siqish darajasi 6,5…7 boʻlgan dvigatellarda ishlatiladi. Bu benzinga 0,05…1% gacha «Avtomag» prisadkasi qoʻshiladi – vazifasi benzinning ekologik va ekspluatatsion xossalarini yaxshilashdir. Prisadka ishlangan gazlar tarkibidagi SO ni kamaytiradi, karbyuratordagi yopishma qatlamlarni ham kamaytiradi, yonilgʻi tizimi korroziyasini va benzin sarfini kamaytiradi.
AI-93 – oktan soni tadqiqot usulida 93 dan, motor usulida esa 85 dan kam emas. Koʻp mamlakatlarning «Doimiy» benziniga mos keladi;
AI-98 – oktan soni tadqiqot usulida 98 dan, motor usulida esa 89 dan kam emas. Koʻp mamlakatlarning «Super» benziniga mos keladi.
Yagona Iqtisodiy Hamdoʻstlik (Yevropa) mamlakatlari 1985 yilda tadqiqot usulida oʻrnatilgan oktan soni 95 ga teng boʻlgan yagona etillanmagan benzin Premiumni tasdiqlashdi. Regular benzinlarining oktan soni 91-92.
Uchqundan oʻt oldiriladigan dvigatellar uchun ruxsat etiladigan siqish darajasi bilan benzinning zarur boʻlgan oktan soni orasidagi bogʻliqlikni taxminan quyidagicha qabul qilish mumkin:
-
Siqish darajasi
|
6,5-7,5
|
7,8-8,5
|
8,5-10,0
|
10,0-12,0
|
Oktan soni
|
64-74
|
74-80
|
80-90
|
90-100
|
Benzinga quyiladigan talablar:
dvigatellarda hosil boʻlgan aralashmaning normal (detonatsiyasiz) toʻliq yonishini ta’minlash;
oquvchanlik (haydovchanligini yoʻqotmasdan va tiqinlar hosil qilmasdan) xossasini saqlash;
dvigatel detallariga korrozion ta’sir qilmaslik;
dvigatelda qatlamlarni juda kam hosil qilishi;
tashishda va saqlashda oʻz sifatlarini saqlab qolish.
Sanab chiqilgan talablarning har biri standartlarda oʻrnatilgan bir yoki bir necha koʻrsatkichlarda ifodalanadi.
Aralashma hosil boʻlishiga ta’sir qiluvchi benzin koʻrsatkichlari – zichlik, qovushqoqlik, sirt tarangligi va bugʻlanuvchanlik.
Yonilgʻi uzatilishiga ta’sir qiluvchi benzin koʻrsatkichlari – toʻyingan bugʻ bosimi, suv va mexanik aralashmalar miqdori.
Ishchi aralashma normal, detonatsion yoki kalil yonishi mumkin.
Oktan soni – benzin detonatsiyaga qarshi chidamliligining shartli koʻrsatkichidir. Oktan soni aniqlashning ikki: motor va tadqiqot usullari mavjud. Dvigatelning siqish darajasi ishlatiladigan benzinning oktan soni boʻyicha aniqlanadi.
Benzinning detonatsiyaga qarshi chidamliligini oshirishning ikki usuli mavjud:
Birinchi usul: toʻgʻri haydashda olingan benzin va boshqa neft mahsulotlari qayta ishlanadi (katalitik riforming, kreking va h.k.); bu ancha mablagʻ sarflanishini talab qiladi, lekin bunda atrof-muhitga kamroq zarar yetkazadigan benzin olinadi.
Ikkinchi usul: toʻgʻri haydalgan benzinga maxsus qoʻshilmalar – antidetonatorlar qoʻshiladi; bunda benzin ancha arzonga tushadi, lekin uning zaharliligi va atrof-muhitga zararli ta’siri sezilarli darajada kuchli boʻladi.
Benzinning qatlamlar hosil boʻlishiga ta’sir qiluvchi xossalari – fizikaviy va kimyoviy stabillik, koʻrsatkichi esa – yonishning induksion davri.
Benzinning korrozion xossalari uning tarkibidagi suvda eruvchi organik kislotalar va ishqorlar, noorganik kislotalar va ishqorlar, mineral tuzlar hamda oltingugurtli birikmalar turi va miqdori bilan belgilanadi.
Organik kislotalarning yonilgʻidagi miqdori kislotalilik soni bilan aniqlanadi.
Tovar avtomobil benzinlarini odatda yarimfabrikat benzinga bir necha komponentlarni aralashtirib tayyorlashadi. Har bir komponent xossalaridan oqilona foydalanish berilgan sifat koʻrsatkichigi ega boʻlgan benzinni olish imkonini beradi.
Benzinning komponent tarkibini belgilovchi asosiy koʻrsatkichlar – detonatsiyaga chidamlilik va fraksion tarkibdir.
Dostları ilə paylaş: |